Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba.

  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 20.11.2024 01:00
      • Boliviya
      • 2:2
      • Paragvay
      • 20.11.2024 04:00
      • Kolumbiya
      • 0:1
      • Ekvador
      • 20.11.2024 05:00
      • Argentina
      • 1:0
      • Peru
      • 20.11.2024 05:00
      • Chili
      • 4:2
      • Venesuela
      • 20.11.2024 05:45
      • Braziliya
      • 1:1
      • Urugvay
  • Superliga
      • 21.11.2024 18:00
      • Paxtakor
      • 0:2
      • OKMK
      • 22.11.2024 16:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 22.11.2024 18:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • Navbahor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 52
2 OKMK 25 44
3 So‘g‘diyona 24 40
4 Navbahor 24 39
5 Paxtakor 25 38
6 Neftchi 24 37
7 Surxon 24 33
8 Dinamo 24 29
9 Qizilqum 24 27
10 Andijon 24 26
11 Olimpik 24 25
12 Bunyodkor 24 24
13 Lokomotiv 24 21
14 Metallurg 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Paxtakor 0-2 OKMK

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/24 Neftchi - Nasaf
22/11/24 Qizilqum - Navbahor
23/11/24 Olimpik - Bunyodkor
23/11/24 Andijon - Dinamo
24/11/24 Metallurg - Surxon
24/11/24 So‘g‘diyona - Lokomotiv

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2063 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.11.2024

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Фёдор Кудряшов.
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      21:35 Новости футбола.
      21:40 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      23:40 Новости футбола.
      23:45 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      01:45 Новости футбола.
      01:50 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.11.2024

      07:30 "Кто кого?".
      08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      10:00 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Финал.
      10:40 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Юниорки. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      22:40 "Кто кого?".
      23:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      23:30 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      01:40 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      03:20 "Тайны звёзд спорта".
      03:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Матч за 3-е место.
      04:20 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.11.2024

      05:00 "Лига героев".
      07:00 "Жизнь после спорта".
      07:30 Футбол. МЕЛБЕТ-Первая Лига. Обзор тура.
      08:00 "Вопреки всему".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "Непобедимый".
      13:30 Смешанные единоборства. UFC 267 в Абу-Даби, ОАЭ. Пётр Ян против Кори Сэндхагена.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 LIVE "Есть тема!". Прямой эфир.
      16:25 "Большой хоккей".
      16:55 "Вопреки всему".
      17:30 Новости.
      17:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      19:55 LIVE Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Прямая трансляция.
      21:25 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Торпедо" (Нижний Новгород). Прямая трансляция.
      23:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:55 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Свободная пирамида.
      01:55 Евротур.
      02:45 Д/ф "Лионель Месси".
      03:55 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.11.2024

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 5 в Оберстдорфе, Германия. HS 137.
      08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 6 в Гармиш-Партенкирхене, Германия. HS 142.
      09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Женщины.
      11:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      13:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      14:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      16:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      17:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      21:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      22:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      01:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      02:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      04:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Qurama gaplar (2-qism)

Baho:
+0; -0

2. SAMVEL BABAYAN VA DAVRON FAYZIYEV
Ravshan Ermatov bergan bir xos suhbatida futbolda eng muhim va asosiy hal qiluvchi personajlar bu murabbiylar va futbolchilardir, degan edi. Bosh murabbiylar haqida fikr yuritaylik. Chunki, futbolchilik davri qisqa bo‘lgani uchun, murabbiylar asosiy personaj bo‘lishib, bosh rolni ular bajarishadi. Demak, murabbiylarimiz darajasi qay ahvolda, shu haqda gaplashaylik. Nima uchun turkman, tojik murabbiylari Rossiyada o‘zini ko‘rsata olishdi-yu, biznikilar qo‘shni yurtda hech kim emas? Nega biznikilarni Osiyo klublari ishga taklif qilishmaydi? Bu hol murabbiylarimizning saviyasi past deganimi?

FUTBOL HAMMANIKI. PARDAYEV-CHI?
Xuddi shunday. Ular Osiyo darajasiga chiqa olishmayapti. Nima uchun? Chempionatimiz saviyasi past, buni hamma biladi. Shuning uchunmi? Lekin hech kim nimadir qilish kerakligini tan olmaydi. Hamma o‘zini chetga oladi. Hamma narsa qanday bo‘lsa, shundayligicha qolabersin ekan. Ahmadjonov noqobul keskin harakatlari bilan o‘zigamas, o‘zi boshlagan islohotlarga putur yetkazib ketdi. Sizu-biz futbolimizga befarq bo‘lmaylik, kimnidir orqasiga o‘tmaylik. Futbol hammaniki. Islohotlarda hamma ishtirok etishi kerak. Siz-u biz ham. Siz ham o‘z fikringizni yozing, biz o‘qib chiqaylik. hozir bosh murabbiy masalasi haqida gaplashaylik, dillashaylik, tillashaylik.

Nomini sarlavhaga qo‘yganim Davron Fayziyev haqida nima deya olaman? Uning yoniga kimni qo‘ya olaman? Har bir bosh murabbiy o‘z sohasida betakror. Har bir o‘yin betakror. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Lekin murabbiylarni guruhlarga ajratib ko‘raylik. Fayziyev oldiga bugungi Abramovni, Berdiyevni, Ashurmatovni, Boqoyevni, Hasanovni ma’lum jihat bo‘yicha qo‘yishim mumkin. Ular shubhasiz iqtidorli murabbiylardir. Davron Fayziyev “So‘g‘diyona”ni ancha yil boshqardi. “Ocharchilik”, yo‘qchilik davrida boshqardi. Bilasiz, nochor, arang kun ko‘rayotgan klublarga ma’lum darajaga erishgan gastrolyor futbolchilar umuman kelishmaydi. Mobodo kelishsa, o‘z saviyasini ushlab turib, boyroq jamoadan taklif tushishi bilan nochor klubni tashlab ketishadi. Nasimov, Erkinov, Shixov, Pardayev, Salomov, Nagayevlar shular toifasidan. Ular katta cho‘qqilarga intilmay qo‘yishgan. Futbolda ishlab berishmoqda.

IKKI SABAB, BIR OQIBAT
Katta orzular bilan yuqoriga intilayotgan yosh yigitlar uchun sanab o‘tgan murabbiylarning jamoasi tarkibidan joy olish haqiqiy orzu hisoblanadi. Klubga qo‘shilgach, ular bor kuch bilan berilib, bir nimaga intilib mehnat qilishadi. Iste’dodli murabbiy qo‘l ostida, kambag‘alroq klubda o‘sib unishadi. Boy klublarda ularga hech kim qiyo boqmaydi. Javohir Siddiqov “Paxtakor”da, Quvondiq Ro‘zimov “Lokomotiv”da dongdor futbolchilar oldida e’tiborsiz qolishgan edi. Yaxshiboyev shunday bo‘ldi. Javohir bilan Ro‘zimov Qo‘qonga kelib No‘’mon Hasanov qo‘l ostida o‘sib-unishdi. Yaxshiboyev ham Olmaliqda o‘sadi deb umid qilaman. Futbolchi ekan, barqaror o‘sish niyatida futbolga umrini baxsh etar ekan, bunday futbolchilar o‘z mahoratini oshirib olgach, Qo‘qondan ketishga majbur bo‘lishadi. Chunki “Qo‘qon-1912” o‘z oldiga chempion bo‘lish vazifasini qo‘ya olmaydi. Futbolga sodiq, iste’dodli futbolchilar haqida gapirdim. Boshqalar ko‘pchilikni tashkil qilishadi. Ularni boqsang ham odam bo‘lishmaydi. Ballast futbolchilar. Ularning soni ko‘p, sifati kam. Ularning bori yo‘g‘i bilinmaydi. Tarkibni to‘ldirib turishadi.

Pichoqqa ilinadiganlari ham futbolchi bo‘lib shakllangach, inson bo‘lib shakllana olmagani uchun, besh so‘m pul dardida o‘z ustozini tashlab ketishadi. Nagayev Chig‘atoyda olgan o‘yini bilan yurgan edi. “Lokomotiv”da Abramov uning o‘yiniga o‘yin qo‘shayotgan edi. Bunga javoban Nagayev olayotgan “chaqasi” ko‘ziga kam ko‘rinib, ya’ni eng boy jamoada olayotgan puli kamlik qilib, ko‘pini izlab Quvaytga ketib qoldi. U yerda zaxira o‘rindig‘ini yarim yil isitib kelgach, hozirgacha tinmay klubdan klubga ko‘chib yuribdi. Nega shunday bo‘lmoqda? Nega murabbiyning mehnati zoye ketmoqda? Nega murabbiyning gapi gap emas? Qator sabablar ichida bir muhim sabab bor: Bu bosh murabbiy obro‘si hamma narsadan pastligidir. Nima sababdan shunday bo‘lmoqda? Birinchidan, bizda bosh murabbiyni klub prezidenti bo‘lib olgan kechagi “mashinist” hammaning oldida haqorat qilib tashlashi mumkin. Nainki klub prezidenti, har bir ikki chaqalik amaldor ham murabbiyga tepadan turib past nazar qiladi. Bu oddiy hol. Ikkinchi sabab, bizda murabbiyning maydonda o‘yin yaratish mahorati emas, maydon tashidagi turli “o‘yin”larda yutib chiqish mahorati arboblar tomonidan ham, muxlislar tomonidan ham qadrlanada. Asl murabbiylik mahorati emas, u ko‘zga ko‘rinmaydi. Isqirt “o‘yin”larni yutish mahorati hal qiluvchi o‘ringa chiqqan bizda. Bunday “o‘yinlarda” ishtirok etishni istamagan Abramovning necha yil ishsiz yurganidan habardorsiz. Yaqinda shunday “o‘yin”larni deb Ashurmatovni xo‘rlab tashlashmadimi? Bunday ahvolda murabbiy iste’dodi, uning so‘zi, o‘zi nagayevlarning olar oyligi oldida bir chaqaga ham arzimas matoh bo‘lib qolmaydimi?

BUNDAN BADTARI BO‘LMAYDI
“Lokomotiv”dagi ahvolni aytdim. Endi Davron Fayziyevning “So‘g‘diyona”sidagi ahvoli qanday bo‘lganini tasavvur qiling. Necha yil davomida Davron “So‘g‘diyona”da stabil o‘yin ko‘rsatib keldi. O‘yin intizomini hech qachon qo‘ldan chiqarmadi. Bulturgi “Neftchi”ga, birinchi davradagi “Andijon”ga o‘xshab biror marta parokanda o‘yin ko‘rsatmadi. Moliya ta’minotida nochor bo‘lsa-da, “So‘g‘diyona” to‘q o‘yin ko‘rsatib keldi. Bizdagi “iqlim”ni hisobga olganda bu juda qiyin ish. Bizda har yarim yilda bir marta tarkibni ko‘chmanchilik seli yuvib ketadi. Nochor klublar “sel”dan keyin qolqindi futbolchilarni yig‘ib-terib ulardan qayta bor jamoa tuzishi kerak bo‘ladi. “Sel”dan talafot ko‘rgan “imorat”ni tiklash kerak bo‘ladi. Buning ustiga murabbiylarning charxpalak bo‘lishini hisobga olsangiz, bu suratga ko‘tarma-qaytarmaning chirkin ranglarini qo‘shsangiz, aksar klublarning to‘liq tasviri paydo bo‘ladi. Fayziyev charx parraklaridan omon qolib necha yillar “So‘g‘diyona”da barchasiga chidab ishladi. “So‘g‘diyona”da “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf” klublari kabi asosiy tarkib bilan bir tizimga bog‘langan akademiya bo‘lmasa, yosh iqtidorlarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, Davron Fayziyevning iste’dodi uvol emasmi, deb o‘ylar edim. Boy klublar kam bo‘lsa, borlari ham maydon tashqarisidagi “o‘yin”larda o‘zini ko‘rsatgan murabbiylarni ishga taklif qilsa (“Neftchi”da hamma ishning pachavasini chiqargan Fyodorov qanday qilib “Lokomotiv”ga kelib qolganini tushunmay qolgan edim o‘z vaqtida) Davron Fayziyev “So‘g‘diyona”da bir necha o‘n yillab shu bugungi darajasida o‘smay qolib ketar ekan-da, deb yurgan edim. Bunday bo‘lmadi. Bundan battari bo‘ldi.

Zamon o‘zgarib “So‘g‘diyona” korchalonlar e’tiboriga tushib qoldi. Bu yaxshimi, yomonmi? Kazo-kazolar katta pul tikishsa-yu, “Lokomotiv”ga o‘xshab kuchli o‘yinchilarni olib kelishsa-yu, pulning kuchi bilan chempion bo‘lmasa-da, sovrindor bo‘lishsa, olam guliston bo‘ladimi? Klubning infratuzilmasini yaratishmasa, bosqichma-bosqich rivojlanishmasa, darrov pullar natija ko‘rsatsa, qani edi. Akademiya, maktab-paktabiga yillab vaqt kerak. Eski o‘yinchilargayam, Davron Fayziyevgayam javob berib yuborishdi. Katta pullar katta “o‘yinchilar” bilan “o‘zlashtiriladi”. Davron Fayziyev bilan emas. “So‘g‘diyona”da ham katta pullarning hidi keb qoldi. Katta o‘q ariqdan shaxsiy tomorqaga kishi bilmas qilib “suv”ni jildiratib qo‘yish mumkin. Buning uchun klubda “ishonchli” odamlar bo‘lishi kerak. Bu tanish va oddiy mexanikami?

Fayziyev bir muddat ishsiz yurdi. Davron Fayziyev “Dinamo”ga kerakligini isbotlab kelmoqda edi. Birinchi davrada katta ishlar qildi. Yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Oraliqda “sel kelib” u 4ta asosiy o‘yinchisini ushlab qola olmadi. Yaxshi o‘yin ko‘rsatdingmi, kimdir ko‘zga ko‘ringan futbolchingni olib ketadi. Mavsum o‘rtasida Fayziyev tarkibni sozlashga tushdi. Kuni kecha “Dinamo” “Lokomotiv”ga 0:2 hisobida yutqazgan bo‘lsa-da, juda mazmunli o‘yin ko‘rsatdi. Baland ishtiyoq bilan tengma-teng kurash olib bordi. Penalti bo‘lmaganda hisob butunlay boshqacha bo‘lar edi. Himoyachining tajribasi yetishmadi. Temurxo‘ja yiqilayotganini ko‘rgan zahoti cho‘zgan oyog‘ini olib qochmaydimi, penalti bo‘lmas edi. Davron Hoshimov jarima maydonida orqada qolib ketgan bo‘lsa-da, toza uzala tashlab to‘pni maydondan chiqarib yuborgan vaziyatni eslang. Unga tajriba ish berdi. Davronga qarshi yakkama-yakka kurashda “Dinamo” hujumchisiga mahorat yetishmadi. Babayan bilan Fayziyevning, ikki xil murabbiyning, ikki xil iste’dodning yuzma-yuz kelgan to‘qnashuvi bo‘ldi. Bu o‘yinda tajriba ishtiyoqni yutib ketdi.

KLASSIK KO‘RINISHDA BULDOZER MANZARASI
Endi Babayan o‘ziga munosib klubni topibdi. Mol egasiga o‘xshabdi. “Paxtakor” xalq jamoasi. “Ro‘zman voqeasidan” keyin ko‘pchilik Babayandan emas, “Paxtakor”dan bezib ketgan edi. Qadimda Gavriil Kachalin, Mixail Yakushin boshqargan klubning obro‘si shunday bo‘ldi. Xalq jamoasi Babayanga xayf edi. “Lokomotiv”ni nima uchun unga mos dedim? “Lokomotiv” rahbarlari ham, Babayan ham murabbiylik mahoratini nazarga ilishmaydi. Babayan o‘zida bunday iste’dod yo‘qligini bilsa-da, ushbu ish bilan o‘zi shug‘ullanmoqda. Nedved bu kasbning xaqqi-hurmati, murabbiylikni o‘zi qilmayapti. Bosh murabbiylikka mutaxassis odam yollayapti. Babayan maydondagi o‘yinni emas, klubni yaxshi boshqara olishini hammaga ko‘rsatib qo‘ygan edi. Ma’muriy boshqaruvda asosiy vazifa kadrlarni joy-joyiga qo‘yish ekanini bilamiz. Samvel ham buni juda yaxshi biladi. Babayan rahbar sifatida birinchi galda murabbiy Babayanni ishdan olib tashlagan bo‘lmasmidi? Ko‘zguga bir qaraboq, qanday tasqara murabbiy ekanligini ko‘rmaydimi? Ko‘zgu bizda yo‘q-da.

Bizning paxtakash (pastkash) jurnalistlarimiz gapiga ishonib yuribdimi, deyman. X.Xoliqov bir maqolasida statiskani titkilab, Babayanni murabbiy sifatida yuqori joyga chiqarib Kuperni tepkilab tashladi. Babayan shu gaplardan taltayib ketdimi? “Samveljan, Livanga qarshi o‘yinda qanday mujmal o‘yin ko‘rsatib 1:0ga qanday qilib zo‘rg‘a yutgan bo‘lsang, so‘nggi hayot-mamot jangida ham karislarga qarshi o‘yinda xuddi shunday xatolarga yo‘l qo‘yib mundialni boy berding. Ikki yil ichida o‘yinga o‘yin qo‘sholmading. Yigitlar to‘pni olib qo‘ygach, qanday hujum qilishni bilishmaydi. Karislar uchinchi uzatmadan keyin to‘pni olib qo‘ya berishdi. Biron marta zarbdor vaziyatga chiqa olmagan edik. Jamoa bor. O‘yin yo‘q” deb “buyuk murabbiy”ning ko‘zini ochib qo‘ygim keladi.

Bosh murabbiyning o‘yinga qo‘shadigan ulushi yo‘q. Xoliqov esa statistikani sanab yotibdi. Babayan tankam yo‘q degan edi. Uning tankasi emas, yuz tonnalik buldozeri bor. Rauf-aka Inileev tanka-pankasiz termaga bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Babayan buldozerini ishga solib termada egarga mingan edi. Uning buldozeri, taxminimcha, Ahmadjonovni tuflagan tupugini qaytib olishga majbur qildi, keyin uni qulatdi. Lekin boshlangan islohotlar orqaga qaytmaydi. Buldozerlar metallolomga aylanib qoladi. “Lokomotiv”da Babayan erasi uzoqqa cho‘zilmaydi. “Lokomotiv”ning hozirgi rahbariyati ham uzoqqa bormaydi. Zamon o‘zgardi.

“Lokomotiv” rahbariyati endi o‘ziga mos murabbiyni topdi dedim. Ushbu klub rahbari ham bosh murabbiy kasbini uch pulga teng ko‘rmaydi. Yo‘qsa, to‘rt yildan beri jamoani bosh murabbiysiz qoldirarmidi? Eng kuchli futbolchilarni yig‘ib berdi. Ularga eng katta maosh to‘lamoqda. Bosh murabbiyning kimga keragi bor, deb fikr qilishdi. Fizkulturachi o‘yinni boshqarib tursin. Shundog‘am Abramov yaratgan o‘yinga tayanib, eng kuchli jismoniy holat evaziga ketma-ket chempion bo‘lishmoqda, deyishdi. Abramov oddiy va kamtarin odam. U o‘ziga emas, kasbiga nisbatan hurmat va e’tiborni talab qilardi. Rahbariyatga bu yoqmas edi. Babayan bunday emas. Hammani qo‘l ostida ushlab, tashkiliy ishlarni to‘g‘ri bajarib, futbolchilarning yuqori darajasi evaziga natija ko‘rsatib beradi. Temiryo‘lchilarga bundan boshqa tag‘in nima kerak? Hech narsa. Orqaga ketmaydi (oldinga ham o‘tmaydi). O‘zbek futbolining rivojiga hissa qo‘shish kabi so‘zlar ular uchun baland parvoz havoyi gaplardir. Pragmatizm emas turg‘unlikning klassik ko‘rinishi bu.

ISTE’DOD BOSHQA-YU, SALOBAT BOSHQA
“Paxtakor”ning ko‘rinishi ham xuddi shuning o‘zi. Bundan ortiq emas. Faqat dovruqparastroq klub. O‘zbekiston chempioni bo‘lishmoqchi. Undan keyin-chi? Undan keyin yuqori darajali futbolchilarni yig‘ib olib Osiyoda ham birinchi bo‘lishmoq-chi. Kamiga sovrindor bo‘lishmoq-chi. Buning uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha pul sochishga tayyor ular. Undan keyinchi? Undan keyin... Buni shumbola biladi. “Paxtakor” rahbarlarining fantaziyasi Qoravoynikiga yetmaydi. Undan keyin javob topib bera olishmaydi. Ularda mazmun-mohiyat OCHLdan ortig‘iga yetmaydi.

Shunday qilib aytmoqchimanki, bizning pachoq chempionatimizda iste’dodli murabbiy grant klublarga ham kerak emas. Bosh murabbiy salobatli, tajribali bo‘lsa bo‘lgani. Babayan oldida Arveladzeni ham, Qosimovni ham ko‘raman. Shota bilan Mirjalol xafa bo‘lishmasin deb ular yoniga Karlos Keyrush va Ernesto Valverdeni ham qo‘shib qo‘yay. Iste’dod noyob narsa. Gvardiola, Klopp, Zidan, hatto Kuman ham iste’dodli murabbiylardir. Keyrushga, Valverdega xudo yuqtirmagan. Keyrush “Real”da ishning pachavasini chiqarib yana ustozi Fergyuson qanotlari panohiga borgani esimda. Qattiq mehnat qilib Karlos tajribasini oshirdi. Lekin iste’dodli bo‘la olmadi. Bo‘la olmaydi ham. “Barsa” “Atletik”ka yutqazib qo‘yganini emas (0:1), futbolchilarning jamoaviy harakati o‘xshamay qolsa, ojizlanib “Barsa” o‘yinini o‘zgartira olmagani Ernesto darajasini ko‘rsatib qo‘ydi. U tayyor oshga bakavul bo‘lgan edi. O‘zi bir nima pishira olmas ekan.

Yuzma-yuz bellashuvda Yelichich bultur Arveladzeni yanchib tashlaganini eslang. To‘psiz harakat qilishda Arveladzega dars berib qo‘ygan edi. Butun maydon bo‘ylab yakka to‘qnashuvlarda Yelichich yigitlari yutib ketishar edi, o‘sha o‘yinda. Shotada iste’dod nima qilsin. To‘psiz qolsa, 0ga aylanib qoluvchi Sergeevni haloskor sifatida maydonga zaxiradan tushirdi-ya o‘shanda. Bugungi “Paxtakor” hujumi oyog‘i yerga tegib suzayotgan rekordchining quloch otishiga o‘xshaydi.

Kasbimdan misol keltiraman. Barcha noyob masjidlar loyihasini birgina arxitektorga topshirmoqdamiz. Shubhasiz, uning tajribasi ortib bormoqda. Tajribada uning tengi yo‘q. Lekin uning iste’dodi ham yo‘q. Bironta qurgan imorati san’at asari darajasiga ko‘tarila olmadi. Masalan, Hastimom kompleksida ikkilangan minora ansambl maydonini buzib turganini har qanday muxlis sezib turibdi. Masalan, Buxoroda Kalon minorasini ikkita qilib qo‘ysangiz bormi, maydonning tasqarasi chiqib ketadi. Hastimom maydoni shunday bo‘ldi. Buni muallif sezmaydi, xolos. Ijodiy imkoniyat faqat birgina arxitektorga berilmoqda. Raqobatchisi yo‘q. Qiyoslay olmaymiz. Natijada “beqiyos” imoratlarni yaratmoqdamiz. “Paxtakor” ham shunday “beqiyos”, tengi yo‘q, “tengsiz”.

SHAMPAN KO‘PIGI VA ISLOHOT
Nima uchun shunday bo‘lmoqda? Chunki, Futbolimiz ham shunday yo‘lda. Biz doim biron bir jamoani kuchaytiramiz. Avval “Paxtakor”ni, keyin “Bunyodkor”ni, keyin “Lokomotiv”ni kuchaytirdik. Endi yana “Paxtakor”ni kuchaytirib qo‘ydik. Kechagi o‘yinga o‘xshatma qilsak, Super og‘ir vaznlik “Paxtakor” yengil vaznlik OKMK bilan ringda uchrashganday bo‘ldi. Boksda bunday bo‘lsa, to‘qnashuv hammani kuldiradi. Futbolimizda shunday bo‘lmoqda. Hech kim kulmaydiyam, yig‘lamaydiyam, uyalmaydiyam. Buning o‘rniga futboldagi korchalonlar salobat bilan yurishadi, dimog‘lanib turishadi. “Paxtakor” zo‘riqmay chala ishtiyoq bilan to‘la tashabbusga ega bo‘lib o‘ynadi. Uning epizodlarda yo‘l qo‘ygan qanchadan-qancha taktik xatolari ko‘zga ko‘rinmadi. Bunday o‘yin “Paxtakor”ga nima beradi? “Paxtakor”ning bunday o‘yinlar bilan chempion bo‘lib, shampan ko‘pigida cho‘milishi bizga nima beradi? Hech narsa. Mavsum so‘ngida birinchi to‘rtlik uchun pley-off o‘yinlarini uyushtiraylik. Etakka ochko yig‘ib-terib chempion bo‘lishni yo‘qotaylik. Shunda “Paxtakor”ga yuzma-yuz jangda kuchingni ko‘rsat desak, Arveladze shumshayib qoladi. Oy chiqsayam, kun chiqsayam “Paxtakor”ga chiqsin deguvchi rahbarlar tumshayib qoladi. Lekin shunday qilsak, turnirga kurash qaytardi. Bunday qilish tugul, bunday o‘ylashga O‘FAdagilarning jasorati yetmaydimi, yo xohlamaydimi, bilmadim.

Shunchalar ko‘p vaqtingizni olib nima demoqchiman? Top-klublarimiz kuchli tarkib evaziga natija ko‘rsatib, murabbiy mahoratiga ehtiyoj sezmayapti. Nochor klublarimiz murabbiyga o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun sharoit yaratib bera olmayapti. Natijada o‘yinlarimiz saviyasi juda past. Futbolimiz bir joyda depsinib turibdi. Tura bersinmi? Yo‘q. Unday emas. Nimadir qilish kerak. Ikkinchi qurama gaplarimni futbol xo‘jaligimizda tub o‘zgarishlar qilaylik deb tugatgan edim. Uchinchi quramani shu masalaga bag‘ishlamoqchi edim. Bu masala shunday muhimki, uning yoniga bir oz yaqinlashdim-u, ammo so‘z ocholmadim. Natijada uchunchi quramani ham shunday gaplar bilan tugatyapman. Butun futbolimiz xo‘jalik strukturasini yangitdan qurib chiqishimiz kerak. Bu qanday bo‘lishini keyingi suhbatta gaplashamiz, deb umid qilaman..

Keyingi quramada uchrashguncha omon bo‘laylik deb, Hasanali-otangiz yozdim.

Kiritilgan sana: 12.09.2019 11:49. O'kildi: 3213 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.