Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 143 62 49 254
2 Yaponiya 45 71 67 183
3 Janubiy Koreya 24 27 44 95
4 O‘zbekiston 14 17 13 44
5 Tailand 12 9 12 33
6 Bahrayn 11 5 4 20
7 Eron 10 16 11 37
8 Qozog‘iston 9 14 25 48
9 KXDR 7 5 6 18
10 Hindiston 6 21 25 52

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1933 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2186 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 30.09.2026

      06:00 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      07:00 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Пекин-2008.
      09:00 Снукер. Третий раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      14:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      15:30 Снукер. Третий раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      21:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      22:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Трейлраннинг.
      01:30 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      02:15 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      03:45 Скалолазание. Микст. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Karantin dasturxoni (3-qism)

Baho:
+0; -0

O.B. Otaxon, uzr, gapingizni bo‘ldim. Bunday gaplaringiz ushbu og‘ir kunlarga qanchalik to‘g‘ri kelar ekan? Hammamiz tanqidlaringizdan charchab ketdik. Futbolimiz boshqa sohalar qatori pandemiya tufayli katta zarar ko‘rmoqda. Pandemiyadan keyingi qiyinchiliklarimiz oldida gaplaringiz safsataga o‘xshab qolmoqda. Sizdan esa tanqid qaynab chiqmoqda. Aniq takliflardan darak yo‘q.

O.T. Olim aka, og‘irroq bo‘laylik. Tinglashni o‘rganaylik. Siz bir tomondan haqsiz. Yevrofutbolda bir qancha klublar futbolchilar maoshi ikki barobar qisqarishini e’lon qildilar. O‘zimizga kelsak. Klublarimizning moliyaviy hayoti ommadan sir saqlanadi. Bu yil karantindan keyin hamma qatori futbolimizga ham qiyin bo‘lishi turgan gap.

H.Q. Orifjon, keskin bo‘lsa-da, har bir fikr o‘ralmasdan, suvalmasdan ochiq izxor etilishi man uchun ayni muddaodir. Gaplarim hammaga birday yoqishi mumkin emas. Turli fikrlar bo‘lishi yaxshi. Lekin “dasturxonimiz” turli qarashlarning to‘qnashuvi emas yo‘qlamasi, jamlanmasi bo‘lishini istardim. O‘qiyapganlarda tanlov bo‘ladi. Olimxo‘ja, e’tirozingizni qabul qilaman. Bilasizmi, kishini noaniqlik, noma’lumlik qiynaydi. Qachon karantin tugashi noaniq. Bu yilgi futbol mavsumi qanday o‘tishi noaniq. Dunyo boshiga tushgan ofatning kelib chiqishi noma’lum. Koronavirusni daf qila oladigan dori fanga noma’lum. Barcha xavotirli ahvolda qolgan. Beparvo bo‘lish ham, vahima qilish ham yomon. Ushbu baloning o‘lim xavfi, masalan, ebola virusidan ham past bo‘lgani bilan tarqalish tezligi juda baland ekan. Xatarli holatimiz ba’zida qanchalar og‘ir bo‘lmasin, inson erta kunni o‘ylar ekan. Bugungi kun tashvishidan ustun turar ekan. Har sohada BUGUNni chuqur tahlil qilib, unga to‘g‘ri baho berib, BUGUNning nuqsonlaridan tozalanib ERTAni o‘ylash, BUGUNdan go‘zal ERTAga intilish inson tabiatida bor ekan. Buni oddiygina qilib strategiya deb atamoqdamiz. 43 yil muqaddam dunyoga kelgan chaqaloq bugun dunyo tanigan, dunyo tan olgan futbol hakami bo‘lib yetishdi. Endi rahbar bo‘lgach, boya aytib o‘tganim, o‘z insoniy tabiatini yo‘qotdimi? Yo‘q. Katta yo‘l boshida turib ERTAni ko‘ra olmay qolmoqdami, chunki go‘zal ERTAga intilmay qo‘ydimi? Oldinga o‘tib Strategiyani bizdan to‘sayotganini sezmayaptimi? Futbolimiz ertasini.

Yakov Lvovich Saldadze. Vi, Ali-aka, rassujdayete kak rebyonok. Tak gluboko, emosionalno perejivayete za nash futbol. Za yego budushee. Togo je trebuyete ot drugix. Vse prejde vsego zanyati resheniyem svoix lichnix interesov i problem za schyot svoix doljnostey v futbole, svoix professiy. Problem vsem xvatayet cherez kray. Kto-to doljen zakonchit remont v svoyey usadbe na beregu Adriaticheskogo morya v Xorvatii, komu-to nado obnovit interyer dachi v Aktashe, komu ekologi zakrili Restoran na beregu Bozsu, kto-to doljen obnovit svoyu tachku i t.d, i t.p. Teper posle karantina lichnix problem budet yeshyo bolshe. Zachem Vam perejivat za nashi futbolnie dela. U Vas k tomu je bolnoye serdse. Nado realno smotret na jizn. Nikomu net dela do budushego uzbekskogo futbola. Im bi tolko vipolnyat ispravno svoi pryamie funksii. Budushee v budushem vremeni samo soboy pristroitsya,kak-nibud. Tak vse schitayut. Vi nedavno tut rasxvalivali avtoritarniy rejim pravleniya, ne soznavaya, chto vse zdravomislyashiye lyudi, v tom chisle i vi, stradayete ot nego.

O.B. Yasha-aka, gapingizni oldim. Uzr. Siz maqtagan demokratik Ispaniya vise-prezidenti karantin muddatini cho‘zish haqidagi o‘z qarorini parlamet tasdiqlashiga taqdim qilgan. Demokratik Yevropa Ittifoqi majlisda moliyaviy masalada kelishib olguncha pandemiya butun Yevropani qamrab oldi. Bunday demokratiyadan yakka hokimlik afzal emasmi?

O.T. Masalaga qay tomondan qarashga bog‘liq. AQSh kongressi bo‘lmaganida, yoki qo‘lbola bo‘lganida Suriya bilan Siriyaning farqiga bormaydigan, siyosat ilmida chalasovod, shallaqi va o‘zboshimcha, bo‘ydor va puldor Tramp yakka hokimlik qilganida edi, qarorlari bilan hamma yoqni buzib tashlagan bo‘lardi. AQShda epidemiyaning quturishiga o‘zini emas, JSSTni aybdor qilib qo‘ydi-ya. Osoyishta yillarda avtokratik uslub, odamlar tashabbusini bo‘g‘adi.

YA.L.S. Vot imenno. Dlyaprimera skaju paru slov iz jizni nashego futbola dlya prodoljeniya temi razgovora.Ravshan nichego ne mojet delat samostoyatelno. On ne smojet chto-to sdelat, ili chto-to skazat samostoyatelno. Vi, Ali-aka, bolee svobodni po otnosheniyu k nemu. Vi kak dumayete, kak mislite, tak i govorite. On ne mojet govorit to, chto dumayet. Kak yego naznachili na etu doljnost, tak i snimut yego s etoy doljnosti. S Axmadjanovim tak postupili. Prichina naydyotsya vsegda. A vi perejivayete ot togo, chto u nas narushayetsya prinsip demokratii i prezident naznachayetsya sverxu. U nas ispolkom Federasii sushestvuyet na bumage. Pri vsex prezidentax resheniya prinimalis kem-to samolichno, samovlastno. Ispolkom sushestvoval tolko na bumage. U nas vse resheniya prinimayutsya keleyno v kabinete sovetnika. Tuda zakazan put daje Ravshanu.Ermatov pered soboy stavit posilnie takticheskiye zadachi. Strategicheskiye zadachi nikto pered soboy ne stavit. Nikto dalshe sezona, vernee dalshe nosa svoyego ne xochet videt. Ya uznal, chto vi, pojiloy bolelshik, xodite po koridoram ministerstva so svoim planom strategicheskogo razvitiya uzbekskogo futbola. Kakoye donkixotstvo. Mne vas jal. Vi pojiloy rebyonok. Ali-aka, vi v proshlom «dasturxane» pisali, chto pokoyniy Mirabror Usmanov uvajil Vas za Vashu kritiku futbolnix del, za pravdivost. Nichego podobnogo. On xotel ispolzovat Vas v svoix kombinasiyax. No oshibsya. Vi ne priruchayemim okazalis. On — velikiy kombinator. On smog podnyatsya ot prostogo povara do visot vlasti.On potom nemalo sdelal polojitelnogo dlya nashego futbola. Mi s vami jivyom v avtoritarnom rejime pravleniya i v stixiynom samovlastii deneg, gde pravdivoye slovo ne pooshryayetsya. Neujeli, vi vsyo eto ne znayete?

O.B.. Yasha-aka, shaxsiy hayotga tegib ketib, chegaradan chiqib ketmayapsizmi?

H.Q. Olimxo‘ja, unday demang. Yasha-aka, Sizdan keyin shuni men ham tilga olaman. Nachora, ommaviy odamlarning shaxsiy hayot ma’lumotlari ham omma “dasturxoniga” tortilar ekan. O‘zim haqimda o‘zimdan eshitsalar yaxshimikan. Yoz chillasida yurak huruji tufayli o‘lim yoqasiga borib keldim. To‘satdan jon taslim qilish oldida o‘zimni ko‘rdim. Shifokorlarim bilan, yaqinlarim bilan birgalikda hayot uchun tirmalashdim. Keyin yurak muolajasi oldidan xuddi shu ahvolga yana tushdim. Hammamiz, Siz ham Yasha-aka, bir kun kelib EGAMning huzuriga ketamiz. Muolajaga shuni bilib o‘zim bordim. O‘lim yoqasida turib, ko‘z yoshlarimni yutib, tildan emas, dildan hammadan kechirim so‘rab kunlarimni, tunlarimni o‘tkazdim. EGAMdan rozilik so‘rash o‘z yo‘liga. O‘tinib, tilanib odamlardan kechirim so‘radim. Qilgan, qilmagan va qilolmagan ishlarim uchun kechirim so‘radim. Aytgan va aytmagan, aytolmagan gaplarim uchun kechirim so‘radim. Parvardigorim tuhfa etgan, ota-onam ato etgan hayotga, hayot degan nomga, bu dunyodagi eng ulug‘ ne’matga sazovar bo‘ldimmi? Loyiq bo‘ldimmi? Men ham odam bo‘ldimmi? Odam bo‘lib yashay oldimmi?... O‘lim yoqasida shunday savollarga javob qidirdim.

O.B. Hammamiz Sizga sog‘liq tilaymiz. O‘sha kunlari hammamiz xavotirda edik. Yasha-akamlar ikki kun qoshingizdan jilmadilar. O‘zingizni asrang deb hozir shunday achchiq gapirmoqdalar.

H.Q. Lekin, muhim gapni aytdilar. Bor kuchim, qolgan kuchim bilan yashashni istayman. Safda bo‘lishni istayman. Umrim ushog‘ini avaylab saqlab, yaxshilikka hissa qo‘shishni istayman. Bu yog‘i kam qoldi. Gapirilgan, tilga olingan mavzuga qaytamiz. Yasha-aka, hammamiz beg‘ubor yoshlik yurtidan chiqib kelganmiz. Yoshlikka qaytib ketishni Siz ham istagan bo‘lardingiz. Lekin buning ilojisi yo‘q. Go‘dak qalbi g‘irromdan, xiyonatdan, aldamdan kattalardan ko‘ra ko‘proq eziladi. Yillar o‘tgan sari qalb o‘lmagur kirlanib borar ekan. Avval iflosdan qiynalar ekan, keyin iflosga ko‘nikib moslashar ekan, keyin iflosgarchilik manbaiga o‘zi aylanib qolar ekan. Boshqacha odamlar ham bor. Ular, ya’ni vijdoni qalqonlar, vijdon o‘tida yonguvchilar kunda kir bilan kurashar ekanlar. Kunda soflanar, safolanar ekanlar. Tongi safoni sezmaydigan “aqllilar” ularni izza qilishar ekan, chunki o‘sha “go‘daklar” kunda yiqilib yengilsalar-da, bosh egmas ekanlar. Bilaman, Siz unday “aqllilardan” emassiz. Kattalarning hayot maydonida Adolat “aqlli”, takabbur badkordan kunda mag‘lub bo‘lib, kunda yiqilib yuradi. Futbolda boshqacha. Kuch, Aql, Shiddat, Birdamlik yashil maydonga tushganda ochiq kurash olib boradi. Va g‘alaba qozonadi. Hayotda aksincha bo‘ladi. Makr g‘olib bo‘ladi. Shuning uchun Siz bilan Olma-otaga “Paxtokor”ga madad bo‘lish uchun, kuchiga kuch qo‘shish uchun borib, baqirishib futbol ko‘rib kelar edik, eslaysizmi? Yo‘l kira arzon bo‘lardi.

YA.L.S. S tex por sto let proshlo. Bilo sovsem drugoye vremya. Dengi ne tak naglo vlastvovali v jizni lyudey, kak seychas. Lyudi zamelchali. Futbolnaya igra virodilas v biznes.

H.Q. Odamlar o‘sha-o‘sha. Hayot o‘sha-o‘sha. Yashamoqdamanmi, savolim o‘sha-o‘sha. Qolgan umrimda kimim bor? Oilam, uzoq-yaqinlarim bor. Nimam bor? Imonim bor. E’tiqodim bor. Kasbim bor, qadrim bor. Bilasizmi, tanish-notanish azizlarim, sizlar ham mening hayotimda borsiz. Hayotim mahrajidasiz. Hozir shu payt yurtimning qay bir burjida istiqomat qilib, yozganlarimni o‘qib menga hamdard bo‘lmoqdasiz. Meni sizlar bilan bog‘lab turgan Futbol bor. O‘zbegim futboli bor. Futbolni madh etib juda ko‘p gapirishim mumkin. Bir gap aytaman. Masalan, o‘zbegim tabobati, yo o‘zbegim me’morchiligi va boshqalar ham bor, deylik. Yarim asrdan beri quruvchiman, bilasiz. Ushbu sohaga kimdir muxlislik qilishi mumkindir, lekin hech kim unga ishqibozchilik qila olmaydi. Kasbikori boshqa bo‘lib g‘ayri soha yutug‘iga hissa qo‘sha olmaydi. El-yurtni hech narsa futbol zavqi kabi bog‘lay olmaydi. Faqat birgina futbolda har kim o‘z qarashiga ega bo‘lishi mumkin va uni ochiq izhor etishi mumkin. Bugungi kungacha faqat futbol maydoni, futbol iftixori va futbol zavqi yurtni birlashtira olar edi. Endi o‘lim xavfi odamlarni bir tashvishda, xatarni yengishda birlashtirmoqda. Futbol to‘xtadi. Ofat oldida hamma narsa chetga chiqdi. Ofat oldida hayotning qadri oshdi.

YA.L.S. Vse xotyat perejdat pandemiyu, peresidet doma. Jdut konsa epidemii. Pered opasnim virusom vidvinulas vperyod istinnaya sut cheloveka — bratstvo, yedinstvo, vzaimopomosh, vzaimoponimaniye, dobrota po otnosheniyu ko vsem lyudyam. Posle pobedi nad virusom vsyo eto uydyot na zadniy plan, zabudetsya. Bogatie budut bogatet, bednie budut yeshyo bolee bednet. Kak Vi krasochno opisivayete, Futbol ne budet chistim, chestnim srajeniyem, ne budet simvolom spravedlivosti i yedinstva, a budet sredstvom obogasheniya, blagopoluchiya dlya odnix, i zavisti, korrupsii, obmana dlya drugix.

H.Q. Har bir narsa, voqea, hodisani kamida ikki tomondan tasvirlash mumkin. Ko‘rish nuqtasiga qarab ma’lum bir tasvir hosil bo‘ladi. Sizning Yasha-aka, nuqtai-nazaringiz boshqa, meniki boshqa. Birgalikda to‘laqonli tasvir hosil bo‘lmoqda. Futbol oddiygina o‘yin, xolos. Shuning uchun futbolistonda asosan ma’lum ma’noda go‘daklar yashaydi. Sizu men ham, Ravshan Ermatov ham shu go‘daklar yurtidanmiz. Bizni ishonch, umid hech qachon tark etmaydi. Taqdirim misolida oddiy bir kishi o‘lim yoqasiga borib kelishi qanday dahshatli, ibratli, hikmatli bo‘lganini aytib berdim. Hozir butun yurtimiz o‘lim xavfi oldida turibdi. Nainki yurtimiz, butun dunyo vabo bilan kurashmoqda. O‘lim xavfi oldida hammani: shohu-faqirni, boyu-gadoni, otlig‘u-piyodani teng qilib qo‘ydi. Ushbu xatarli kunlarda Egam yo‘lida tenglik, yaxshilik, mehribonlik, insonparvarlik, adolatparvarlik, xaqiqatparvarlik odamzotni birlashtirib qutqarib qolmoqda. Mana shunday asl qadriyatlar o‘lim jari yoqasidan bizni olib chiqadi.

J.B. Otaxon, futbolimizning taraqqiyot strategiyasi borasida o‘z taklifingizni aytmoqchi edingiz.

H.Q. Jamoliddin, bugun jiyanim holimdan xabar olgani kelibdi. Akam tirilib kelganday bo‘ldi, go‘yo. Jiyanim 30 yillik ishqiboz. Uch metr naridan gaplashdik. Bag‘rimga bosolmadim. To‘yib-to‘yib gaplasholmadim. Oddiygina diydorlashuv qanchalar muhim odamiylik belgisi ekanligini, ruhoniyatimiz boyligi, ruhiyatimiz oromi ekanligini shunda sezdim. Ilohiy mohiyatimizdan uzoqlashib asliy, odamiy, bokira va pokiza ehtiyojlarimizni kundalik arzimas tashvishlarimiz bilan ko‘mib yashar ekanmiz. Futbolimizda ham shu holat tomir otgan edi. Boshimizga tushgan ofat qarshisida o‘zgardik, soflandik deb o‘ylayman. Futbolimiz strategiyasi mavzusiga endi yetib keldim. Jamoliddin, katta Rahbar qarorlarini tahlil qilish qanchalar muhim bo‘lsa, shunchalar mas’uliyatli va qiyin ish ekan. Shuning uchun ko‘p vaqtingizni oldim. Men 60 yildan beri futbol bilan bir bog‘lamda yashab kelayotgan odam bo‘lsam, Ravshan Ermatov butun umrini futbolga bag‘ishlagan inson, kuchli kasbikomil mutaxassisdir. Man chin dildan futbolimiz ravnaqini istayotgan bo‘lsam, Ravshan ham xuddi shunday niyatda faoliyat olib bormoqda deb umid qilaman. Bu masalaga uning qarashi menikidan farq qilishi tabiiy hol. Man oddiy keksa ishqibozman. Shunday bo‘lsa-da, u bilan men yelkadosh bo‘lishni istayman va buni orzu qilaman. Orqadan gapirish, bilasiz, g‘iybatchilik bo‘lib qoladi. Hozirgi holatimda, Rahbarga yozganlarimni o‘zim eltib berolmayman. Davron Fayziyevdan iltimosim shuki, yozganlarimni qog‘ozga ko‘chirib muhtaram vise-prezidentimizga eltib bersin. Yuziga aytganday bo‘laman. Ishqibozchiligim hurmati haqi, shunday qilsin. O‘qish yo o‘qimaslik o‘ziga havola.

Karantindan qutilib, siz azizlarim bilan yana stadionda uchrashish, hammangizni bag‘rimga bosish orzusida Hasanali otangiz yozdim.

Kiritilgan sana: 04.05.2020 09:42. O'kildi: 8339 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик