07:30 "Кто кого?". 08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове. 10:00 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Финал. 10:40LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Юниорки. Индивидуальная программа. Прямая трансляция. 18:25LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа. Прямая трансляция. 22:40 "Кто кого?". 23:05 "Формула-1. Гаснут огни". 23:30 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове. 01:40 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. 03:20 "Тайны звёзд спорта". 03:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Матч за 3-е место. 04:20 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
05:00 "Лига героев". 07:00 "Жизнь после спорта". 07:30 Футбол. МЕЛБЕТ-Первая Лига. Обзор тура. 08:00 "Вопреки всему". 08:30 "Вид сверху". 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 12:00 Новости. 12:05 Специальный репортаж. 12:25 "Непобедимый". 13:30 Смешанные единоборства. UFC 267 в Абу-Даби, ОАЭ. Пётр Ян против Кори Сэндхагена. 14:35 Специальный репортаж. 14:55 Новости. 15:00LIVE "Есть тема!". Прямой эфир. 16:25 "Большой хоккей". 16:55 "Вопреки всему". 17:30 Новости. 17:35 Все на Матч! Прямой эфир. 18:25LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция. 19:55LIVE Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Прямая трансляция. 21:25LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Торпедо" (Нижний Новгород). Прямая трансляция. 23:45 Все на Матч! Прямой эфир. 00:55 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Свободная пирамида. 01:55 Евротур. 02:45 Д/ф "Лионель Месси". 03:55 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. 04:55 Новости.
05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 5 в Оберстдорфе, Германия. HS 137. 08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 6 в Гармиш-Партенкирхене, Германия. HS 142. 09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Женщины. 11:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка. 13:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка. 14:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128. 15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142. 16:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 17:00LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Мужчины. Прямая трансляция. 20:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128. 21:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142. 22:00LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция. 01:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142. 02:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 04:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128. 04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
Terma jamoamiz bosh murabbiyiga ochiq xat (2-qism)
Baho:
+-1; -0
“Ochiq xat”imni o‘qiy boshlashganidan keyin unga turli munosabat bildirishmoqda. Yozg‘uvchi jurnalistlar takrorlanib qolyapsiz, oldingi yozganlaringizni o‘qiganday bo‘lmoqdamiz, uzundan uzoq yozasiz deyishmoqda. Birinchidan, to‘g‘ri tanqid qilishmoqda. Ikkinchidan, bunday talqin yozganlarimga qay tomondan qarashga bog‘liq. Kimdir yozganlarimga boshqa tomondan qarab butunlay boshqacha fikr bildirishi mumkin. Barcha talqinlar qo‘shilganda to‘liq tasvir paydo bo‘ladi. Tanqid kuchli bo‘ladi. Futbolda o‘yin vaziyati ham har tomondan har xil ko‘rinadi. Ichidan boshqa, tashidan boshqa ko‘rinadi. Men o‘zimga o‘zim tashqaridan turib baho bera olmayman. Babayan ham shunday holatda ish yuritsa kerak. Shunday ekan, o‘z fikrini mendan ayamasdan, yozganlarimga ochiq munosabat bildirganlarga rahmat aytaman. Babayan ham men kabi o‘zgacha fikrga muhtojmikan, bilmadim. Balkim, aynan mening no‘noq, maymoq fikrimga muhtoj emasdir. Azizlarim, sizga shuni aytishim mumkinki, bir narsadan alamzadaligim rangi, siniq ohangi barcha yozganlarimga o‘tib qolmoqda. Ularga bir xil tus berib qo‘ymoqda. Maqolalarim nimasi bilandir bir-biriga o‘xshab qolmoqda.
Toshkent stadionlariga futbol ko‘rgali ishqibozlar kelmay qo‘yishgan. Jurnalistlar ham. Protokol uchun o‘yindan keyin o‘tkaziladigan matbuot anjumanlarida klubning matbuot kotibi bilan birgalikda izlanib, ba’zida o‘zimdan boshqa jurnalistni topolmay qolmoqdaman. Oltmish yildan beri futbol ishqiboziman. Xapirib turgan to‘liq tribunalarda futbol ko‘rish boshqacha bo‘lardi. Biz futbol bo‘yicha o‘z chempionatimiz, o‘z terma jamoamiz bo‘lishini orzu ham qila olmas edik. Ikkita o‘yinda Ittifoq klublar termasida Krasniskiy qatnashganini aytib yupanib yurardik. Terma tarkibida Mesxi, Choxeli, Metreveli, Andriasyan, Oganesyanlarni ko‘rib armanu, gruzinlarga havas qilardik. Termada ulardan ko‘p o‘yinchi qatnashar edi-da. Yurtimizdan faqat “Paxtakor” yuzaga chiqa olar edi. Uyam 6o‘rindan nariga o‘ta olmagan. Istiqlolga erishib har bir shahrimiz, qal’amiz jamoasi yuzaga chiqishi mumkin. Osiyo darajasiga yo‘li ochildi. O‘tmishda hech narsamiz bo‘lmagan. Hech kim emas edik. Tezda hammasini unitib yuboribmiz. O‘z chempionatimizga, o‘z qo‘rg‘onimiz, o‘z termamizga ega bo‘lganimizdan keyin, dunyo ayvoniga chiqib yurtimiz nomidan maydonga tushar ekanmiz, stadionlarimiz odam zo‘ridan lorsillab turishi kerak edi-ku. Yo‘q, bunday bo‘lmadi. Zamon o‘zgarib ketdi. Hayot o‘zgarib ketdi. Odamlar o‘zgarib ketdi. Futbolimizni chetga surib barchamiz o‘z kovagimizga kirib ketmoqdamiz. Farqimiz kam. Birimizning kovagimiz tilladan, boshqamizniki kesakdan. Ko‘ngilxushlik uchun, vaqtichog‘lik uchun devonda yonboshlab, novvot choy xo‘plab Yevrofutbol bilan qiziqamiz. “Paxtakor”ga kelib jon kuydirib ishqibozchilik qilish bizga xos emas. Men esa, jon kuydirib Babayanga xat yozmoqdaman. Gapning egasi o‘qimaydi. Monitor sirtidan faqat YECHL, APL xabarini izlagan ishqiboz ham o‘qimaydi. Kimdir o‘qib chiqar.
VA NIHOYAT... 2.
Ish bilan ov topmagan gap bilan dov topmas. A. Va nihoyat, uzundan-uzoq kirish qismini tugatib, Samveljan, Sizga yozayotgan xatimni davom ettiraman. Oxirgi taxminim to‘g‘ri bo‘lib chiqmoqda. Birinchi savol mazmunidan qat’i nazar, Siz o‘z futbol falsafangizni intervyu boshida urg‘u berib batafsil bayon etib bergansiz. Eng avvalo, uni birma-bir izhor etishdan gap boshlagansiz. Shuni ko‘rib chiqaylik. Birinchidan, shuni aytishim kerakki, futbol tushunchasiga har bir mutaxassis egadir. Tushuncha tobora o‘zgarib boradi. U o‘zgaruvchan narsa. Falsafiy qarashlar o‘zgarmas. Futbol falsafasi ham o‘zgarmas tushunchalardan iborat. Maydon tekis, to‘p yumaloq deganlaridek. Masalan, futbol ma’nisi gol urushdir, degan tushuncha o‘zgarmasdir. O‘yin ma’nosi g‘alaba qozonishdir. Bu ham o‘zgarmas tushuncha. Futbol falsafasi shunday tushunchalardan iborat. O‘zgaruvchan, tinmay oquvchan bu hayotda inson o‘zgarmas tushunchalarga, o‘zgarmas o‘z dunyoqarashiga tayanib yashaydi, tayanib ishlaydi. Uni ko‘chaga chiqib ochiq bayon qila bermaydi. Har bir go‘shada bu haqda pichirlab ham gapirmaydi. Ichida saqlaydi.
V. Sizning futbol falsafangiz 4ta tamoyilga tayanishini ko‘p eshitdik. Siz bu so‘zni ko‘p ishlatasiz. Odamning kimligini, qanday yashashini, qanday ishlashini gapidan emas, amal qilayotgan ish faoliyatidan bilib olishadi. Man unday ishlayman, man bunday ishlayman deguvchi odamga nisbatan shubha paydo bo‘ladi. Masalan, Antonio Konte qilayotgan ishini ham, qilmoqchi bo‘lgan ishini ham falsafam undoq, falsafam bundoq deb o‘zi sharhlab yurmaydi. Oldindan bu haqda jar solguvchi odam raqiblarini chalg‘itmoqchi bo‘lib gapirsa kerak. Yoki o‘zi uchun ham qilar-qilmas ishlari, bilar-bilmas yo‘nalishlari mavhum bo‘lganidan shunday gapiradi. Mayli, Siz aytgan “falsafiy” tamoyillarni birma-bir ko‘rib chiqaylik.
Har supraning noni boshqa, har bir ishning oni boshqa. S. Bundan oldin bir e’tirozli misol keltiraman. Bosh murabbiy o‘zi ishlab chiqqan o‘yin tasviriga, bu mening futbol “falsafam” deb, o‘sha tasvirni o‘zgartirmay saqlab yuraman deyishi, uni yangilamasligi yomon narsaga olib keladi. “Lester” bosh murabbiyi bultur o‘zi yaratgan o‘yin tasvirini, bu mening falsafam demagan bo‘lsa-da, unga bu yil ham amal qildi. Uni bu yil o‘zgartirishni xohlamadi va bu yilga kelib bulturgi o‘yin ish bermay qoldi. “Falsafa”si eskirdi. Ma’lum bir o‘yin tasvirini qiyomiga yetkazib olgan edi-ya. Natijada Angliya chempioni bo‘lgan edi-ya. Anchelotti 2014 yili “Real” o‘yinida yaratgan o‘yin tasviri faqat yarim yil mobaynida ish bergan edi. Mavsumning ikkinchi davrasidayoq eskirib qolganini eslayman. Mavsum tugashi arafasida o‘sha tasvirga yangi bo‘yoq bera boshlasa-da, vaqt o‘tgan edi. Shuning uchun Anchelotti “Real”ni qanday tark etgan bo‘lsa, yaqinda Ranyeri “Lester”ni shunday tark etdi. Hammani ajablantirib ketishdi.
Buzoqni buzoq degin, uzoqni uzoq. D. Sizga qaytaman. Siz o‘z “falsafam” undoq deb, bundoq deb yursangiz-da, Ranyeriga o‘xshab ma’lum bir o‘yin tasvirini haliga dovur yarata olganingiz yo‘q. Falsafangiz bo‘yicha ma’lum bir o‘yin tasvirini qiyomiga yetkazish u yoqda tursin, hali uni tuzukkina ishlab chiqqaningiz ham yo‘q. Lekin amal-taqal qilib ma’lum bir natijaga erishmoqdasiz. Sanab o‘tganingiz bo‘yicha futbol falsafangiz birinchi tamoyili “agressiv, ya’ni tajovuzkor shuningdek tezkor, vertikal, hujumkor, hamda pressingga asoslangan futbol namoyish qilishdir”, deb aytdingiz. “Navbahor”, “So‘g‘diyona”, “Dinamo”, “Lokomotiv” kabi jamoalarning chempionatimizdagi betayin, ma’nisiz futboliga qarshi o‘yinda “Paxtakor” bosh murabbiyi unday yo bunday tamoyillarga tayanib o‘ynamoqchimiz desa, unga yarashadi. Bir nimaga amal qilmoqchi bo‘lsa, unga yarashadi. Chempionatimiz klubida ma’lum bir tamoyil degan narsa paydo bo‘lganidan xursand bo‘lamiz. Jahon ayvoniga chiqib Koreya, Eron kabi termalarga qarshi o‘yinda unday yo bunday falsafaga amal qilaman deguvchi murabbiyni tushunishim qiyin bo‘lmoqda. Ma’nosiz narsani anglash qiyin bo‘lganiday. Eron yo Koreyaga qarshi bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlarda agressiv, tajovuzkor o‘yinni termamiz ijrosida umuman ko‘rmadim.
Mag‘lub bo‘lgan o‘yinlarimizni sharhlamay, mayli. Suriyaga qarshi kechgan o‘yinni, yo mayli, Yamanga qarshi o‘yinni eslaylik. Ularda g‘alaba qozongansiz. Ushbu o‘yinlarda ham hech qanday agressiv o‘yinni ko‘rganim yo‘q. Siz “MYu”ning “Bornmut”ga qarshi kechgan kechagi o‘yinning ikkinchi yarmida “MYu” raqibiga qashi agressiv o‘yin ko‘rsatdi deya olmaysiz. To‘g‘rimi? Men ham Livanga qarshi o‘yinda raqibni o‘z jarima maydonida qamal qilib olib to‘pni qanotdan qanotga yumalatib o‘ynashni agressiv, hujumkor o‘yin deya olmayman. Geynrixning jarimadan urgan zarbasi bo‘lmaganida Sizning “agressiv, tajovuzkor” o‘yiningiz bilan nima ham qila olar edik. Biron marta golvar vaziyatni yarata olmagan to‘qnashuvda g‘alaba bizniki bo‘lmas edi. Termaning JChdagi taqdiri boshlanmasidanoq butunlay boshqacha bo‘lib ketardi. Guruxdan ham chiqolmasmidik.
Be yurganni bek dema, en bo‘lmasni yem dema E. Yana aytgan so‘zingizga osilaman. Vertikal o‘yin tarafdori ekansiz. Demak, gorizontal yoki diagonal o‘yinlarga (agar shunday o‘yinlar bor bo‘lsa) Siz qarshisiz. Men bunday iboralarni ishlatib gapingizga ko‘ra xulosa chiqarmoqdaman. Siz “diagonal hujum” nimasi desangiz, men “vertikal hujum” nimasi deyishga haqliman. Futbol maydonida geometriya, yo trigonometriya darslariga nima bor. Suriyaga qarshi o‘yinda vertikal hujum uyushtira oldingizmi? Eronga qarshi o‘yindachi? Karlos Keyrush Sizga qarshi o‘yinda maydonning har bir qarich yerini nazoratiga olgan edi. Siz hujum uyushtirgan paytlarda ham o‘yin ularniki edi. Eronning nazoratida edi. Har bir oshirmamiz raqib qaramog‘ida, ko‘ramog‘ida edi. Natijada Sizning “hujumkor, tajovuzkor, o‘tkir” harakatlaringiz raqib uchun umuman xatarli bo‘lmadi. Ikki, uch oshirmadan keyin to‘pni ular olib qo‘ya berishdi.
F. “Real” YECHLning bu yilgi “Napoli”ga qarshi birinchi nimchorak o‘yinida vertikal o‘ynadimi yo gorizontal o‘yin qildimi? “Lokomotiv” “Al-Ahli”ga qarshi vertikal o‘ynadimi yo gorizontal? Uzoq masofaga to‘p oshirib tezkor, o‘tkir hujum qilishni vertikal o‘yin deb aytayotgandursiz. “Bunyodkor” shunday hujum qilib kuni kecha “Al-Ayn”ga ikkinchi golni urdi. Chemirtan chapdan yorib o‘tib markazga yorib o‘tdi. Doston Hamdamov ichkaridan tezlanish olib, himoyachini o‘zib ketib gol urdi. Hisob tenglashdi. 2:2. Siz ham faqat shunday “vertikal” o‘yin qilmoqchimisiz? Lekin buning uchun “Real” “Napoli”ga qarshi o‘ynaganidek o‘ynab, raqibni maydon o‘rtasiga yoki o‘z tarafiga tortib, raqib jarimasini bo‘shatib, qisqa masofali oshirmalar bilan zich o‘ynab, maydonni o‘z nazoratiga olib, keyin, raqib tarafida bo‘shliq paydo bo‘lgandan keyin, o‘tkir hujum uyushtirish kerak emasmi edi? Shunday o‘ynasak, o‘zimizdan ham Benzemalar topilarmidi? “Gorizontal” o‘ynab turish ham kerak edi-ku. To‘p nazorati ham muhim narsa-ku. To‘psiz jamoaviy harakat juda muhim narsa-ku. Benzemaning goli qanday go‘zal bo‘ldi, bay-bay-bay... Maydon markazini tan olmagan Lushchan, markazdan jarimaga yorib kirishni istamagan Lushchan, uzun oshirmalar bilan markazda o‘ynamay faqat qanotdan “vertikal” hujum qilaman degan Lushchan, markaz nazorati uchun Kapadzeday yetakchini izlab yurmayman degan Lushchan arablarga yutqazib qo‘ydi-ku. Raqib tarkibida maydonda yetakchilik qilgan Umar Abdulrahmon bir o‘zi Lushchanni yutib qo‘ymadimi?
Xashakdan hasham bichma, yolg‘onni suvday ichma. G. Termaga qaytaman. Falsafa qaysar narsa, bir “falsafa”ga, ya’ni bir o‘yin uslubiga bo‘ysinaman deyishlik o‘ta qaysarlik bo‘ladi. Klubda faqat uzun oshirmali tezkor hujumni qiyomiga yetkazib, birgina uslubga har tomonlama ishlov berib, o‘yin strukturasini bir uslubga bo‘ysindirib natija ko‘rsatish mumkin, dedim. Lekin u ham eskirib ketadi. Hatto Gvardiola “Barsa”da yaratgan dunyoda eng kuchli hisoblangan o‘yin ham eskirib ketganidek, deb aytdim. Boshqa gap bor. Bir uslub bilan qiyomiga yetkazmay o‘ynash o‘zimizning maymoq chempionatimizda biror jamoaga ish berishi mumkin. Osiyo miqyosida bunday o‘ynash ish bermasligini “Bunyodkor” ko‘rsatib qo‘ydi. U bunday o‘yini bilan “So‘g‘diyona”ni yutishi mumkin. “Al-Ayn”ni emas. “Bunyodkor” o‘yinida himoyadan chiqish ham, qanotga chiqmay mayda uzatmalar bilan markazdan tezlikda yorib o‘tish ham homligicha qolmoqda. Boshqa ishlovlar ham kerak emasmidi? Shu ahvolda ham Lushchan uchun “Al-Ayn”ni yutib ketish imkoniyati bor edi. Ammo Terma jamoachi?.. Termaning besh kunlik yig‘inidachi?.. Terma jamoada qiyomiga yetkazmay o‘ynash to‘q uslubni ham puchqaytirib qo‘yadi. Xalqaro o‘yinlarda to‘pni nazorat qilib turish ham kerak bo‘ladi. Koreyaga qarshi o‘yinda to‘rtinchi oshirmaga yetib bormasimizdanoq raqib bizdan to‘pni olib qo‘ya berdi-ku. Shu ahvolda ham falsafa haqida gap so‘qiysiz. Ertak to‘qiysiz.
Gap bilganga bir tanga. Ish bilganga ming tanga. H. Va nihoyat, ko‘p ezmalanib “falsafa” ta’rifidan qutildim. Boshqa gapga yopishaman. Samveljan, “Umumiy o‘yin bo‘yicha yigitlarga jiddiy e’tirozim yo‘q” deb, Koreyaga qarshi o‘yin haqida gapiribsiz. Bu g‘aliz tarjima bo‘lsa kerak. O‘yin xususiy yo umumiy bo‘lmaydi. Samveljan, Siz albatta, rus tilida xos suhbat qurgansiz. “Voobshe govorya, v obshem rassmotrenii,” kabi so‘zlar bilan jumla tuzgandirsiz. “Umuman olganda, o‘yin bo‘yicha yigitlarga jiddiy e’tirozim yo‘q” deb aytgandirsiz. Yigitlarga Sizning jiddiy e’tirozingiz bo‘lmasa, meniki bor... Keyinroq aytaman.
Eron va Koreyaga qarshi o‘yinlarda tengma-teng o‘yin ko‘rsatdik. Bizga omad kelmadi. Biz o‘yinimiz bo‘yicha durangga loyiq edik, debsiz. Qo‘pol xatolar evaziga yutqazib qo‘ydik debsiz. “O‘yinni tashkil etish bo‘yicha biz nomdor raqiblarga yutqazmadik”debsiz. Bekorginaning beshtasini yebsiz. Karislar to‘psiz tezkor harakat qilishda bizga dars berib qo‘yishdi. O‘yin bo‘yicha yutqazib qo‘ydik, aslida. Kechagi OCHL guruh o‘yinida “Bunyodkor” Saudiya vakili bo‘lgan “Al-Ahli” arablariga qarshi teng o‘yin ko‘rsatib yutqazdi. Hujumkor o‘yin qilib yutqazdi. Siz Koreyada ko‘rsatgan o‘sha o‘yinga taqqoslab bo‘lmaydi. “Qaldirg‘ochlar” ko‘p marta zarbdor vaziyatga chiqishdi. Mavsum boshlanishi bo‘lgani uchun, gol ura olishmadi. Siz optimal formadagi yigitlar bilan biron marta karislarga qarshi o‘yinda golvar vaziyat yarata olmadingiz. Yigitlaringiz karislarga qarshi qanday o‘ynash kerakligini bila olishmadi. Ashurmatov va Komilovning qo‘pol xatolari evaziga “qaldirg‘ochlar” arablarga yutqazib qo‘yishgan edi. Shu vaziyatlarni ko‘z oldingizga keltiring. Buni hamma ko‘rdi. Endi Koreyaga qarshi kechgan Sizning o‘yiningizni eslaylik. Karislar bizga qarshi asosli, ishonarli, kuchli o‘yin ko‘rsatib 2ta gol urishdi. Birinchi golda Hoshimov tezligi past bo‘lgani uchun qanotdan yorib kirgan qanot hujumchisining oshirmasiga to‘sma qo‘yolmadi. Ikkinchi qavatda raqibga qarshilik ko‘rsatishda past bo‘ylik Denisovga kunimiz qolgan edi. Anzur tezda ortga qaytib kela olmadi. Bu epizodlarda qo‘pol xatoni kim ko‘rmoqda? Balkim, himoyani tashkil etishda Siz xatoga yo‘l qo‘ygandirsiz? Aytganingizga ko‘ra eslab ko‘rsam, qaysidir himoyachining yo‘l qo‘ygan katta yo ”kichik xato”larini man umuman ko‘rmayapman. Himoyada jamoviy o‘yin kuchsiz tashkil etilganini ko‘rmoqdaman. Futbolchilarimizga qarata Siz aytgan o‘sha gapingiz, “Kichik xatolarni boshqalar kechirishi mumkin edi, faqat Eron va Koreya emas”, deb aytgan o‘sha gapingiz futbolchilarga emas, avvalo o‘zingizga tegishli emasmidi?
O‘zini “aka” degan, echkisini taka der. I. Jamoaviy himoyalanishda kuchsiz harakat qildik. Ojiz qoldik. Gap shunda. Forslar va karislarga qarshi umuman “vertikal” o‘yin qila olmas edik. Ular “Al-Ahli” yo “Al-Ayn” emas. Siz “Bunyodkor”ni maydonga olib tushmagansiz. Karislar bizga qarshi bexato o‘ynab, zonalarni yopib himoyalanishdi. Demak, bizga hujum qilar paytimizda siqma o‘yin taklif qilishgan ekan, qisqa masofada kolidor yasab, tezkor kombinasiya uyushtirib, to‘pni oldirmasdan dam-badam zarbdor vaziyat yaratib turishimiz kerak edi. Bunday hujum vertikal emas, gorizontal va diagonal bo‘lib qolar edi-da. Sizning “falsafangizga” to‘g‘ri kelmaydigan hujum bo‘lar edi-da. Sizning “falsafangiz” bilan mazkur o‘yinlarda biron marta golvar vaziyatga chiqa olmadik. Uch-to‘rt marta zarbdor vaziyat yarata oldik, xolos. Karislarga qarshi o‘yinda faqat 4 marta raqib darvozasiga qarata zarba beribmiz.
...Arpa uni bahona. F. Fanni bilgan talaba, ko‘p mehnat qilgan talaba imtixon paytida omadi kelib to‘g‘ri javobni belgilashi mumkin. Futbol ham shunga o‘xshagan narsa. “Eron va J.Koreyaga qarshi kechgan uchrashuvlarda durang adolatli natija bo‘lar edi. lekin bu o‘yinlarda omadimiz kelmadi” degansiz. Omad so‘zi ham omad bo‘ganidan pushaymon bo‘lmoqda. Omad kelmadi emish. Karislar o‘yin boshida himoyada qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi... Biz mehmonda o‘ynab tezkor gol urib oldik. Bikmayev vaziyatdan foydalanib gol urib oldi. Biz oldindamiz — 1:0... Bundan boshqa tag‘in qanday omad Sizga kerak ekan? Tag‘in nechta kerak ekan? Kuchli bosimga asoslangan o‘tkir hujumlardan birida, “darvoza tomonga yo‘nalgan ko‘plab zarbalarimizdan birini” tag‘in omadingiz kelib, karis himoyachisi xatoga yo‘l qo‘yib o‘z darvozasiga to‘g‘rilab qo‘yishi kerakmidi. Ikkinchi gal ham omadni bizga Yaratgan Egam yuborishi kerakmidi? Buning uchun eng avvalo, kuchli bosim uyushtirishimiz kerakmasmidi? Siz o‘tkir hujum qilishingiz kerak emasmidi? Hujumda Siz kuchli bosim bilan qisqa masofada kombinasion o‘ynashingiz kerak emasmidi? Biz hujum qila bilmasak, qayerdan ikkinchi omadni kutasiz? Shunga qaramasdan qarshi hujum paytida yana bir marta omad kelgan edi. Bu haqda keyinroq aytaman.
Yaratganning O‘ZI sizni doim qo‘llab omadlar yubormoqda. Men o‘z ko‘zim bilan ko‘rgan, Toshkentda o‘tgan birinchi davra o‘yinlarining birontasida maydonda mutlaq ustunlik qilib gol urganimiz yo‘q. Omadingiz kelib raqiblarni yutdingiz. Lekin Sizdan harakat O‘ZIdan barakat deyiladi. Koreyaga qarshi o‘yinda EGAM faqat bir marta yo‘q joydan Sizga omad yubordi. Ikkinchisini ham yuborardi. Sizdan harakat bo‘lmadi. Yana bir bor omadga tortadigan o‘yin ko‘rsata olganingiz yo‘q. Siz omadsizlikdan nolimang.
Davomi bor.
Kiritilgan sana: 08.03.2017 13:48. O'kildi: 11467 marta.