06:00 Новости футбола. 06:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг". 08:00 Новости футбола. 08:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Кайсериспор". 10:00 Новости футбола. 10:05 Чемпионат Германии. On-line. 12:05 Новости футбола. 12:10 Чемпионат Турции. Обзор тура. 13:20 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг". 15:25 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Айнтрахт Франкфурт". 17:30 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Хольштайн Киль". 19:35 Новости футбола. 19:40 Чемпионат Турции. Обзор тура. 20:50 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Кёльн" - "Кайзерслаутерн". 22:55 Чемпионат Германии. On-line. 01:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Кайсериспор". 03:00 Чемпионат Германии. Обзор тура. 04:00 Новости футбола. 04:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг".
05:15 "Лица страны". Алексей Тищенко. 05:30 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 2 в Шаосине, Китай. 07:30 "Лучшие из лучших". 08:00 Настольный теннис. Чемпионат России в Казани. Финалы. 09:35 Д/ф "Александр Великий". 10:25 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2. 10:55 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 3. 11:25 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2. 11:50 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 1. 12:20 Фестиваль экстремальных видов спорта "Прорыв". 13:05 Падел. Международный турнир в Москве. Мужчины. 1/2 финала. 15:30 "Непобедимый". 16:00 Бадминтон. Кубок России в Казани. 18:20 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 3 в Дохе, Катар. 20:30 "Лучшие из лучших". 21:00 Настольный теннис. Чемпионат России в Казани. Финалы. 22:45 Д/ф "Майк Тайсон. Железные кулаки". 23:40 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2. 00:05 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 3. 00:35 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2. 01:00 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 1. 01:30 "Непобедимый". 02:00 Лыжные гонки. Чемпионат мира в Норвегии. Командный спринт. Классический стиль. Финал. 03:15 Бадминтон. Кубок России в Казани.
05:55 Новости. 06:00 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Германия - Дания. 08:00 "Непобедимый". 08:30 "Что за спорт?". "Экстрим". 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 12:00 Новости. 12:05 Специальный репортаж. 12:25 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Чехия - США. 14:35 Специальный репортаж. 14:55 Новости. 15:00 Есть тема! Прямой эфир. 16:25 "Вид сверху". 16:55LIVE Бокс. Кубок Победы. Этап 1 в Перми, Россия. Прямая трансляция. 19:00 Все на Матч! Прямой эфир. 19:40 Д/ф "Александр Великий". 20:45LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Кубок Гагарина. "Локомотив" (Ярославль) - "Трактор" (Челябинск). 5-й матч. Прямая трансляция. 00:00 Все на Матч! Прямой эфир. 01:15 Панкратион. Чемпионат России. 02:25 Д/ф "Леброн Джеймс. Король площадки". 03:30 "Что за спорт?". "Экстрим". 04:00 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Golden Grand Prix в Токио, Япония.
06:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 1 в Кэцяо, Китай. Мужчины. Болдеринг. Финал. 08:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. 10:00 Теннис. Australian Open. Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Мэдисон Киз (США). 11:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. 13:00 Теннис. Australian Open. Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Мэдисон Киз (США). 14:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. 15:00LIVE Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти. Прямая трансляция. 20:45 Теннис. Д/ф "Рафаэль Надаль - король Парижа". 21:45 Скалолазание. Кубок мира. Этап 3 в Бали, Индонезия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы. 23:00 Трейлраннинг. UTMB World Series. Этап на горе Ванту, Франция. Обзор. 00:00 Конный спорт. Royal Windsor Horse Show в Лондоне, Великобритания. 01:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти. 03:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 2 в Уцзяне, Китай. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы. 04:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти.
Ravshan Haydarov shogirdlari kuni kecha sakkizdan bir final jangida Gonkong yoshlarini 3:0 hisobi bilan yutib, chorak finalga chiqishdi. Ofarin.
RIVALDO VA ARVELADZE Babayan falsafamga to‘g‘ri kelmaydi, falsafamga tushmaydi deb ko‘p gapirar edi. Haydarov esa, katta gapirmayapti. Ravshan Babayanning murabbiylar shtabida ishlasa-da, bosh bo‘lmagani uchun oldinga chiqmas edi. Soyada yurar edi. Intervyu berishni xohlamagan edi. Futbolchilar berar edi. U esa yo‘q, bermas edi. Indamay yurdi. Kasb odobini saqlab yurdi. “Falsafaga” munosabat bildirmay yurdi. Futbolning falsafasi hamma uchun bitta. G‘alaba qozonishdir. Gol urmay g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Golning inglizchadan ag‘darsak, uning lug‘aviy mazmuni maqsaddir. Maydonga tushishning maqsad-muddaosi bittadir — gol urishdir. G‘alaba qozonishdir. Hujum himoyadan boshlanadi. Hujum gol urish bilan yakunlanishi kerak. Pele, Garrincha, Santos, Didilar paytida brazillarning bir iborasi bor edi. “Raqib bizga qo‘ldan kelganicha gol uradi, biz xohlaganimizcha gol uramiz”, — deyishar edi. Murabbiy o‘zining gol urish g‘oyasini ishlab chiqishi kerak. Uni jamoaga singdirishi kerak. Babayanda hech qandan futbol g‘oyasi bo‘lmagan. O‘yin haqida o‘ziga yarasha qandaydir o‘z tushunchasi bo‘lgandir, balkim. Hozir Ravshan Haydarov o‘zi uchun yangi o‘yin g‘oyasini yaratmoqda. Murabbiyda o‘yin g‘oyasi bo‘lmasa, u bir kunlik bo‘lib qoladi. Bugungi kun bilan yashaydi. Bir kuni, bir oyi, bir yili o‘tsa bo‘lgani. Yangi o‘yin g‘oyasi, masalan, Andrey Fyodorovda, Shota Arveladzeda yo‘q. Ular chiziqlar bo‘yicha eng yaxshi o‘yinchilarni yig‘ib olib, o‘yin strukturasini sozlash bilan ovvoralar. Bundan ortig‘i ularga kerak emas. Ular uchun moliya oqimi favvoralar kabi toshib tursa, bo‘lgani. Yangi o‘yin yaratib emas, jang qilib emas, ochko terib chempion bo‘lishmoqchi.
“Zodogonlar” uchun ochko terishning ikki yo‘li bor. Birinchidan, terib kelgan kuchli o‘yinchilar evaziga o‘yinni kuchaytirish, ikkinchidan raqibni kuchsizlantirish. Ja’far Irismetov ikkala yo‘ldan qoyil qilib yuribdi. “Nasaf”ni sindirishdi. Zo‘r o‘yinchilarini tortib olib, “Lokomotiv”ni yechintira olmaydidar-da. Moliya favvorasi yetmaydi-da. Yo‘qsa, uni ham sindirgan bo‘lardilar. “Paxtakor”ga uzoqlardan Van Gal yonidanmiyey, yo qay go‘rdan yetib kelgan gurji Sayyorasi ish bermayapti. Bir nima bo‘lsa, tayyorasi tayyor turibdi. Ucharog‘iga minadiyu, uchadi ketadi. Skolari bizga nima bergan edi-yu, Shota nima berardi? O‘zbek futbolida Arveladze bugun bor, ertaga yo‘q. Pul ovida yurtlarni sayr qilib yurgan sayyora odam u kishi. Futbolimiz ahvoliga joni achishmaydi uning. Futbolimiz ravnaqi deb u kuyunmaydi. Kuyungani uchun uning puli ko‘payib qolmaydi-da. U Gus Xiddink yo Rivaldo emas. Gus Xiddink rus futbolining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Cherchesovga bu yil maslahatchi bo‘lganini hozircha oshkor qilishmayapti. Rivaldo o‘zbek sheriklariga o‘rgataman deb autlarni ham o‘zi otar edi. Autdan hujumi boshlab berar edi. U futbolchilik faoliyatini Bekxemga o‘xshab “Los-Anjeles”da emas, yo Raulga o‘xshab “As-Sadd”da emas, qaysi bir qoloq Afrika klubida oz oylik olib, futbolni targ‘ib qilib yakunladi. Arveladzega ikki barobar katta pul bilan chetdan shartnoma taklif qilishsa bormi, ertasigayoq “Paxtakor”niyam, Toshkentniyam, O‘zbekistonniyam o‘ylab o‘tirmaydi. Hammasini unutib yuboradi.
SAFSATA EMAS Shotani tanqid qilaman deb mavzudan bir oz chalg‘idim. O‘yin g‘oyasi bor gapmi, yo Babayan falsafasiga o‘xshab safsatami? Didye Deshamning o‘z o‘yin g‘oyasi, shu g‘oyaga munosib gol urish variantlari bor edi. Maydonni, o‘yinni, nazoratidan chiqarmay raqibini maydon bo‘ylab himoya botqog‘ida toliqtirish. Raqibi xorigan paytini topib, e’tibori suslashgan soniyada o‘tkir hujum qilib, gol urib qaytish uning o‘yin g‘oyasi bo‘ldi. Brazillarning hujumi faranglardan kuchliroq bo‘lsa-da, ularning ola-tasir yirtib hujum qilishi ish bermadi. O‘yin nazorati belgiyaliklarda bo‘lgan edi. Bosh murabbiy g‘oyabardor bo‘lishi kerak. Jangda askarlar bayroqdor, ya’ni alambardor atrofida jipslashib jang qilishganidek, farang futbolchilari bosh murabbiy g‘oyasi atrofida birlashgan edilar.
SHARMANDALIKMI? Maydonda murabbiy g‘oyabardor bo‘lsa, maydon tashida rahbariyat g‘oyabardor bo‘lishi kerak. Bu g‘oya atrofida barcha klublar, futbolchilaru mutasaddilar, jurnalistlaru ishqibozlar birlashishi kerak. Rahbarlikda ham g‘oya ustuvor bo‘lishi, ishning, qarorning asosi bo‘lishi kerak. Strategik maqsad yo‘lida har bir islohotning zamirida bir g‘oya yotishi kerak. Rahbariyatda unisiyam bunisiyam yo‘q. Uzoq kutgan islohotlarimiz esiz, shunday o‘tmoqda. Bugun ma’lum yo‘nalishda bir qaror chiqarishsa, ertasiga bunga aksil yo‘nalishda qaror chiqarishmoqda. Chunki g‘oya yo‘q. Strategik reja yo‘q. Formatda reglamentni o‘zgartirishga urinish, o‘zi joriy qilgan oltin ochkolar qoidasiga o‘zi qarshi chiqish, qarorlarda hech qanday g‘oya, strategik reja mutloqo bo‘lmaganligini ko‘rsatmoqda. Tuturiqsiz odamlarning tuturiqsiz qarorlari ekan. Bizda ijtimoiy ong korchalon oldida tavozeda boshini egib turgan bo‘lsa, ijtimoiy tarmoq korchalonning qabih niyatini fosh qilishi mumkin ekan. Asosiy janglar oldidan zodagon klubning manfaatini ko‘zlab reglamentni o‘zgartirish niyati amalga oshmay qoldi. Fosh bo‘lib amalga oshmay qolgan bunday urinishni sharmandalik deb ataymizmi? Har bir daraxtning uchta o‘q ildizi bo‘lganidek, ushbu sharmandali voqeaning uchta o‘q ildizi bor. Birinchisini aytib o‘tdim. Hammamizning, ya’ni futbol tashida-yu, ichidagilarning ongsizligida. Ma’rifat pastligida. Hech kim bizda voqeaning mazmun-mohiyatini izlamaydi. Har bir ish ma’lum bir g‘oyaga asoslanib olib borilishi kerak deb bilmaydi. Barcha islohotlarimiz xaotik tarzda bo‘lmoqda.
UDDABURONLIK Ikkinchi o‘q ildiz o‘tmishga borib taqaladi. Futbolimizda Ahmadjonov davri boshlandi deb aytsak bo‘ladi. Undan oldingi davrni kimdir turg‘unlik davriga, ya’ni Brejnev davriga o‘xshatdi. Hayotimiz qog‘ozda, gapda chiroyli, oliymaqom edi. Amalda barchasi aksincha bo‘lgan. Hamma narsa inson manfaati uchun deyilar edi-yu, amalda partokratiya manfaati uchun qilinar edi. Konstitusiyaga amal qilinmay, hamma yozilmagan, partokratiya uchun xizmat qilgan “qonunlarga” bo‘ysinar edi. Tanish-bilishchilik avjida. Telefon xuquqi hukmron edi. Davlat mafiyasi boshqaruvda. Raykom-ota, obkom-ota, ijroqo‘m-ota lavozimlari sotilar edi. Brejnev kuyovi, MVD rahbari olmos mafiyasini boshqargan ekan. Futboldagi ahvolga kelsak, oldingi davrimizda pullar mafiya qo‘lida bo‘lganini Ahmadjonov o‘z nutqida aytib o‘tdi. Abdurahim Pozilov o‘z komandasi bilan birga “Bunyodkor” stadioni oldida chayqovlanib chipta sotib yurganini o‘zim ko‘rganman. Matbuot xodimi rahbar oldiga oyligim kichik, meni ishdan bo‘shating deb kirganida, rahbar unga shu lavozimda ishlab turib qanday qilib “pul qilishni” o‘zi o‘rgatgan emish. Eshitganim bor. U davrda har qanday yo‘l bilan, ya’ni halol haromni farqlamay “pul qilish” odat bo‘lgan edi. Mardona ish, yoki uddaburonlik deb sanalar edi. Hozir-chi?
O‘ZI XON, KO‘LANKASI MAYDON. Futboldagi hozirgi davrimizni Gorbachyovning oshkoralik davriga qiyoslasak bo‘ladimi? Balkim shundaydir. Futbolimizda oshkora gapni faqat Ahmadjonov aytishi mumkin. Abramov o‘z fikrini oshkora aytgani uchun futboldan badarg‘a qilingan edi. Buni qanday tushunishimiz kerak? Ahmadjonov o‘z faoliyatini boshlashi bilan tanish bilishchilikka, qarindosh urug‘chilikka qarshi kurash e’lon qilgan edi. O‘zi esa, PFL bosh direktori lavozimini futboldan uzoq odam hisoblangan, o‘z qaynisi bo‘lgan Omon G‘ofurovga topshirganini qanday izohlaysiz? Bilasiz, barcha islohotlar futbolimiz rivojlanish yo‘liga xizmat qilmoqda. Islohotlar tufayli barcha klublarga barobar teng raqobatni joriy qilmoqchi bo‘ldik Faqat bir klub “Paxtakor” bundan istisno ekan-da? Hammani gumroh bilib, kuppa-kunduz kuni ikki ko‘zini lo‘q qilib “Paxtakor” manfaati yo‘lida reklamentni o‘zgartirmoqchi bo‘lishdi-ya. Mavsum o‘rtasida oltin ochkolarni yo‘q qilmoqchi bo‘lishdi-ya. Reklament, ya’ni musobaqa qonuni rahbariyat uchun qonun emas ekan-da. Rahbar qonundan ustun ekan-da. Gorbachyov partiya diktatini bir oz cheklab xalq demokratiyasiga yo‘l ochgan bo‘lsa-da, u o‘z qarorini hammadan ustun qo‘yardi. O‘zi xon, ko‘lankasi maydon edi. Ahmadjonov ham shunday ishlamoqda. O‘xshashlik bor. Qismati o‘xshamasin. Gorbachyov o‘zini xokimi mutloq sanab raqobatchisini, ochiq tanqidchisini Partiyaning siyosat maydonidan chetlatgan edi. O‘sha kimsa, ya’ni Yelsin vaqti kelib uni ham, partiyani ham ag‘dargani rost gap.
Uchinchi ildiz haqida o‘z fikrimni ertaga bayon etaman. Hozir sizlarga yaxshi tilaklarimni yo‘llab xayrlashib qolaman.
Hasanali-otangiz yozdim. 25.08.2018y.
Kiritilgan sana: 26.08.2018 14:56. O'kildi: 5194 marta.