Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 135 53 45 233
2 Yaponiya 41 68 63 172
3 Janubiy Koreya 21 26 44 91
4 O‘zbekiston 12 17 13 42
5 Tailand 10 8 12 30
6 Qozog‘iston 9 13 23 45
7 Bahrayn 9 3 3 15
8 Eron 8 15 10 33
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 4 9 19

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1893 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2151 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 29.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Афины-2004.
      09:00 Снукер. Второй раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      15:30 Снукер. Второй раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Женщины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:15 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      21:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на трудность. Финал. Мировая серия. Копер.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Обзор.
      02:00 Трейлраннинг.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      03:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Kelib ketishmi yo...

Baho:
+0; -0

Kecha 16-turning “Paxtakor”—“OKMK” o‘yinini stadionga borib ko‘rdim. Ishxonamdan, ya’ni Oq uydagi qurilish ob’ektidan to O‘qchigacha yosh haydovchi uchirib olib borib qo‘ydi. Eshikbon ham darvozani ochib meni kutib oldi. Mening qadrdonim “Paxtakor”, men uchun eng qulay stadion meni qarshi oldi. Har gal o‘yin davomida bir nimalar yozib olaman deyman-u, ishqibozligim tutib ketadi. O‘tirgan joyimda kallam, yo oyog‘im qimirlab ketadi, o‘zimni maydonda yugurganday his qilaman. O‘yinga singib ketaman, gohida baqirib yuboraman ham. Yozib borish qayoqda deysiz. Shuning uchun man hech qachon jurnalist bo‘la olmayman. Shunday holatni Siz ham TV orqali kechagi o‘yinda ko‘rdingiz. Bosh hakam ikkinchi bo‘limda OKMK o‘yinchisiga qizil varaqa ko‘rsatishdan avval vaziyatni monitor orqali kuzatayotgan paytini eslang. Atayin qilingan qo‘pollikni kuzatayotib monitor oldida turgan Akobirxo‘ja avtomatik tarzda hushtak chalib o‘yinni to‘xtatay deb qoldi. O‘yin allaqachon to‘xtatilgan edi. Futbolga singib ketish shunaqa bo‘ladi. Kim buni sezdi, kim sezmadi.

“Paxtakor” kuchli tarkib bilan kuchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Lekin bu urilgan gollarda aks etmayapti. Nima uchun? Futbolchilar jon-jahdi bilan o‘ynab, qattiq jang qilib, qattiq qarshilikni yengib raqibni yutishmayapti. Yuqori daraja evaziga g‘alaba ularniki bo‘lmoqda. Ertaga xalqaro o‘yinlarda kuchli qarshilikka uchraganda bu narsa pand berishi mumkin. “Lokomotiv” kechagi turda “Turon”dan qattiq qarshilikka uchradi. Yutqaza turib matonat ko‘rsatib jang qilib yutdi. “Paxtakor” iroda ko‘rsatganini eslolmayman. Xyuistra bir yillik shartnoma tuzganmi deyman. Tablodagi raqamlar bilan mamnunligini yashirmadi. Natija uchun o‘ynashmoqda. O‘yin sifatini tag‘inam yuqori darajaga ko‘tarishni o‘ylamayapti. Biru-nolga yutish uchun jamoaning shu o‘yini ham yetarli bo‘lmoqda. O‘yin va maydon nazorati senda, uch-to‘rtta golni qalashtirib tashla. Yo‘q.

Anjumanda aytgani bo‘yicha bittagayam yo to‘rtta gol uchun ham uch ochko berilar ekan. Yigitlar maydonga tushmay turib ochko sanashyapgan ekan-da. Azizga (gol urgan o‘yinchiga) qarata “Maydonga tusholmay armonda o‘tganlar qancha. Bu kunga yetmaganlar qancha. Sen esa ochko sanaysanmi” degim keladi. Barchang bir jon bo‘lib zavq bilan yonib o‘yna! Buning uchun har biring sheriging o‘yiniga singib ketishing kerak. Shunda gollarni taqillatib tashlaysanlar. Men tomosha qila turib oldimdagi o‘rindiqni tepib yubormoqdaman. Sen esa, o‘yin paytida maydonda tomoshaxonlik qilmoqdasan. Boyan Matich oldinga qarab tezlanish oldi. Sen sheriging oldiga to‘pni uzatish o‘rniga orqaga qarab o‘ynab ketding. Boyan tezlik olib, zarbdor vaziyatga chiqar edi. Esiz, golvar vaziyat o‘ldi. Bunday holat o‘yin davomida juda ko‘p bo‘ldi. G‘alabadan mamnun bo‘lgan omma bunday xatolarni ko‘rmaydi. Natijani emas, futbolni ko‘rgani kelgan muxlis afsus chekadi. Maqsadiga erishgan “Paxtakor” eldan burun musobaqani yutib ketadi, uloqni ilib ketadi. Keyin uloqsiz poygani ko‘ramiz.

Anjumanda shu haqda so‘raganimda juda uzoq gapirdi. Tilini tushunmayman. Savoldan qochib ko‘p gapirdimi yo savolga batafsil javob berdimi, bilmadim. Piterga yozma tarzda savol beraman.

“Muhtaram bosh murabbiy, eng yaxshi futbolchingiz haqida gaplashaylik. Masalan, Sayfiyev haqida. Barcha futbolchilaringiz yurtimizda eng kuchlilardan hisoblanadi. Sayfiyev ham shunday. Lekin Farrux Sayfiyev Osiyo darajasida kuchli emas. Haqiqat shuki, u endi bu darajaga ko‘tarila olmaydi. Buni Siz ham tan olasiz. “Paxtakor”ni Osiyoda birinchilar darajasiga olib chiqmoqchimisiz, axir. Shunday bo‘lsa, hatto Sayfiyev o‘rniga hammani lol qoldiradigan 16 yashar iqtidorli futbolchini topib, tarbiyalab o‘yinini o‘stirishingiz kerakmi? Buning uchun seleksiya bo‘yicha yordamchingiz 20ta yosh iqtidorni ko‘rib chiqib, ulardan birini tanlab berishi kerakmi? Siz har o‘yinda uni o‘n-o‘n besh daqiqaga maydonga tushirib o‘ynatib turishingiz kerakmi? Bunday bo‘lmayapti. Hatto Cheranning yoniga bo‘lg‘usida undanda kuchliroq o‘ynaydigan yosh o‘rinbosar topib qo‘yishingiz kerak. Yoki “Nasaf” bunday talantlarni tayyorlab berishini kutyapsizmi? Shuning uchun Sizning shartnomangiz bir yilga tuzilganmi deb o‘ylanib qoldim. Muhtaram Piter Xyuistra, Siz “Paxtakor” bilan hayotingizda eng katta yutuqlarga erishmoqchimisiz, yoki “Paxtakor” Siz uchun navbatdagi ish joyi (pul ishlash) bekatimi? Arveladze keldiyu ketdi. O‘zbek futbolida undan hech narsa qolmadi. Siz ham shunday qilmoqchimisiz?

Klublarimizda bir nechta chet ellik murabbiylar ishladi. Skolari, Kumikov, Xomyakov. Oldingi davrda “Paxtakor”da Yakushin, Kachalin, Keller, Nabokov, Bazilevich, Sekech, tag‘in bir qancha kattayu-kichik murabbiylar ishlashgan. Hammani ko‘rdim. Endi sizga qarab turibmiz. Sizga qiziqishim boshqacha, Sizdan umidim boshqacha. Ilohim orzularim Siz bilan ushalsin”.

Hasanali QODIROV. 30.08.2021y.

Kiritilgan sana: 04.09.2021 21:20. O'kildi: 8575 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик