Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 24 55
2 Paxtakor 23 52
3 Navbahor 23 45
4 OKMK 24 39
5 Lokomotiv 23 38
6 Buxoro 23 37
7 Nasaf 23 37
8 Qizilqum 24 33
9 Andijon 24 30
10 Dinamo 23 30
11 So‘g‘diyona 24 29
12 Surxon 24 28
13 Qo‘qon-1912 24 23
14 Bunyodkor 24 23
15 Xorazm 24 23
16 Mash’al 24 4

O'tgan o'yinlar.

24-тур Andijon 0-1 Qizilqum
24-тур Mash’al 0-1 OKMK
24-тур Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
24-тур Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
24-тур Surxon 0-0 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

17/10/26 Lokomotiv - Nasaf
17/10/26 Dinamo - Buxoro
17/10/26 Navbahor - Paxtakor

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2542 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2795 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.10.2026

      06:00 Снукер. Финал.
      08:00 Велоспорт. Третий этап. Женщины.
      09:00 Велоспорт. Третий этап. Мужчины.
      10:00 Снукер. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      14:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      15:35 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:15 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 4.
      21:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      23:00 Снукер. Финал.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Kosmik daraja

Baho:
+0; -0

«Real» o‘z stadionini dunyodagi eng yaxshisiga aylantirmoqchi. Shu yil yozda «Santyago Bernabeu»da keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlanadi. «Real» rahbariyati 400 million yevro sarflash evaziga arenani kosmik darajaga olib chiqishni maqsad qilgan. Aslida «Qirollik klubi» 2012 yiliyoq kapital ta’mirlash ishlari masalasini o‘rtaga tashlagandi. Biroq o‘shanda Madrid shahri hukumati ushbu dabdabali g‘oyaga qarshi chiqdi. Aniqrog‘i, rahbarlarga arena hududining kengayishi sira yoqmadi. Aytgancha, bu bilan stadionning o‘zi kattalashmaydi. Keyinchalik shahar meriyasi bilan o‘rtadagi kelishmovchiliklarga barham berildi. Biroq boshqa bir muammo tug‘ildi. Ya’ni tabiatni muhofaza qiluvchilar guruhi e’tirozi o‘laroq, ishni boshlash muddati yana ortga surildi. Umuman, «Qirollik klubi» g‘oyasiga bir nechta tashkilot baravariga qarshi bo‘lganiga qaramay, jamoa vakillari barchasini «bosdi-bosdi» qilish yo‘lini topishdi. Mohiyatan olganda, shaharning xohlagan fuqarosi hashamatli loyihani hayotga tatbiq etilishiga qarshi chiqishi mumkin edi. Binobarin, gap Madridning qadimiy me’moriy ko‘rinishi keskin o‘zgarishga yuz tutishi xususida ketyapti, axir. Biroq poytaxt aholisida yangilangan «Santyago Bernabeu»ni ko‘rish xohishi kuchlilik qildi, shekilli. Klub tomonidan sarflanadigan 400 million  yevro chakana mablag‘ emas, albatta. Tabiiy savol tug‘iladi - shuncha pul nimalarga va qayerga yo‘naltiriladi?

TOM

Stadion tomi harakatlanuvchi mexanizm sifatini oladi va u 360 darajaga aylanadigan holatga keladi. Agar maydon ustini to‘la yopish zarurati tug‘ilsa, buning uchun bor-yo‘g‘i 15 daqiqa sarflanadi. Barchasini ta’minlash yo‘lida tribunaning yuqori qavati qayta quriladi. Xususan, metall ustunlar o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Ulkan tomni aynan shu ustunlar ko‘tarib turadi. Xullas, loyihaga ko‘ra, arena yanada yuqoriga bo‘y cho‘zadi. Qancha balandlashishi esa hozircha ma’lum emas. Lekin 1992 yilgi rekonstruksiyadan so‘ng «Bernabeu»ning balandligi 22 metrdan naq 45 metrga oshganini nazarda tutsak, uning «bo‘yi» sezilarli darajada «o‘sishi» mumkin.

Kommunikasiya

«Santyago Bernabeu» Yevropada yuqori zichlikdagi tarmoq o‘rnatilgan birinchi stadionga aylanadi. Bu tizim ulkan hajmdagi trafikni ta’minlaydi. Shunday ekan, muxlislar internetdan hech qanday muammosiz foydalanish imkonini hosil qilishadi. Shuningdek, ularga maxsus ilovalar taqdim etiladi. Misol uchun, xohlagan fanatda o‘z suratini butun stadionda bir xil ko‘rinadigan ulkan ekranga joylashtirish imkoniyati tug‘iladi. U agar xohlasa, o‘z taassurotlari va fikrlarini shu ekran orqali bayon etishi mumkin. Klub ishchi-xodimlari uchun ham yangi kommunikasion kanal ochiladi. Ular o‘z zimmalaridagi turli vazifalarni sifatliroq bajarish, kutilmagan muammolarni tezkor hal etish, xavfsizlik masalalarini kuchaytirishda aynan shu kanaldan keng foydalanishadi.

Old ko‘rinish

Maxsus metall konstruksiya (yo‘l-yo‘l chiziq) arenaning old ko‘rinishiga noodatiy manzara bag‘ishlaydi. Boz ustiga, shu ajib manzaraga xohlagan tusni berish mumkin bo‘ladi. Oddiy aytganda, hisobsiz yoritgich diodlari yordamida stadion turli ranglarda tovlanadi. Xuddi Germaniyadagi «Alyans Arena» kabi.

Ko‘ngilochar dasturlar

Savdo markazi, kafe, do‘konlar, klub muzeyi - bularning barchasi zarur, biroq hech biri ortiqcha hayratlantirmasligi ham tayin. Tashqariga chiqmay turib, stadiondagi o‘yin-ni bevosita tomosha qilish imkonini beruvchi mo‘’jaz mehmonxonachi?

Davomi: www.interfutbol.uz

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 14.02.2017 09:18. O'kildi: 8539 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик