Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Neymar: «Mbappe futbol tarixiga kiradi»

Baho:
+0; -0

Dekabr oyi o‘rtalarida «Barselona» himoyachisi Jerard Pike The Players Tribune saytida Pique+loyihasini taqdim etishini ma’lum qilgandi.

Kataloniyalik futbolchi shu orqali o‘ziga yaqin bo‘lgan futbolchilar bilan in­tervyu­lar tayyorlashni aytgandi. U birinchi suhbatini uyushtirishga ham ulgurdi. Uning mehmoni «PSJ»ning braziliyalik hujumchisi Neymar bo‘ldi.

- Ishlaring yaxshimi, Neymar?

- Hammasi ajoyib.

- Parijga moslashib oldingmi?

- Ha. Umuman boshqacha hayot. Lekin ancha ko‘nikdim.

- Bugun na Parij, na Barselona haqida gaplashamiz... Aytgancha,  Kobi Brayant bilan tushgan surating­ni ko‘rdim.

- Ha, yaqinda uchrashgandik. U afsona.

- O‘zing basketbol o‘ynaysanmi?

- Albatta. Juda yaxshi o‘ynayman.

- Bugun sen bilan jahon chempionati, xususan, Rossiyada o‘tadigan JCH-2018 haqida gaplashamiz. Braziliyadagi mundialdan so‘ng ushbu musobaqani intiqlik bilan kutayotgan bo‘lsang kerak?

- Albatta, u yerda bo‘lishni juda istayman. Oxirgi JCh men uchun omadsiz kechgandi. Lekin hammasi ortda qoldi. Oldinda yangi turnir. O‘ylaymanki, unda zafar quchish uchun kuchimiz yetadi.

- Ha, men ham oltin medallarni olishimizga umid qilyapman...

- Sen jahon kubogini olgansan, balki yetar?!

- Bu haqiqat, e’tirozga o‘rin yo‘q. Jahon chempionatini o‘ylaganingda nimalar esingga tushadi? Masalan, mening ko‘z oldimga 1994 yil keladi. Unda Mauro Tassotti tirsagi bilan Luis Enrikening yuziga urgani, chorak finalda Ispaniyaning Italiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergani, Luchoning qonga bo‘yalgan oq futbolkasi ko‘z o‘ngimdan ketmaydi.

- Men ham JCH-1994ni eslayman. To‘g‘ri, o‘sha paytda 2 yosh bo‘lganmanu, alohida kadrlar yodimda qolgan. Bu birinchi xotira. Ikkinchisi JCH-2002. Ushbu mundialni to‘liq tomosha qilganman... Ronaldo...

- Va uning soch turmagi!

- Ha, ajoyib edi. Aytgancha, men ham shunday turmak qilganman.

- Jiddiymi?! Uni ko‘rishni istardim! O‘shanda tushgan surating bormi?

- Haqiqatan ham Ronaldodek soch qo‘yganman. Menda surat yo‘q. Lekin onamning albomlarida bo‘lsa kerak. Topaman.

- Braziliyalik hamma bolalar shunday turmak qilishgandir?

- Barchamiz unga o‘xshashni istardik.

- 2002 yili Braziliya hammadan kuchli bo‘lgan. Ronaldo esa o‘zini ko‘rsatgandi.

- Menimcha, o‘shanda eng qiyin o‘yin yarim finalda, Turkiyaga qarshi kechgan. Lekin terma jamoamiz yakunda zafar quchgan. E’tiborli tomoni, turnir oldidan Ronaldo jarohatidan endigina forig‘ bo‘lgandi.

- Bolaligingda qaysi futbolchi jahon chempionatlaridagi o‘yinlari bilan seni hayron qoldirgan?

- Xayolimga Romario va Ronaldo keladi.

- Terma jamoaga birinchi chaqiruv olganingda qayerda va nima bilan mashg‘ul eding?

DAVOMI

Kiritilgan sana: 18.01.2018 16:45. O'kildi: 7044 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.