Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 09.02.2026 18:45
      • Nasaf
      • 1:1
      • Ash-Shorta
      • 09.02.2026 18:45
      • Al-Vahda
      • 0:0
      • Al-Ahli (SA)
      • 09.02.2026 21:00
      • Duhayl
      • -:-
      • Sharja
      • 09.02.2026 21:00
      • Shabab al-Ahli
      • -:-
      • Al-Hilol
      • 10.02.2026 21:00
      • Traktor
      • -:-
      • As-Sadd
      • 10.02.2026 23:15
      • Al-Ittihod
      • -:-
      • Al-G‘arafa
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 23 58
2 Real Madrid 23 57
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 22 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 23 34
7 Selta 23 33
8 Real Sosyedad 23 31
9 Osasuna 23 29
10 Atletik Bilbao 23 28
11 Xetafe 23 26
12 Jirona 23 26
13 Sevilya 23 25
14 Alaves 23 25
15 Elche 23 24
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

23-тур Selta 0-0 Osasuna
23-тур Barselona 0-0 Malyorka
23-тур Sevilya 0-0 Jirona
23-тур Real Sosyedad 0-0 Elche
23-тур Alaves 0-0 Xetafe
23-тур Atletik Bilbao 0-0 Levante
23-тур Atletiko 0-0 Betis
23-тур Valensiya 0-0 Real Madrid
23-тур Vilyarreal 0-0 Espanyol

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Mo‘jiza misol… Yoxud Oliy liga uchinchi turining to‘liq sharhi

Baho:
+0; -0

Oliy liganing 3-turini mo‘’jizaga qiyoslasak, bunga qarshi chiqadiganlar ko‘p topilmasa kerak. Masalan, ushbu tur bahslari deyarli mehmonlarga ataldi. Qator-qator qizil kartochkalarni ayting... Tur o‘yinlarining 2 hafta oldin boshlanganiyu, qachon yakuniga yetishi noma’lum bo‘lib qolayotgani esa alohida masala. Bularning barchasi O‘zbekiston chempionati 3-turiga bog‘liq. Ammo hammasi shugina emas. Do‘stlar, mavsum endi boshlanmoqda. Modomiki, tizimda biror o‘zgarish yuz bermasa, bunday «mo‘’jiza»lardan ko‘piga guvoh bo‘lishimiz muqarrar...

Nodir ssenariy bo‘yicha. O‘tgan hafta «Qo‘qon-1912» va «So‘g‘diyona» klublarining o‘z uylarida g‘olib chiqishganini aytmasa, qolgan uchrashuvlarda mehmonlar omadi chopdi. Ayniqsa, «So‘g‘diyona»ning «Olmaliq»ni yengganiga alohida ta’rif berish kerak. Bunday iroda va g‘alabaga Yevropa klublari ham havas bilan boqishardi. Harqalay, bu darajadagi «o‘tkir» ssenariy kuchli beshlik sirasiga kiruvchi chempionatlarda ham kuzatilavermaydi. Shuningdek, «Neftchi»ning safarda «Navbahor» bilan durang o‘ynaganini ham ta’kidlash o‘rinli. Kimdir yangi mavsumda «Paxtakor»ning o‘ziga kelishini kutayotgan bo‘lsa, katta siljishga ilhaq qaramay turgani ma’qul. Zero, «sherlar» 3-turda o‘z maydonlarida birinchi ligadan endi chiqqan «Dinamo»ga 3 ochko berib qo‘yishdi.

Kartochkalar buncha ko‘p? 3-turning eng ajoyib bahslari shanba oqshomida kuzatildi. E’tibor qarating, shu kuni 4tagina o‘yinda umumiy hisobda 5ta (!) qizil kartochka ko‘rsatildi. Bu nimadan dalolat? Hammasi «voha derbisi» sanalgan «Sho‘rtan» - «Mash’al» bahsi bilan boshlandi. Uchrashuvning 67-daqiqasida Zohir Qo‘ziboyev maydondan chetlatildi. Qarangki, bu yo‘qotish muborakliklarning 2:0 hisobida g‘alaba qozonishlariga aslo xalal bermadi. Chunki hammasi birinchi bo‘limdayoq hal bo‘lib ulgurgandi. Keyingi chetlatishlar «Buxoro» va «Obod» o‘rtasida kechgan o‘yinda ro‘y berdi. Aniqrog‘i, bu uchrashuvda bir yo‘la ikki futbolchi o‘z ro‘parasida hakamning qizil tusli qog‘ozini ko‘rdi. Ha, 90Q3-daqiqa hakam Baxtiyor Namozov uchun «sermahsul» keldi. U «Buxoro»dan Robbim Hasanov, «Obod»dan esa Navro‘z Hai­povni muddatidan biroz vaqtliroq kiyinish xonasiga «jo‘natdi». Chetlatishlar silsilasi «So‘g‘diyona» - «Olmaliq»  uchrashuvida davomiylik oldi. Qiziq tomoni, bu safar ham aynan so‘nggi daqiqalarda va har ikki jamoadan bir nafardan futbolchi «qizil» bilan jazolandi. Aftidan, hakamlar o‘yinni «sindirmaslik» uchun so‘nggi daqiqaga qadar sabr qilishgan, ammo boshqa iloj qolmagach, axiyri cho‘ntak kavlab, qizil kartochkani olishga majbur bo‘lishgan, chog‘i...

Sof chalkashlik. O‘zbekiston chempionati 3-turi shunday taassurot uyg‘otdiki, unda aniqlikdan ko‘ra, mavhumlik ko‘proqdek. Sharhimiz kirish qismida tur hali yakuniga yetmaganini tilga oldik. Eng tushunarsiz tomoni, qoldirilgan o‘yinlarning yangi muddati ham noma’lum. Bu uchrashuvlardan birida yetakchilar - «Bun­yodkor» va «Nasaf»ning o‘zaro to‘qnash kelishi lozimligi esa vaziyatni yanada chigallashtiradi. Shuningdek, «Metallurg» - «Lokomotiv» uchrashuvi ahamiyati ham u qadar past emas. Aynan shu 2ta bahsga qarab, 3-tur bo‘yicha to‘liq tasavvur hosil qilish mumkin. Biroq buning uchun endi kutishga to‘g‘ri keladi. Ammo qanchaligi mavhum... Garchi tur o‘yinlari chala qolgan bo‘lsa hamki, musobaqa jadvalida katta o‘zgarish kuzatilgani yo‘q. Axir «Lokomotiv» va «Nasaf» klublari bittadan kam o‘yin o‘tkazganiga qaramay, 2-3-o‘rinlarni egallab turibdi, baribir. Peshqadamlik esa «Paxtakor»ni poytaxtda uyaltirgan «Dinamo» qo‘lida - haqli ravishda.

Mezbonlik faktori. O‘tgan hafta faqat 2ta o‘yinda mezbonlar g‘alaba qozonishganini aytdik. Tan olish lozim, «Qo‘qon-1912» va «Qizilqum» o‘rtasidagi uchrashuv oldidan maydon egalarining imkoniyatlari u qadar yuqori baholanmayotgan edi. Harqalay, Navoiy jamoasi tarkibini ancha kuchaytirgan va uning safarda ijobiy natija qayd etishi kutilayotgandi. Ammo barchasi boshqacha ko‘rinish oldi. No‘’mon Hasanov shogirdlari stadion to‘la muxlislar qarshisida o‘zlarini ko‘rsatish ishqida borlarini berishdi. Yakunda ularning harakatlari besamar ketmadi - Murod Xolmuhammedov to‘pni «aut»dan tashlab bergach, u serbiyalik Filipp Rayevasga nasib etdi va hujumchi «Qizilqum» darvozasini o‘qqa tutib, qo‘qonliklarga mavsumdagi ilk g‘alabani tortiq qildi.

Tur qahramoni - Radu Rogak. «Dinamo»ning g‘alabasida biror futbolchini alohida ko‘rsatish noto‘g‘ri aslida. Chunonchi, «Paxtakor» asosan jamoaviy o‘yin va birdamlik evaziga dog‘da qoldirildi. Ammo o‘yinda asosiy bosim himoya zimmasiga tushganini hisobga olish kerak. Moldovalik legioner Radu Rogak esa bu bosimga nafaqat dosh berdi, balki zarur vaqtda hujumga qo‘shilib, o‘rtadagi 3 ochko taqdirini hal qilgan yagona gol muallifiga aylandi. Shunday ekan, uni bemalol tur qahramoni sifatida ta’riflashimiz mumkin. Ishonchimiz komil, agar «Dinamo» shu tahlit o‘ynashda davom etsa, mavsum oxiriga qadar jamoaning ko‘plab futbolchilari tur qahramonlari safidan joy olishadi. Axir «Dinamo» 17 yil mobaynida «Paxtakor»ni safarda ilk marta mag‘lub etish uddasidan chiqdi. Bas, uning futbolchilari shunday mavsumda qahramon rutbasini olishmasa, qachon olishadi?

Davomi: www.iff.uz saytida

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 20.03.2017 16:27. O'kildi: 7885 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.