Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Anvar G‘ofurov: «Obod»dagi o‘zgarishlar haqida gapirishni istamayman

Baho:
+0; -0

Oliy liga klublari oraliq tanaffusda o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan klublar tarkiblarini kuchaytirishga harakat qilishdi.

Ayniqsa, «Bunyodkor» va «Paxtakor»da o‘zgarishlar ko‘lami kengroq bo‘ldi. Jumladan, Mirjalol Qosimov o‘zi bilgan tajribali futbolchilarni jamoaga qaytardi. Ulardan biri «Obod» himoyachisi Anvar G‘ofurovdir. Biz ushbu futbolchidan intervyu oldik.

- Anvar, ma’lum muddatli tanaffusdan so‘ng «Bunyodkor»ga qaytdingiz. Bu o‘tish qanday amalga oshdi?

- Tan olaman, bu kutilmagan chorlov bo‘ldi, juda quvondim. Meni esdan chiqarishmagani uchun klub rahbariyati va Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildiraman. Ko‘p yillik tajribamga tayangan holda jamoaga yordam berishga harakat qilaman.

- Davralar oralig‘ida «Obod»da yuzaga kelgan vaziyatga munosabatingiz qanday?

- Ochig‘i, nima deyishni ham, gapni nimadan boshlashni ham bilmayman. Bu klubdagi mashmashalar birinchi davraning o‘rtalaridayoq yuzaga kelgandi. Lekin bir narsani aniq ayta olamanki, bo‘lib o‘tgan voqealar men uchun yaxshigina saboq bo‘ldi.

- «Obod» rahbarlari birinchi davra uchun hisob-kitob ishlarini to‘liq amalga oshirishdimi yoki qarz­dorlik saqlanib turibdimi?

- Bu masalada ham bir gap aytaman. Shu fikrimdan so‘ng muxlislar nimaga sha’ma qilayotganimni tushunib olsalar kerak. «Obod» klubiga nisbatan hech qanday e’tirozim yo‘q.

Chunki klub rahbarlari va’da berganlaridek, amaldagi shartnomamni bekor qilib, boshqa jamoaga ozod agent sifatida o‘tishimni ta’minlashdi.

Aslida, kelishuv muddati yil oxirida yakunlanardi. Umuman, «Obod»­dagi o‘zgarishlar haqida gapirishni xohlamayman.

- Istaysizmi-yo‘qmi, baribir, yosh o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Shu ma’noda, hozirgi jismoniy holatingiz 90 daqiqa o‘ynashga imkoniyat beryaptimi?

- Bu fikrga to‘liq qo‘shilaman. Yillar insondan o‘z ulushini oladi. Menda ham yosh o‘tayotgani sezilyapti. Maydondagi harakatlarimda buni o‘zim ham anglab yetyapman.

Lekin bosh­qa tomondan, zamonaviy futbolda hech kimga oson emas. U xoh navqiron bo‘lsin, xoh yoshi katta, tezkor o‘yin hammadan katta kuch talab qilyapti.

Shu narsani ishonch bilan aytishim mumkinki, hozir 90 daqiqa o‘ynashga tayyorman. Birinchi davrada va kubok bahsida ham maydonda to‘liq harakat qildim.

- «Bunyodkor» O‘zbekiston kubogi yarim finalida «Dinamo» bilan kutilmaganda durang o‘ynadi. Tajribali himoyachi sifatida raqib jamoaning himoya qo‘rg‘oni va umuman, o‘yini haqida nima deya olasiz?

- Bizda hisobni ochish uchun yetarlicha qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Afsuski, ulardan unumli foydalana olmadik. «Dinamo» juda yaxshi shakllangan jamoa.

Himoyada murabbiylar talab qilgandek, bexato o‘ynashdi. Qolaversa, jamoaviy o‘yin to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan. Buni ular bizga qarshi kechgan uchrashuvda ham isbotlashdi.

Futbolchilar bir-birlarini tushunib harakat qilishyapti. Ha, durang biz uchun kutilmagan natija bo‘ldi. Lekin tushkunlikka tushishga aslo hojat yo‘q.

Hali oldinda javob uchrashuvi bor. Ishonamanki, safarda o‘zimiz uchun kerakli natijaga erishamiz.

- Lekin «Dinamo» futbolchilari ham qarab turishmaydi. Samarqanddagi o‘yindan nimalar kutyapsiz?

- Hali javob bahsi sanasi ma’lum emas. Oldinda chempionat o‘yinlari bor. Birinchi galda oliy ligadagi ishtirokimizga e’tibor qaratib, jiddiy yondashuv asosida tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Ikkinchi davra uchrashuvlari hech bir jamoa uchun oson kechmasligi aniq.

- Menimcha, oliy ligada chempionlik masalasi hal bo‘lgan. Har holda, «Lokomotiv» 8 ochkolik farqni boy bermasa kerak.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, «Bunyodkor» ikkinchi davrada kumush medallar uchun kurasha oladimi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 15.08.2017 18:20. O'kildi: 9254 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик