Bugun 27 mart, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Armon alangasida yonayotgan yo‘llanma. Uni qutqarish mumkinmi?

Baho:
+0; -0

Mamlakatimiz futbol muxlislari orzusiga o‘t ketdi. Maydonda jahon chempionati yo‘llanmasi yonmoqda. Qimmatbaho chiptani kuydirayotgan olov harorati muxlislar qalbiga ko‘chgan. Armon alangasi yana yangilanib, futbolimiz osmoni uzra bo‘y cho‘zmoqda. Farqi shuki, bu safargi iztirob gulxani haroratiga chidash, bardosh berish qiyin bo‘lmoqda. Muxlislarning toqatsiz alam iztirobi tanqidga to‘la ochiq xat, murojaat, she’r, tanbeh, so‘kinish, koyish, mazax va boshqa ko‘rinishlarda olovlanib birdan ko‘kka o‘rladi.

Kutmoq va umid qilmoqdan bezigan muxlisning bezovta qalbi oyoqqa turdi. U allaqachon tarixga aylangan mag‘lubiyatni hamon qabul qilolmayapti. Qanday qabul qilsin axir?! Malayziyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvni naq 4 oy intizor kutgandi-ku. Shu intizorlik og‘ushida kuzdagi ikki mag‘lubiyatni unutdi. Intizorlik bag‘rida esa terma jamoamiz g‘alabasiga nisbatan kuchli ishonch yotgandi. Ochig‘i, endi yerparchin bo‘lgan bu ishonch shu qadar ulkan ekani avval tasavvurimizga sig‘magan. Aksariyat muxlislar Samvel Babayan shogirdlarining nursiz o‘yinlariga ko‘nikishdi va jahon chempionati yo‘llanmasiga alohida umid bog‘lashmaydi, deb o‘ylaganmiz. Xom o‘ylagan ekanmiz! Samvel Babayanning  murabbiy sifatidagi imkonlari so‘nggi saralash bosqichi darajasida emasligi xususida bir necha bor mulohaza bildirdik. O‘ylabmizki, shu mulohazalar ta’sirida muxlislar armiyasining bir qismi bo‘lajak nursiz natijalarga ruhan tayyor turadi. Yo‘q, unday bo‘lmadi. Mart oyiga qadam bosishimiz bilan tahririyatimizga qo‘ng‘iroq qiluvchi muxlislar soni ko‘paydi. Barchada bir mazmunda iltimos-iltijo: «Futbolchilarimizni ruhan qo‘llab-quvvatlanglar, Samvel Babayan taktikasiga ishonch yo‘q, loaqal yigitlar borlarini berib o‘ynashsin!» Yuz - issiq, lafz - aziz ne’mat. Muxlislarning so‘zlari yerda qolmadi. Yozdik. Futbolchilarimizga yolqinli so‘zlarimizni ravo ko‘rdik. Ularning o‘sha ko‘tarinki ishonch balqigan mulohazalarni o‘qishgani yoki o‘qishmaganini bilmaymiz. Fakt shuki, yaxshi niyat bilan aytilgan navobaxsh so‘zlar havoga uchdi. Balki shuning uchundir taniqli ijodkor Ulug‘bek Hamdam murabbiylar va futbolchilarni «So‘z Ta’sir Qilmasovlar», deb atadi. Nachora, shu xulosa - haqiqat! Shuning barobarida Samvel Babayan va uning shogirdlariga haykal qo‘yish kerakligini aytayotganlar uchun o‘ziga xos raddiya. Har kimga haykal qo‘yilmaydi. Axir haykal ko‘chada qolmagan. Muxlislar qaysi murabbiy yoki futbolchiga haykal o‘rnatish kerakligini juda yaxshi bilishadi. 

To‘g‘ri, Braziliya - futbol bobida beqiyos o‘lka va zukko muxlis futbolimiz imkoniyatini Pele vorislari saviyasiga qiyoslamaydi. Bu o‘rinda qiyos nochor, taqqos taslim! Biroq terma jamoamiz imkonlarini arab futboli saviyasiga tenglashtirmayotganlar adashadilar. Unutmangki, o‘sha suriyaliklarga futbol sirlarini o‘rgatgan ilk mutaxassislardan biri Bahodir Ibrohimov bo‘ladi. Bu qadar past ketish futbolimiz sha’niga yarashmaydi. Qolaversa, chinakam futbolni va zukko muxlisni aldashga urinish - behuda ish. Agar o‘zbek futboli yo‘lbarsona va vajohat bilan sapchip o‘rnidan tursa, Suriya yoki Qatar termasi mag‘lublikni osongina bo‘yniga olishi muqarrar. Demoqchimizki, futbolimiz Suriya termasidan mag‘lubiyatga uchramadi, aksincha, uning nomidan ish yuritgan bir hovuch nomunosiblar hech bir uyalmay, xijolat tortmay, raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatishmadi. Uyat, andisha yo‘q joyda futbolning boshi quyi egiladi, saviya o‘zini nari olib qochadi. Suriya yoki Qatar terma jamoasini mag‘lub etishga qodir bo‘la turib, bu qodirlikni qadrlamaganlarga nisbatan aslida ayni dashnomlar oz. Qodirlik nima? Zo‘rlikning zo‘ri qachon olqishlanadi?

Bu hali hammasi emas davomi: www.iff.uz

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 28.03.2017 09:26. O'kildi: 8239 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик