Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Eron termasini qanday mag‘lub etamiz?

Baho:
+0; -0

Joriy yilning 12 iyun kuni Tehronda - o‘z bag‘riga 100 ming tomoshabinni sig‘dira oladigan «Ozodi» stadionida juda muhim o‘yin o‘tkaziladi. Bu bahsda Eron va O‘zbekiston termalari maydonga tushishadi. Uchrashuvning ahamiyatli jihati shundaki, u jamoalardan birini muddatidan avval mundialga olib chiqishi, ikkinchisini esa bu huquqdan mahrum qilishi mumkin. Qaysi jamoa qay rutbaga da’vo qilishini aytmasak ham yaxshi bilasiz. Hozir mana shu o‘yin atrofida ba’zi fikrlarni bildirsak, monelik qilmassiz.

ERON

Eron termasi haqida ortiqcha ta’rifga hojat bo‘lmasa kerak. Uning eng kuchli tomoni ham yaxshi ma’lum - xotirjamlik. Ichki va tashqi xotirjamlik! Jahon chempionati saralashi har doim murakkab musobaqa hisoblanadi. Nafaqat to‘rt yarimtagina o‘ringa ega Osiyo, hatto Yevropayu Janubiy Amerikada ham shunday. Ishonmaganlar bo‘lsa, Argentina va Gollandiyaga boqishsin - JCH-2018 ularsiz o‘tishi mumkin. O‘zimizdan esa oddiy misol - Avstraliya. «Kengurular» ham biz kabi holatda - uchinchi o‘rinda. «A» guruhida Yaponiya va Saudiya Arabistoni «yashil qit’a» vakillariga «non» berishmayapti.

Eron termasi esa xotirjamlik bilan bir raqibi ketidan boshqasini mag‘lubiyatga uchratishni davom ettirmoqda. Karlush Keyrush jamoasi saralashda hali biror marta yengilmadi va guruhdagi so‘nggi ikki o‘yinni shunchaki o‘rtoqlik maqomida o‘tkazishga yaqin turibdi. Xo‘sh, eronliklar nimaning evaziga bunday natijaga erishishdi? Karlush Keyrushning siri nimada?

HIMOYa

Eron terma jamoasi yarim himoyasi va hujumida juda kuchli futbolchilar jamlangan - Alirizo Jahonbahsh, Ma’sud Shojaiy, Vohid Amiriy, Karim Ansorifard, Rizo Gujannajod, Sardor Azmun, Mehdi Tarimiy... Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin, ammo biz ularga bo‘lgan hurmatni saqlagan holda aytamiz, baribir, Eronning eng kuchli chizig‘i - himoya. E’tiroz bildiradiganlar bo‘lsa, shoshilmaslikni maslahat beramiz. Zero, bu gaplar bejizga aytilmayapti, argumentlar bor.

Eron terma jamoasining JCh saralashida birorta mag‘lubiyatga uchramaganini aytib o‘tdik. Endi undan ham zalvorliroq bo‘lgan boshqa faktga quloq tuting - eronliklar so‘nggi bosqichda nafaqat mag‘lubiyatga uchramagan, balki birorta gol ham o‘tkazib yubormagan! Milod Muhammadiy, Jalol Husayniy, Murtazo Purliganjiy, Izzatulloh Purgaz - bu ishni faqat shu yigitlar uddalay olishgan. Albatta, darvozabon Alirizo Beyranvanni ham alohida e’tirof etish lozim, biroq baribir, tan olaylik, hali birorta o‘yinda himoyachilar unga pand bergani yo‘q.

Endi hujum va himoya o‘rtasidagi tafovutni belgilab beruvchi yana bir statistika - Eron terma jamoasi so‘nggi bosqichda 7 o‘yindan 5tasida g‘alaba qozonib, ikkisida durang o‘ynadi. E’tiborli tomoni, forslar Qatarga qarshi kechgan o‘yin(2:0)dan boshqa qolgan barchasida bir xil - 1:0 ko‘rinishida g‘alabaga erishishgan. Bir ochko olingan bahslarda esa 0:0 hisobi qayd etilgan. Shundan keyin ham Eronning himoyasini eng kuchli chiziq, deb atamaslik to‘g‘rimi? Albatta, biz bu bilan forslarning yarim himoyasi va hujumini aslo kamsitmoqchi emasmiz. Aksincha, Eron terma jamoasi bu borada ham Osiyoning yetakchilaridan. Ammo himoya - hujumdan ham kuchli.

O‘YIN USLUBI

Eron termasi - g‘alaba yo‘lida ortiqcha hech qanday ish qilmaydigan jamoa. Uning futbolchilari keragidan ortiq bir qadam ham bosishmaydi va uch ochko uchun qancha yugurish kerak bo‘lsa, shuncha yugurishadi, xolos. Agar bu terma o‘yini avtomobil poygasiga o‘xshatilsa, shunday ta’rif berardik - eronliklarda soatiga 200 kilometr tezlikda harakatlanadigan «Ferrari» bo‘lganida ham, raqib 70 kilometrdan oshiq tezlana olmaydigan «Jiguli»da trassaga chiqsa, tezligini soatiga 75 kilometrdan oshirmay, g‘alabani qo‘lga kiritadi. Ular g‘oliblik uchun eng oson yo‘lni qidirishadi, avtomobilni 200 kilometr tezlik bilan haydab, ortiqcha yoqilg‘i sarflash ularga mutlaqo kerak emas. Bunday holatda mashina keyingi poygaga yaramay qolishi mumkin. Eronliklar bu yog‘ini ham inobatga olishadi. Ular futbolni ham shaxmatga aylantirishdi, ikki-uch yurishni oldindan bilishi shart.

Eron terma jamoasida bunday uslub shakllanishida esa Karlush Keyrushning xizmati katta. U juda ayyor murabbiy. Eronni 6 yildan buyon boshqarib kelayotgan bo‘lsa, shu vaqt ichida iste’fo so‘rab uch yoki to‘rt marta ariza yozdi. Tag‘in avji ishi yurishib turgan vaqtda qandaydir sabab topib, janjal ko‘tardi va undan voz kecha olmsliklarini bilgan holda iste’fo so‘radi.

Kamiga terma jamoadan ketishini matbuot orqali ommaga yoyib, vahima ko‘tardi. Balki bunday ixtilof boshqalarda ham bo‘lar, ammo u ichki sir sifatida qolib ketadi. Eronda bo‘layotgan voqeani esa butun dunyo bilishi shart. Keyrushning uslubi shunday. Shu orqali Eron futbol federasiyasiga o‘z so‘zini o‘tkaza oladi.

Keyrushning bu uslubi futbol maydonida ham bilinib turadi. Uning jamoasi hech qachon ilk daqiqalardan hujumga otlanmaydi, balki payt poylaydi. Hayvonot olami bilan tanishtiruvchi ko‘rsatuvlar orqali sherlarning qay taxlit ov qilishini ko‘rganmisiz? Ular o‘ljasiga birdan tashlanmaydi, balki qulay fursat kutib, yon-atrofda o‘ralashib yuraveradi. Ba’zan soatlab poda ortidan ergashishi mumkin. Qaysidir jonivor kichik xatoga yo‘l qo‘ysa, kifoya, uni darhol to‘dadan ajratib olib, bir zumda bo‘g‘ziga tish botiradi.

Futbolda xatoga yo‘l qo‘ymadigan jamoaning o‘zi yo‘q. Ayniqsa, Osiyoda bundaylar istagancha topiladi. Keyrushning Eroni esa o‘sha xatoni kutadi. Ba’zan 90 daqiqa payt poylashi mumkin, ammo qulay fursat tug‘ilgani hamono imkoniyatni qo‘ldan bermaydi. Eron Qatarni 2:0 hisobida yutganini aytdik. O‘sha gollarning har ikkisi ham so‘nggi daqiqalarda urilganini bilarmidingiz?

O‘ZBEKISTON

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 12.06.2017 15:43. O'kildi: 7666 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик