Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 24 55
2 Paxtakor 23 52
3 Navbahor 23 45
4 OKMK 24 39
5 Lokomotiv 23 38
6 Buxoro 23 37
7 Nasaf 23 37
8 Qizilqum 24 33
9 Andijon 24 30
10 Dinamo 23 30
11 So‘g‘diyona 24 29
12 Surxon 24 28
13 Qo‘qon-1912 24 23
14 Bunyodkor 24 23
15 Xorazm 24 23
16 Mash’al 24 4

O'tgan o'yinlar.

24-тур Andijon 0-1 Qizilqum
24-тур Mash’al 0-1 OKMK
24-тур Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
24-тур Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
24-тур Surxon 0-0 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

17/10/26 Lokomotiv - Nasaf
17/10/26 Dinamo - Buxoro
17/10/26 Navbahor - Paxtakor

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2541 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2795 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.10.2026

      06:00 Снукер. Финал.
      08:00 Велоспорт. Третий этап. Женщины.
      09:00 Велоспорт. Третий этап. Мужчины.
      10:00 Снукер. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      14:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      15:35 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:15 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 4.
      21:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      23:00 Снукер. Финал.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Qoyilmaqom hujum triosi

Baho:
+0; -0

Evrofutboldagi eng kuchli 5ta hujum triosi. Qachonlardir jamoalar hujumida futbolchilar juftligi, ya’ni tandemi (dueti) bosh rolni bajarardi, endi esa o‘tkir trio (uchlik)dan xavflirog‘i yo‘q. Futbol jamoaviy o‘yin hisoblanadi va natijani ko‘pincha tarkibdagi ijrochilarning nechog‘li hamkorlik qilishlari belgilab beradi. Xususan, endilikda jamoaning hujumdagi qudrati oldinda to‘p suradigan futbolchilar bilan o‘lchanmoqda. Qisqasi, zamonaviy o‘yinda hujumkor trioning roli tobora oshmoqda, har holda, duet o‘tmishda qoldi. Ayni payt eng keng tarqalgan taktik chizma - bu 4-3-3. Deylik, Yevropaning yetakchi jamoalari bundan unumli foydalanmoqda.

5-o‘rin: Serxio Aguero - Rahim Sterling - Leroy Sane («Manchester Siti»). «Shaharliklar» triosi ayniqsa, oxirgi vaqtlarda samarali o‘ynamoqda. APLning dastlabki 15 turi yakuni bo‘yicha olsak, Aguero, Sterling va Sane jami 22ta gol yaratishdi. Bu jamoaning deyarli 50 foiz goli demakdir. Agar samarali uzatmalarni ham qo‘shsak, ushbu trioning «Siti» ko‘rsatkichidagi ulushi 82,22 foizga ko‘tariladi. Umuman, uchlikning har bir vakili ajoyib ijrochi, lekin ular birgalikda ko‘proq effekt berishadi: Sterling va Sane qanotlarda himoyachilarni har ko‘yga solishadi, Aguero esa markazda...

4-o‘rin: Pako Alkaser - Marko Roys - Jeyson Sancho («Borussiya» D.). Hozircha 4-yaxshi ko‘rsatkich ispan, nemis va inglizdan iborat «Dortmund qo‘shini»ga tegishli. Shu joyda bitta faktga e’tibor qaratish kerak: Pako Alkaser «Borussiya» safiga joriy mavsum arafasidagina qo‘shilgandi, Jeyson Sancho ham uncha «eski» emas. Statistikaga ishonsak, ushbu futbolchilar 14 dekabrga qadar «Borussiya»ning jami 37ta golidan 23tasiga mualliflik qilishdi - 62 foiz. Ular shuningdek, jamoadoshlariga 10ta vaziyat yaratishdi. Umuman olganda, «Borussiya» triosi butun Yevropada alohida ajralib turibdi. Negaki, Alkaser boshlang‘ich tarkibga atigi 2 marta kirdi, Sancho esa hali 18 yoshli o‘smir.

3-o‘rin: Lionel Messi - Luis Suares - Usmon Dembele («Barselona»). Kataloniya klubi yaqin-yaqingacha ham dunyo futbolidagi eng kuchli hujum triosiga egaligi bilan maqtanardi. Zero, «MSN» (Messi - Suares - Neymar) uchligi har qanday himoyani qiyin ahvolga solardi. Biroq Neymar «PSJ»ga o‘tishni ixtiyor etgach, dahshatli trio buzildi. Mana, endi Neymar o‘rnini 105 million yevroga sotib olingan Usmon Dembele to‘ldira boshladi. Yangi ko‘rinishdagi uchlik Primeroning dastlabki 15ta turida 23ta gol urdi. Xullas, «Barsa»ning 62 foiz goli «MSD» hisobiga yozildi.

2-o‘rin: Luka Yovich - Sebastyan Aller - Ante Rebich («Ayntraxt»). Ochig‘i, Frankfurtda o‘ynayotgan futbolchilarning elit reytingga kirishlari kutilmagan holatdir. Lekin fakt shuki, Ante Rebich, Sebastyan Aller va Luka Yovich 2-o‘ringa munosib natija qayd etishmoqda. Ular Bundesliganing dastlabki 14ta turida 24ta gol hosil qilib, Germaniya futbolida o‘ziga xos shov-shuv ko‘tarishdi. Umuman, kamtarin jamoaning 80 foiz goli aynan xorvat, serb va fransuz ittifoqiga tegishli. Boshqa hech bir trio bunday yuqori statistika bilan maqtanolmaydi. Misol uchun, «Benfika»dan ijara shart­nomasi asosida olingan Yovich «Fortuna» (Dyusseldorf)ni 5ta gol bilan «siylab» butun Yevropaga ovoza bo‘ldi. Aller esa yetuk «9-raqam», uning hisobida 9ta gol va 7ta samarali uzatma yig‘ildi. JCh finalchisi Rebichga kelsak, u anchadan buyon yuqori tezligini ishga solib, raqib himoyachilarini rosa asabiylashtirmoqda.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 22.12.2018 12:52. O'kildi: 9791 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик