Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

APL: Eng qimmatbaho futbolchilar ramziy terma jamoasi (fotogalereya)

Baho:
+0; -0

Internetdagi ma’lumotlar asosida tayyorlangan navbatdagi fotojamlanma vositasida Angliya chempionatidagi transfer bahosi eng yuqori futbolchilar haqida yana bir bora ma’lumot olishingiz mumkin. Ramziy jamoa bo‘lgach, har bir pozisiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, barchasida yangilangan summa e’tiborga olingan. Yana bir qiziqarli tomoni, muayyan futbolchiga qo‘yilgan baho va uning uchun to‘langan real mablag‘ o‘rtasidagi farq yuzasidan mushohada yuritish mumkin.

DARVOZABON - ALISSON

Klubi: «Liverpul»

Bozor narxi: 95,4 mln. funt

APLning eng barqaror kiperi. E’tiborlisi, «Liverpul» uning uchun 65 mln. funt to‘lagandi (bonuslar bilan). Demak, Alisson Beker xarajatni oqlab bo‘ldi.

Zaxira: Ederson («Manchester Siti», 90,4 mln. funt)

 

HIMOYACHI - TRENT ALEKSANDER-ARNOLD

Klubi: «Liverpul»

Bozor narxi: 105,8 mln. funt

«Liverpul»ning yana bir vakili. Trent - jahon futbolidagi eng istiqbolli o‘ng qanot himoyachilaridan biri. Klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi atigi 20 yoshda. U APL bahslarida 65 marta samarali uzun uzatma amalga oshirib, o‘z pozisiyasi bo‘yicha rekordchi bo‘lib turibdi.

Zaxira: Kayl Uoker («Manchester Siti», 69,5 mln. funt)

 

HIMOYACHI - EMERIK LYAPORT

Klubi: «Manchester Siti»

Bozor narxi: 94,1 mln. funt

«Shaharliklar» Xosep Gvardiola talabiga binoan, bask millatiga mansub fransiyalikka 57 million funt to‘lashdi. Emerik atigi 24 yoshda va uning bozor narxi 100 «limon»ga yaqinlashib qoldi. Lyaport - to‘p bilan ishlash bobida qirol. 1789ta uzatma - bu Yevropaning kuchli 5ta chempionati vakillari uchun eng yuqori ko‘rsatkich.

Zaxira: Davinson Sanches («Tottenxem», 84,5 mln. funt)

 

HIMOYACHI - VIRJIL VAN DEYK

Klubi: «Liverpul»

Bozor narxi: 85,8 mln. funt

2013 yildan buyon APLda oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan birinchi himoyachi. Van Deyk «Liverpul»ga ham orqa chiziqda, ham hujumda yetarlicha yordam bermoqda. Darvoqe, «qizillar» gollandni 75 mln. funtga sotib olishgandi.

Zaxira: Antonio Ryudiger («Chelsi», 75,1 mln. funt)

 

HIMOYACHI - ENDRYu ROBERTSON

Klubi: «Liverpul»

Bozor narxi: 74,4 mln. funt

Qoyilmaqom transfer yurishi - «Liverpul» 2 yilcha oldin shotlandiyalik yigit uchun 10 mln. funt ham bermagandi. O‘shanda Endryu qisqa vaqtda naq 7-8 barobar qimmatlashishini kim o‘ylagandi? Qarang, Robertson 2018 yili 7ta golga assistentlik qilib, himoyachilar orasida eng yaxshi natijaga erishdi.

Zaxira: Markos Alonso («Chelsi», 58,8 mln. funt)

 

YARIM HIMOYACHI - N~GOLO KANTE

Klubi: «Chelsi»

Bozor narxi: 87,8 mln. funt

Jahon chempioni uchun munosib baho. Umuman, «Chelsi» kamtarin yigitni shu summaga ham qo‘yib yubormasa kerak. Muhimi, Kantening o‘zi hozircha Londonda hammasidan qoniqmoqda. 

Zaxira: Erik Dayer («Tottenxem», 73,3 mln. funt)

 

YARIM HIMOYACHI - DELE ALLI

Klubi: «Tottenxem»

Bozor narxi: 135,6 mln. funt

Sayyoramizning istiqboldagi eng qimmatbaho o‘yinchilaridan biri. Aprel oyida 23 yoshga to‘ladigan Dele turli pozisiyalarda birdek yaxshi ishlaydi. Yigitcha faoliyatining ortda qolgan qismida «Gol + pas» tizimida 68 ochko to‘plashga ulgurdi.

Taqqoslash uchun aytsak, APLning tan olingan yarim himoyachilari uning yoshida kamtarona statistikaga ega edilar (Frenk Lempard - 33 ochko, Pol Skoulz - 18 ochko, Stiven Jerrard - 13 ochko).

Zaxira: Pol Pogba («MYu», 117,7 mln. funt)

 

YARIM HIMOYACHI - BERNARDU SILVA

Klubi: «Manchester Siti»

Bozor narxi: 120,9 mln. funt

Portugaliyalik yarim himoyachi boshida Xosep Gvardiolaning omadsiz xaridi sifatida tilga olingandi. Mana, vaqt o‘tishi bilan futbol bilimdonlari va APL fanatlari uni Pol Pogbadan ham ustun ko‘rishmoqda.

Aytgancha, «Siti» Silva transferini 45 mln. funt evaziga rasmiylashtirgandi. Asosiysi, Bernardu xarajatga yarasha natija qayd etmoqda - APLda 5ta gol va 6ta samarali uzatma.

Zaxira: Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», 86,4 mln. funt)

 

HUJUMCHI - MUHAMMAD SALOH

Klubi: «Liverpul»

Bozor narxi: 165 mln. funt

APLda qanot hujumchilarini alohida qadrlashadi, ular orasida Saloh  alohida mavqega ega. Misrlik futbolchi kamdan-kam hollarda o‘yin o‘tkazib yubormoqda, «Liverpul»ning liga doirasidagi 58ta o‘yinida qatnashib, 63ta gol urdi (oxirgi o‘yin hisobga olinmagan). Qoyilmaqom barqarorlik.

Zaxira: Leroy Sane («Manchester Siti», 141 mln. funt)

 

HUJUMCHI - GARRI KEYN

Klubi: «Tottenxem»

Bozor narxi: 180 mln. funt

Ha, Keyn uchun chamasi 200 mln. yevro to‘lashga to‘g‘ri kelishi haqiqatga yaqin. Axir «shporlar» xaridorlardan 350 mln. yevro so‘rashyapti. Aslida «Tottenxem» uni sotishga moyil emas, chunonchi, gap 25 yoshida faoliyatidagi 200-golini nishonlashga hozirlik ko‘rayotgan samarador yigit haqida ketyapti.

Zaxira: Romelu Lukaku (146,3 mln. funt).

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 29.01.2019 14:36. O'kildi: 10722 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик