Bugun 27 mart, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Javlon MIRABDULLAYEV: «398 kunlik tanaffus ta’sir qildi»

Baho:
+0; -0

OCHL 3-turida «Bunyodkor» o‘z maydonida Eronning «Zob-Ohan» klubiga mag‘lub bo‘ldi (0:2). Aynan mana shu uchrashuvda «qaldirg‘ochlar» bosh murabbiyi Sergey Lushan iste’dodli himoyachi Javlon Mirabdullayevni asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Bu futbolchi 398 kunlik tanaffusdan so‘ng ilk bor rasmiy o‘yinda ishtirok etdi. Javlon so‘nggi bor 2016 yilning 9 fevral sanasida OCHL «pley-off»i doirasidagi «Al-Shabab»ga qarshi uchrashuvda to‘p surgandi. O‘shandan beri sog‘lig‘idagi muammolar sabab yashil maydondan tashqarida qolayotgandi. Biz «Zob-Ohan»ga qarshi kechgan o‘yindan keyin ushbu futbolchini suhbatga tortdik.

- Javlon, nihoyat, katta tanaffusdan so‘ng maydonga qaytdingiz. O‘tgan muddat mobaynida vaqtning o‘tishi juda qiyin kechgandir?

- Ha, nimasini aytasiz. Buning uchun yaxshigina sabr kerak bo‘ldi. Har uch oyda Germaniyaga borib, shifokorlar ko‘rigidan o‘tib turdim. Eng muhimi, maydonga qaytishimga ishonardim. Shukrki, yana futbol o‘ynayapman. Endi o‘z oldimga yangi vazifa va maqsadlarni qo‘yaman.

- Hozirgi ahvolingiz qanday?

- Hammasi joyida. Shifokorlar o‘ynashimga ruxsat berishdi. Ayni payt o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman.

- Tanaffusdan keyingi birinchi o‘yiningiz OCHL uchrashuviga to‘g‘ri keldi. Afsuski, u omadsiz yakunlandi...

- Ha, shunday bo‘lib qoldi. Lekin o‘tgan yili OCHLdagi debyut men uchun omadli chiqqandi. O‘ylaymanki, o‘yindan-o‘yinga optimal sport formasiga kirib boraman.

- «Zob-Ohan»dan qabul qilingan alamli mag‘lubiyat sabablarini muhokama qildinglarmi?

- Xoh g‘alaba, xoh mag‘lubiyatli o‘yin bo‘lsin, u albatta, muhokama qilinadi. O‘tkazib yuborilgan birinchi golda yosh bolalarcha xatoga yo‘l qo‘ydim va bundan juda afsusdaman.

- Bu holatga sabab o‘yin amaliyoti kamligimi?

- Shunday desa ham bo‘ladi. Bir yildan oshiqroq vaqt mobaynida katta futboldan yiroqda yurdim. Bu o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. O‘yindan-o‘yinga xatolar kamayib borishiga ishonaman.

- Sizningcha, «Bunyodkor»ning OCHLdagi omadsiz ishtiroki nima bilan bog‘liq?

Bu hali hammasi emas davomi: www.iff.uz

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 21.03.2017 19:56. O'kildi: 7802 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик