Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba.

  • APL
      • 20.05.2025 00:00
      • Brayton
      • 3:2
      • Liverpul
      • 21.05.2025 00:00
      • Kristal Pelas
      • 4:2
      • Vulverhempton
      • 21.05.2025 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:1
      • Bornmut
  • O‘zbekiston kubogi
      • 20.05.2025 18:00
      • Aral
      • 3:0
      • Sementchi
      • 20.05.2025 18:00
      • So‘g‘diyona
      • 4:0
      • Xorazm FA
      • 21.05.2025 17:30
      • Zamin
      • -:-
      • Andijon FA
      • 21.05.2025 17:30
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Qizilqum
      • 21.05.2025 17:30
      • Buxoro
      • -:-
      • Namangan FA
      • 21.05.2025 17:30
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 21.05.2025 19:00
      • Olimpik MobiUz
      • -:-
      • Jayxun
      • 21.05.2025 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Sirdaryo FA
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 OKMK 10 23
2 Nasaf 10 22
3 Dinamo 9 19
4 Navbahor 10 17
5 Bunyodkor 10 16
6 Neftchi 9 16
7 Paxtakor 10 15
8 Surxon 10 13
9 Qo‘qon-1912 10 12
10 Xorazm 9 11
11 Qizilqum 9 11
12 Mash’al 10 11
13 Andijon 10 9
14 So‘g‘diyona 10 8
15 Buxoro 10 7
16 Sho‘rtan 10 5

O'tgan o'yinlar.

10-тур Surxon 2-1 So‘g‘diyona
10-тур Buxoro 2-2 Dinamo
10-тур Qo‘qon-1912 0-2 Nasaf
10-тур Sho‘rtan 1-0 Andijon
10-тур Bunyodkor 2-3 Navbahor
10-тур Xorazm 3-0 Mash’al
10-тур Qizilqum 0-3 Paxtakor
10-тур OKMK 2-2 Neftchi

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.05.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Кайсериспор".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. On-line.
      12:05 Новости футбола.
      12:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:20 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг".
      15:25 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Айнтрахт Франкфурт".
      17:30 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Хольштайн Киль".
      19:35 Новости футбола.
      19:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:50 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Кёльн" - "Кайзерслаутерн".
      22:55 Чемпионат Германии. On-line.
      01:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Кайсериспор".
      03:00 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.05.2025

      05:15 "Лица страны". Алексей Тищенко.
      05:30 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 2 в Шаосине, Китай.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Настольный теннис. Чемпионат России в Казани. Финалы.
      09:35 Д/ф "Александр Великий".
      10:25 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      10:55 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 3.
      11:25 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      11:50 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 1.
      12:20 Фестиваль экстремальных видов спорта "Прорыв".
      13:05 Падел. Международный турнир в Москве. Мужчины. 1/2 финала.
      15:30 "Непобедимый".
      16:00 Бадминтон. Кубок России в Казани.
      18:20 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 3 в Дохе, Катар.
      20:30 "Лучшие из лучших".
      21:00 Настольный теннис. Чемпионат России в Казани. Финалы.
      22:45 Д/ф "Майк Тайсон. Железные кулаки".
      23:40 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      00:05 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 3.
      00:35 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      01:00 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 1.
      01:30 "Непобедимый".
      02:00 Лыжные гонки. Чемпионат мира в Норвегии. Командный спринт. Классический стиль. Финал.
      03:15 Бадминтон. Кубок России в Казани.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.05.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Германия - Дания.
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Чехия - США.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Вид сверху".
      16:55 LIVE Бокс. Кубок Победы. Этап 1 в Перми, Россия. Прямая трансляция.
      19:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:40 Д/ф "Александр Великий".
      20:45 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Кубок Гагарина. "Локомотив" (Ярославль) - "Трактор" (Челябинск). 5-й матч. Прямая трансляция.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:15 Панкратион. Чемпионат России.
      02:25 Д/ф "Леброн Джеймс. Король площадки".
      03:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      04:00 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Golden Grand Prix в Токио, Япония.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.05.2025

      06:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 1 в Кэцяо, Китай. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      08:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Теннис. Australian Open. Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Мэдисон Киз (США).
      11:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      13:00 Теннис. Australian Open. Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Мэдисон Киз (США).
      14:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      15:00 LIVE Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти. Прямая трансляция.
      20:45 Теннис. Д/ф "Рафаэль Надаль - король Парижа".
      21:45 Скалолазание. Кубок мира. Этап 3 в Бали, Индонезия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      23:00 Трейлраннинг. UTMB World Series. Этап на горе Ванту, Франция. Обзор.
      00:00 Конный спорт. Royal Windsor Horse Show в Лондоне, Великобритания.
      01:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти.
      03:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 2 в Уцзяне, Китай. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      04:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Murabbiylar: EKTOR KUPERNING «VALENSIYa»SI

Baho:
+0; -0

Yodingizda bo‘lsa, gazetamizning avvalgi sonlarida ayni payt terma jamoamizga ustozlik qilayotgan argentinalik mutaxassis Ektor Kuperning tanilishiga sabab bo‘lgan klub - «Lanus» haqidagi qiziqarli maqola chop etilgandi. Bugun hikoyaning ikkinchi qismi - Kuperning «Valensiya» klubidagi sarguzashtlarini e’tiboringizga havola qilmoqchimiz. Bunda bizga soccer.ru portalidagi ma’lumotlar qo‘l keldi.

Rivojlanish uchun yangilanish

1999|2000 yillar mavsumi arafasida Ispaniyaning «Valensiya» klubi rahbarlarining boshi qotdi: Ranyerining jamoadagi «missiyasi» yakuniga yetdi va yuqoriga intilish uchun endi yanada kuchliroq mutaxassis kerak edi. Oxir-oqibat, tanlov argentinalik Ektor Kuper nomzodida to‘xtadi. Bu vaqtga kelib Kuper o‘z vatanida kamtaringina «Lanus» bilan KONMEBOL kubogi sohibi bo‘lgan, keyin esa yana bir kamsuqum jamoa - (albatta, ispan o‘lchovlari bilan aytganda) «Malyorka»ni Kubok egalari kubogi va Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqqandi. «Valensiya» rahbarlarida bir savol paydo bo‘lgandi: deylik, Kuper hech kim tanimagan futbolchilar bilan arzirli yutuqlarga erishdi. Agar uning ixtiyoriga anchagina shakllangan, jipslashgan jamoa berilsa, nima bo‘ladi? Bu savol «Valensiya» prezidenti Pedro Kortes Garsiyani uzoq qiynadi-yu, ammo u qarori to‘g‘riligiga ishonchi komil bo‘lmasada, baribir, jamoani Kuper qo‘liga topshirdi.

Bungacha esa jamoa tarkibida bir nechta jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgandi. Aytaylik, Ranyeri davrida ham ishonch bildirilmagan ayrim futbolchilar - Kristian Lukarelli, Stefan Shvars va Iliye Sabin boshqa klublardan qo‘nim topishdi. Ruminiya­lik Gabriel Popesku «Numansiya»ga o‘tdi. O‘z navbatida, Xuanfran «Selta» safini to‘ldirdi. Faoliyatini aynan «Mestalya»da boshlagan hujumchi Xuan Sanches yana jamoaga qaytdi. Shuningdek, «Alaves»dagi bir yillik muddatdan keyin yarim himoyachi Xerard Lopes ham «ko‘rshapalaklar» safini to‘ldirdi. Jamoa La Ligadan tushib ketgan «Vilyarreal»dan darvozabon Andres Palop, o‘ng qanot himoyachisi Xerardo va tayanch yarim himoyachisi David Albeldalarni xarid qildi. Bu futbolchilar uzoq cho‘ziladigan mavsumda zaxira o‘rindig‘i keng bo‘lishiga imkon berardi. Tarkibga Kuperning ikki vatandoshi - markaziy himoyachi Maurisio Pellegrino («Barselona») va chap qanot vingeri Kristian «Kili» Gonsales («Saragosa»)lar ham jalb etildi.

Ammo darvozada hamon Ispaniya termasi posboni Santyago Kanisares mustahkam turardi. Andres Palop esa tushunarliki, unga o‘rinbosar edi. Himoyaning chap qanotida Joslen Ang­loma, o‘ngida - Amedeo Karbonilar harakat qilishsa, markaz Miroslav Jukich va Maurisio Pellegrinoga ishonib topshirilgandi. Xavyer Farinos tayanch nuqtaga, Gaiska Mendyeta o‘ng qanot yarim himoyasiga javob berardi. Chap tomon esa butunligicha Kili Gonsales ixtiyoriga berilgandi. Hujumkorlikni Xerard ta’minlar, ikki asosiy hujumchilar juftligi - Klaudio Lopes va Migel Angulolar raqib darvozasiga xavf solishi ko‘zga tutilgandi. Shuningdek, zaxiradagi Xuan Sanches, Adrian Iliye hamda Goran Vlaovichlar doim o‘yinni kuchaytirishga shay edilar.

Erta start va to‘rtta «0»

O‘sha yili Ispaniya chempionati 21 avgust kuni start oldi. Lekin «Valensiya» uchun bu davr juda tig‘iz kelgandi: jamoa Ispaniya Superkubogi uchun «Barselona»ga qarshi kurashishi, YECHL guruh bosqichiga chiqish uchun Xayfaning «Xapoel»idan o‘tib olishi kerak edi. Shu tariqa, «Mestalya»dagi «Barsa»ga qarshi o‘tgan o‘yinda «Burga» laqabli Klaudio Lopesning goli o‘yinda yagonaligicha qoladi. «Kamp Nou»da esa mezbonlar naq uch marta hisobda oldinga chiqib olishadi-yu, ammo Los Ches («Valensiya»ning laqabi) har gal «Barsa» ustunligini yo‘qqa chiqaraveradi. Xullas, javob o‘yinidagi 3:3 hisobi Kuperga «Valensiya»dagi faoliyatini sovrin bilan boshlash imkonini tuhfa qildi. Isroilliklar bilan esa muammo bo‘lmadi - har ikki o‘yinda ham «ko‘rshapalaklar» 2:0 hisobida g‘olib chiqishdi. Biroq ichki chempionat «Valensiya» uchun o‘ta omadsiz boshlandi: to‘rt o‘yin va to‘rt mag‘lubiyat. Bunday natijadan keyin jamoa turnir jadvalining qaysi o‘rnida bo‘lganini aytish shartmikan?! Beshinchi turda «ko‘rshapalaklar» «Valyadolid» ustidan g‘olib chiqishlari mumkin edi, ammo bu o‘yin ham durang bilan tugadi. Birinchi g‘alaba nihoyat, 6-turga kelibgina Ektor Kuper shogirdlariga nasib qildi. Bu shunday g‘alaba edi-ki... Yaxshisi, bu haqda keyinroq.

Buni qarangki, jamoaning Ispaniya chempionatidagi ishlari nechog‘li omadsiz bo‘lsa, Yevropa maydonlaridagi zafari davom etaverardi. Kili Gonsalesning «dubli» «Mestalya»da «Reynjers»ning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Keyin esa PSV va «Bavariya»ga qarshi safar o‘yinlarida 1:1 hisobidagi durang natijalar qayd etildi. Shunday qilib, CHLdagi uchta turdan keyin «Valensiya» guruh peshqadamiga aylandi. Bu esa tabiiyki, argentinalik mutaxassisni Ispaniyadagi tanqidlardan asrab qoldi.

Mana endi, yuqoriroqda aytilgan shov-shuvli g‘alaba haqida gapirsak bo‘ladi. Gap shundaki, «Valensiya»ning uzoq kutilgan mazkur g‘alabasi «Santyago Bernabeu»da ro‘y berdi va bu stadionda kimlar to‘p surishini hammamiz yaxshi bilamiz. Adolat yuzasidan aytish kerak, o‘sha vaqtlari «Real» ham juda og‘ir mavsumni boshidan o‘tkazayotgandi. Ammo jamoa ustozi Jon Toshak xotirjam tarzda uning iste’foga chiqishidan ko‘ra, Madrid ustidan echkining parvoz qilib o‘tishi haqiqatga yaqinroq ekanligini ta’kidlagandi. Oqibat shu bo‘ldiki, Madridda hech kim osmonda charx urib yurgan echkini uchratmadi, uelslik murabbiy esa kutilganidek, o‘z vazifasidan ozod qilindi. Qisqasi, «Valensiya»ga qarshi o‘yin ko‘p tomondan britaniya­lik mutaxassisning haydalishiga sabab bo‘ldi. Zero bu bahsning birinchi bo‘limidayoq Ektor Kuper shogirdlari Mendyeta, Xerard va Lopeslarning gollari evaziga 3:0 hisobida oldinga chiqib olishdi. Tanaffusdan keyin Fernando Moryentes ikkita gol urib, uchinchisiga ham harakat qildi, ammo «ko‘rshapalaklar» bunga imkon berishmadi. Qizig‘i shundaki, hatto shu antiqa g‘alaba ham «Valensiya»ni xavfli hududdan olib chiqolmadi. Biroq tabiiyki, jamoa kayfiyati butunlay o‘zgargan edi. Shu bois, «Numansiya» osonlik bilan taslim etildi. Ammo afsuski, Bilbaodagi yoqimsiz mag‘lubiyat Kuper va uning jamoasini yana jadvalning quyi qismiga tushirib qo‘ydi.

CHLdagi ishlar hamon chakki emasdi. «Valensiya» «Bavariya» bilan yana 1:1 ko‘rinishida durangga erishdi. «Reynjers» hamda PSV esa mag‘lubiyatga uchratildi. Shu tariqa, «Valensiya» «F» guruhida ishonch bilan karvonboshilik qilib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Qizig‘i shundaki, yevroarenalardagi «Bordo»ga qarshi o‘yindan oldin Kuper shogirdlari o‘z maydonlarida «Barselona»ni 3:1 hisobida yengishdi. Keyin esa xuddi shunday natija bilan Fransiya chempioni tiz cho‘ktirildi.

Bu orada ichki chempionatdagi ishlar ham ancha mo‘’tadillashdi. To‘g‘ri, kuchli o‘nlikdan pastda turish hech kimga yoqmasdi, ammo «Valensiya» xavf­li hududda emasdi, harqalay.

«Bordo»dan shohona sovg‘a

Ko‘pchilikda shunday tasavvur uy­g‘ondiki, xuddi Kuper o‘zi uchun asosiy «nishon»ni belgilab olgandek - Chempionlar Ligasida imkon boricha uzoqroqqa borish. Tabiiyki, Ispaniya chempionati to‘xtab qolmagandi, ammo baribir, jamoa negadir ichki musobaqaga nisbatan kamroq e’tibor berardi. Bu orada CHLda guruh bosqichining uchinchi tur o‘yinlari yetib keldi va unda «Valensiya» Florensiyaga safar qilib, «Fiorentina»ga 0:1 hisobida yengildi. Lekin oradan bir hafta o‘tgach, revansh olindi - 2:0. Jamoa 4 turdan so‘ng 6 ochko to‘plab, guruhda «Manchester Yunayted» (9 ochko) va «Fiorentina» (7)dan keyin 3-o‘ringa joylashdi. Biroq beshinchi turda Los Ches ikkinchi marta «Bordo»ni yirik hisobda yengdi (4:1), «Fiorentina» esa «Old Trafford» «qurboni» bo‘ldi - 1:3. Oltinchi turda Kuper jamoasini Aleks Fergyuson yigitlari kutib turgandi, florensiyaliklar esa umidini butunlay yo‘qotgan «Bordo»ni o‘z maydonlarida mehmon qilishlari kerak edi.

Xullas, «Mestalya»dagi og‘ir uchrashuv 0:0 ko‘rinishidagi durang bilan yakunlandi. «Fiorentina» esa birinchi bo‘limda o‘z darvozasidan bitta to‘p o‘tkazib yuborib, tanaffusdan keyin Enriko Kyeza, Gabriel Batis­tuta va Rui Koshtalarning harakatlari bilan 3ta gol urdi. Aftidan, hammasi hal bo‘lgandek edi, lekin «Bordo» sanoqli daqiqalarda yana ikkita to‘pni darvozaga joylab, «Fiorentina»ni o‘zi bilan pastga tortib ketdi.

Ichki chempionatda esa «Valensiya» oltinchi o‘rinda borar, ammo jamoa o‘yini barqaror emasdi. To‘g‘ri, darvoza va himoya chiziqlari mustahkam bo‘lib, o‘tkazib yuborilgan to‘plar borasida Kuper shogirdlari maqtansalar arzirdi. Lekin chempionlikka da’vogar ikki klub - «Deportivo» hamda «Barselona»ga qarshi o‘yinlarda himoya pand berdi: 0:2 i 0:3. Ustiga-ustak, YECHLda «Lasio» bilan bo‘ladigan bellashuv yaqinlashib qolgandi.

Ta’kidlash lozimki, «Lasio»ga qarshi «Mestalya»dagi uchrashuv «Valensiya»ning CHLdagi eng yorqin o‘yinlaridan biri sifatida tarixda qoldi. Sven-Yoran Erikssonning mustahkam jamoasi naq 5ta to‘p o‘tkazib yubordi. To‘g‘ri, Simone Inzagi va Marselo Salaslarning gollari rimliklarga umid berardi, ammo buning uchun ular o‘z maydonlarida kamida 3:0 hisobida g‘alabaga erishishlari ham talab etilishini yaxshi bilasiz. Umuman olganda, «Lasio»ning mag‘lub etilishi «ko‘rshapalaklar»ga yangi «qanot» bag‘ishladi. Rimga safar oldidan «Ovyedo» va «Sevilya» ustidan g‘alaba qozonildi. Italiya poytaxtida esa «Valensiya» atigi 0:1 hisobida yengildi. Albatta, bu mag‘lubiyat Kuperning asabini buzmasdi. Qizig‘i shundaki, CHLdagi to‘rtta yarim finalchining uchtasi Ispaniya klubari edi va yagona «begona» jamoa - «Bavariya» taqdir hukmiga ko‘ra, «Real» bilan bellashadigan bo‘ldi. Ikkinchi yo‘llanma uchun esa «Barselona» va «Valensiya» kurashishi talab etilardi. «Barsa»ga qarshi o‘yindan oldin Los Ches Madridning ikki klubi - «Atletiko» va «Rayo Valyekano»ni yengdi. O‘sha paytlari Kuper jamoasini xato nimaligini bilmaydigan mashinaga qiyoslashgani ayni haqiqat.

Nihoyat, «Mestalya»da «jang» vaqti keldi. Shu kuni «Barselona»ga diskvalifisiyaga uchragan Luish Figuning yetishmagani yaqqol sezildi. «Valensiya» esa boshlang‘ich daqiqalardagi bosim va tezkor golga umid qilgandi, reja amalga oshdi. 10-daqiqada Angulo Mendyetaning uzatmasidan keyin raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo «Barsa»ning sobiq a’zosi Pellegrino Zendenning zarbasini qaytarish o‘rniga, to‘pni o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi.

Hisob tenglashgandan so‘ng «Barselona» o‘yinni ham tenglashtirdi. Lekin birinchi bo‘lim tugashiga besh daqiqa qolganida yana o‘sha Angulo chap qanotdan hujum uyushtirib, navbatdagi to‘pni darvozaga joyladi. «Barsa» ustozi Lui van Gal holatdan kelib chiqib, hammani oldinga undadi, ammo «va-bank» «Valensiya» foydasiga ishladi hamda «ko‘rshapalaklar» qarshi hujumda penalti ishlab olishdi. Yana o‘sha Angulo... Mendyeta esa jarimani aniq amalga oshirdi - 3:1. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar tinmay hujum qilib, evaziga to‘rtinchi golni ham o‘tkazib yuborishdi...

«Valensiya» bu quvonch og‘ushida «Real Sosyedad»ni 4:0 hisobida «yanchib tashladi». Keyin esa Ektor Kuper jamoasi CHL yarim finali javob o‘yini uchun Kataloniya safariga otlandi. «Valensiya» yaqindagina xuddi shu maydonda 0:3 shaklidagi mag‘lubiyatga uchragandi. Ammo CHL o‘yinida «Barsa» hech narsa qilolmadi.

Aksincha, o‘yindagi ilk gol Mendyeta hisobiga yozildi. To‘g‘ri, kataloniyaliklar bir amallab 2ta gol urishdi, biroq bu hech narsani o‘zgartirolmasdi. Shunday qilib, «Valensiya» tarixda ilk marta CHL finaliga chiqdi. E’tiborlisi, tarixda yana birinchi marta Ispaniyaning ikki klubi to‘qnash kelgandi. Zero «Real» «Bavariya» to‘sig‘idan o‘tgandi - 2:0 va 1:2.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 26.03.2019 11:16. O'kildi: 3587 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.