Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Futbol odobi u, avvalo, natijadan boshlanadi

Baho:
+0; -0

Samarqandlik muxlisimiz Alisher Egamberdiyev dunyoqarashi va qiziqish doirasi kengligi bilan ajralib turadi. U bizdan yozilishi rejalashtirilayotgan mulohazalar mavzusini avvaldan so‘raydi. So‘rash asnosida «Albatta, sir bo‘lmasa», deyishni ham unutmaydi. Bu safar xuddi shunday bo‘ldi.

U so‘radi, biz aytdik. «Tahririyat - bir oila. Yozilajak maqola - uning siri»,-dedik, ammo muxlis ra’yini qaytarmadik. To‘g‘ri, har bir oilada chetga chiqarilmaydigan muammo yoki sir bo‘ladi. Ammo yozilajak maqola mavzusi bu doiraga kirmaydi...

Xullas, xorij klublariga yo‘l olayotgan vakillarimiz soni ortib borayotgani, bu jarayonning milliy chempionatimiz saviyasi, futbolimiz taraqqiyotiga ijobiy yoki salbiy ta’siri masalasini navbatdagi maqola mavzusi sifatida belgilagandik. Alisherga shu xususda so‘zladik. Mavzu unga ham ma’qul tushdi. Afsuski, keyinroq bu reja biroz ortga surildi. Axir vaziyatlar doim ham rejalarga bo‘ysunavermaydi. Xususan, bizning rejalarimizni boshqa muxlislarning talab-istaklari, savollari o‘zgartirib yubordi.

Gap shundaki, o‘tgan shanba oqshomi bir guruh muxlislar bizdan birdaniga «Tanqid o‘zi nima? Ishlagan tanqid qilinadimi yoki ishlamagan?»-deb so‘rab qolishdi. Savol zamiridagi sha’mani, muxlislar ilgari surgan maqsad-muddaoni darhol angladik. «Obbo, ayrimlar xunobini oshirmaslik uchun shu mavzuni qancha nari sursak, u aksiga olib, qog‘oz-ruchkaga yopishaverarkan-da» qabilidagi mulohaza xayolimizdan o‘tdi. Muxlislar qarshisida uzoq sukut saqlash noqulay. Javob bermaslik kasb etikasi, gazeta sha’niga to‘g‘ri kelmaydi. Shu bois, muxlislar bilan astoydil suhbatlashdik:

 Biz savolni bu tarzda qo‘ymasdik. Chunki o‘z vazifasini to‘laqonli bajarayotgan kishi tanqid ostiga olinmaydi. Aksincha, alohida rag‘batlantiriladi, mukofotlanadi. Rio-2016 chempionlari va sovrindorlarini yaxshi ishtiroklari, ya’ni sifatli ishlaganlari uchun tan­qid qilish mantiqqa nechog‘li muvofiq? Bu to‘g‘rida o‘ylashning o‘zi kulguli. Kimki tan­qid qilinyaptimi va salbiy qarashlar ommaviy tus olyaptimi, demak, u o‘z vazifasini ko‘ngildagidek uddalamayapti. Ha, uning ishlayotgani, jon kuydirayotganini barcha biladi.

Biroq tanqid ostiga olinayotgan mutaxassisning ishi talab darajasida hisoblanmaydi, baribir. Prezident Shavkat Mirziyoyevning yaqinda chop etilgan kitobida tanqid ruhi ustuvor. Lekin asarda tanqid tig‘i yaxshi ishlayotganlarga nisbatan qaratilmagan. Hozirgi kunda garchi ishlayotgan, harakat qilayotgan bo‘lsada, o‘z vazifasini talab darajasida uddalamayotgan mansabdorlar tanqid ostiga olinmoqda, vazifasidan ozod etilmoqda.

Shu o‘rinda «Mevali daraxtga tosh otiladi» qabilidagi xulosalarga ham qisqacha izoh bersak. Harqalay, aqlli kishi mevali daraxtga tosh otmaydi. Umuman, tosh otishni oqlash o‘rinsiz. Buni «Ishlagan tanqid qilinadi» ma’nosida tushunadiganlar adashadilar. Mevali daraxtga tosh otilmaydi. Aksincha, uning haqiga tahsin o‘qib, hosilidan foydalaniladi.

Muxlislar «Terma jamoa siz uchun, avvalo, qaysi jihati bilan muhim?»-deya fikrimiz bilan qiziqishdi. Vaziyatni yumshatish maqsadida bir mashhur rivoyatni sal o‘zgartirib aytdik. Deylik, terma jamoa natijasini «1» raqami bilan belgilaylik. Uning tajovuzkor va «pressing»ga asoslangan o‘yin uslubi muhim. Shuning uchun «1»ning yoniga «0» yozamiz. Biz terma jamoamiz intellektual futbol namoyish etishini ham istaymiz. Shuni nazarda tutib, birinchi «0» yoniga ikkinchisini qo‘shamiz. Muxlis sifatida futbolchilarimizning insoniy sifatlari ham biz uchun qadrli. Xullas, ikkinchi «0» yoniga uchinchisini yozsak arziydi. Yuqoridagilarni matematik usulda quyidagicha ifodalash mumkin:

Natija - 1
O‘yin uslubi - 10
Intellektual futbol - 100
Insoniy sifatlar - 1000

Agar mavjud ifodadan «1» o‘chirib tashlansa, nima qoladi? «0»lar! O‘sha «0»lar biror muxlisni qiziqtirmaydi. Terma jamoamizning biz uchun muhim jihatini shunday tushungan ma’qul.

- Bosh murabbiy qaysi holatda futbolchilarga jiddiy e’tiroz bildirmaydi? Bu - muxlislarni qiynayotgan keyingi og‘riqli savol. Bunisini ham javobsiz qoldirmadik, albatta. Barchaga ayonki, yorqin natija ko‘rsatayotgan, ishonarli tarzda yirik hisobda g‘alaba qozonayotgan jamoa futbolchilariga jiddiy e’tiroz bildirilmaydi. «Kambek»­lardan keyin esa qutlov ketidan hattoki, g‘olib jamoa ham tanqid ostiga olinishi tabiiy hol. Shu ma’noda terma jamoamiz a’zolariga jiddiy e’tiroz yo‘qligi g‘alati.

Demak, ayb futbolchilarda emas. Agar mazkur mulohazada jon bor, deb hisoblasak, u holda bosh murabbiy o‘zini-o‘zi tanqid qilish yo‘lidan borishi, muxlislar e’tirozlarini chidam bilan tinglashi darkor. Bizningcha, o‘z ishini qoyillatib qo‘ygan kishigina  tanqiddan qo‘rqmaydi. Qarangki, Yurgen Kloppdek murabbiy tanqiddan, iste’fo xavfidan cho‘chimoqda. «Liverpul» bu safar «Xall Siti»dan yengilgach, nemis mutaxassisi jamoasi namoyish etgan o‘yinni keskin qoraladi. Holbuki, «Liverpul» uncha yomon o‘ynamadi. Faqat jamoa chekinishga imkoni qolmagan «Xall Siti»ni yengolmadi.

Bizning murabbiylar agar Yurgen Klopp o‘rnida bo‘lishganida, balki vaziyatni odatiy mazmunda izohlashardi va futbolchilar sha’niga e’tirozlar yog‘ilmasdi. Germaniyalik murabbiy esa bu yo‘ldan bormadi, aniqrog‘i, futbol adolatiga qarshi chiqishni o‘ziga ep ko‘rmadi. Yevrofutbolda murabbiylar o‘zlari va muxlislar o‘rtasidagi muvozanatni shu yo‘sinda saqlashadi. Ular uchun muxlislar ham jamoaning tarkibiy qismi va bir oila a’zolaridir. Vatanni, oilani, jamoani tashqarida turib sevish qiyin. Yutuqlar va muammolarni birgalikda baham ko‘rishgina maqsadlarni ulkanlashtiradi, g‘alaba va natija vaziyatini yetiltiradi.

Davomi: www.interfutbol.uz

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 20.02.2017 15:23. O'kildi: 7924 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик