Bugun 27 mart, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Pestana CR7 mehmonxonasi, Krishtianu Ronaldu loyihasi

Baho:
+0; -0

Futbolda doimo oldinda yurishga odatlangan Krishtianu Ronaldu biznes olamida ham yuksak marralarni zabt etishga chog‘langan ko‘rinadi. Ha, «Real»ning portugaliyalik hujumchisi shon-shuhrat va moddiy boyliklarga ko‘milib yashayotganiga qaramay, erishgan yutuqlari bilan kifoyalanib qolmaydigan, serg‘ayrat va tinib-tinchimaydigan yigitdir. U o‘zining ayanchli bolalik yillarini tez-tez tilga oladiki, bu o‘sha qiyinchiliklarni sira unutmaganidan dalolat. Krishtianu shunday og‘ir taqdir sabab, chinakamiga toblandi, maqsad sari qanday kurashish kerakligini puxta o‘zlashtirdi. Mana, futbolchi shohona avtomobillar kolleksiyasi (qiymati 1,7 mln. yevroga teng «Bugatti Veyron» va «Rolls-Roys Fantom» kabi 20ta mashinasi bor)ni yaratish va xususiy samolyot xarid qilish barobarida kelajakda risoladagidek daromad keltirishi kutilayotgan loyihalarga sarmoya kiritmoqda.

Ta’kidlash joiz, Ronalduning rejalari ancha jiddiy - u xususiy mehmonxonalar majmuasini yaratishga bel bog‘lagan. Loyihani amalga oshirish harakatlari o‘tgan yil yozda boshlandi. Ya’ni u tug‘ilib-o‘sgan ona shahri - Funshalda dastlabki shaxsiy mehmonxonasini ochdi. Tabiiyki, bu ishlar bilan Krishtianuning yolg‘iz o‘zi shug‘ullanmaydi. Hozirda Portugaliya, Braziliya, Argentina va Afrika mamlakatlarida yirik mehmonxonalar  tarmog‘ini shakllantirgan Dionisio Pestana - Ronalduning biznes hamkori. Dastlabki mehmonxonaga shu boismi, Pestana CR7 nomi berildi.

Rasmiy saytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Funshaldagi mehmonxona - yangi avlod vakillari uchun mo‘ljallangan mehmonxonalarning yangi avlodi. 49ta xonaning har biri  texnikaning so‘nggi yutuqlari asosida yaratilgan o‘yin qurilmalari bilan jihozlangan - virtual voqelik qo‘yniga sho‘ng‘igan mijoz kun bo‘yi tashqariga chiqmasligi mumkin. Qadimdan urfga aylangan hordiq turlari, masalan, suv havzasi ham mehmonlarga muntazir. U binoning tom qismida joylashgan. Mehmonxonada dam olishning eng arzon bahosi - 1 kecha uchun 102 yevro.

Keyinroq biznesmen-futbolchi tashabbusi bilan Lissabonda ham Pestana CR7bunyod etildi. Poytaxtdagi mehmonxonaning ustunlik jihati - barcha qulayliklarga ega mashg‘ulotlar zali. U yerda mehmonlar shaxsan Ronalduning ishtirokida tuzilgan dastur bo‘yicha shug‘ullanishlari mumkin. To‘g‘ri, Lissabondagi mehmonxonada o‘yin qurilmalari yo‘q. 1 kunlik chiptaning eng arzon bahosi -108 yevro.

Davomi: www.interfutbol.uz

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 23.02.2017 16:30. O'kildi: 8687 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик