Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 09.02.2026 18:45
      • Nasaf
      • 1:1
      • Ash-Shorta
      • 09.02.2026 18:45
      • Al-Vahda
      • 0:0
      • Al-Ahli (SA)
      • 09.02.2026 21:00
      • Duhayl
      • -:-
      • Sharja
      • 09.02.2026 21:00
      • Shabab al-Ahli
      • -:-
      • Al-Hilol
      • 10.02.2026 21:00
      • Traktor
      • -:-
      • As-Sadd
      • 10.02.2026 23:15
      • Al-Ittihod
      • -:-
      • Al-G‘arafa
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 23 58
2 Real Madrid 23 57
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 22 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 23 34
7 Selta 23 33
8 Real Sosyedad 23 31
9 Osasuna 23 29
10 Atletik Bilbao 23 28
11 Xetafe 23 26
12 Jirona 23 26
13 Sevilya 23 25
14 Alaves 23 25
15 Elche 23 24
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

23-тур Selta 0-0 Osasuna
23-тур Barselona 0-0 Malyorka
23-тур Sevilya 0-0 Jirona
23-тур Real Sosyedad 0-0 Elche
23-тур Alaves 0-0 Xetafe
23-тур Atletik Bilbao 0-0 Levante
23-тур Atletiko 0-0 Betis
23-тур Valensiya 0-0 Real Madrid
23-тур Vilyarreal 0-0 Espanyol

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

«Hujumchilar zavodi» - «Atletiko»

Baho:
+0; -0

Ko‘p gol uradigan forvardlar futbolda sanoqli. Hattoki, top-klublarning ham hujum chizig‘iga munosib o‘yinchilar topolmay, qiynalishganini ko‘p ko‘rganmiz.

Lekin Madridning «Atletiko»sida qiziq an’ana bor: mazkur jamoa hujum chizig‘i doim yulduzlarga boy bo‘lgan va bu atrofdagilarning hasadini keltirgan.

Soccer.ru hech kimni befarq qoldirmaydigan mana shunday to‘p­urarlarga to‘xtaladi.

Luis Aragones (Ispaniya; 1964-1974) - 368ta o‘yin, 172ta gol

«Atletiko»ning taniqli forvard­lari ro‘yxatini futbolda butunlay boshqa rolni o‘ynagan va anchayin katta yoshdaligida yodimizda qolgan inson ochib beradi:

Evro-2008da Xose Luis Aragones rahbarligidagi Ispaniya termasi g‘olib bo‘ldi va aynan shu davrdan boshlab «qizil furiya»ning jahon hamda Yevropa arenalaridagi uzoq davom etgan g‘olibona yurishi boshlandi.

Ammo yana shuni ham unutmaslik kerakki, Aragones murabbiylikda mashhurlikka erishgunga qadar ham maydonda muvaffaqiyatli to‘p surgan futbolchi edi va uning oltin yillari aynan «Atletiko»da o‘ynagan paytlarga to‘g‘ri keladi.

Luis «Real»ga kerak bo‘lmagandir, ammo «matraschilar» safida to‘purarlik salohiyatini namoyon qildi - Ispaniya chempionatida 3 bor g‘olib chiqdi, Chempionlar Kubogi finaligacha yetib bordi.

Aragones Pako Kampos, Adrian Eskudero, Joze Jankosa singari nomdor futbolchilarning natijalarini ortda qoldirgan holda hamon haqli ravishda «matraschilar» tarixidan bosh forvard sifatida o‘rin olib kelmoqda.

Ugo Sanches (Meksika; 1981-1985) - 162ta o‘yin, 82ta gol

Meksikalik buyuk futbolchini hozir «Real»da 200dan ortiq gol muallifiga aylangan forvard sifatida eslashadi. Lekin Ugoning hujumchilik qobiliyati «Atletiko» tarkibida maydonga tushgan paytlari yuzaga chiqqandi.

Primera tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biriga aylangan futbolchini mazkur klub okean osha Ispaniyaga olib kelgandi. Hozir u Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Telmo Sarradan keyin primera snayperlari ro‘yxati 4-o‘rinni egallab turibdi.

Xulio Salinas (Ispaniya; 1986-1988) - 89ta o‘yin, 36ta gol

O‘tgan asrning 90-yillari ikkinchi yarmidagi bosh forvard Bilbaoda tug‘ildi va futboldagi dastlabki qadamlarini mahalliy «Atletik» tarkibida qo‘ydi.

Keyinchalik poytaxt­ga yo‘l olib, «hindular» safida anchayin o‘sishga erishdi. Aytish mumkinki, «Atletiko» tarkibida ikki mavsum maydonga tushish uning uchun o‘ziga xos tramplin vazifasini o‘tadi, chunki aynan shundan keyin Salinas «Barselona» safiga o‘tib, 100ga yaqin gol muallifiga aylandi.

Shuningdek, Xulio Ispaniya termasi safida 50ga yaqin uchrashuvda maydonga tushib, har ikkinchi o‘yinda to‘p kiritdi. Bu futbolchi ham «Visente Kalderon»da o‘zini ko‘rsata bilgan yetakchi hujumchilar safidan munosib o‘rin egalladi.

Lyuboslav Penev (Bolgariya; 1995-1996) - 43ta o‘yin, 25ta gol

Bolgariya futboli tarixidagi eng kuchli avlod vakillaridan biri. Lekin bolgarlar uchun ancha omadli kelgan JCH-1994ni Penev jarohatlar sabab o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

100dan ortiq gol bilan «Valensiya» tarkibida La-liga yulduziga aylandi, «Atletiko» uchun esa bir mavsum to‘p surdi, ammo qanday mavsum bo‘lgandi-ya! «Matraschilar» chempionlikni qo‘lga kiritishdi, Qirol kubogi egasiga aylanishdi.

Lyuboslav esa har ikki turnirda jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Kristian Vyeri (Italiya; 1997-1998) - 32ta o‘yin, 29ta gol

Hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, u «matraschilar»ga qariyb 18 mln. yevroga tushgandi, lekin Ispaniyadagi samarali o‘yinlari sabab «Lasio» Kristianni «A» seriyaga qaytarish uchun bu raqamni 1,5 baravar oshirdi.

Turli jamoalar safida ko‘plab gollarni urgan va «Skuadra Adzurra»ning yulduz futbolchisiga aylangan Vyerining Madriddagi faoliyati uzoqqa cho‘zilmadi, ammo yorqinligi bilan esda qoldi.

Jimmi Floyd Xasselbaynk (Gollandiya; 1999-2000) - 43ta o‘yin, 33ta gol

Xasselbaynkni ingliz futboli ixlosmandlari yaxshi tanishadi va hurmat qilishadi. Ayniqsa, «Chelsi» muxlislari, zero aynan shu klubda Jimmi 4ta omadli mavsumni o‘tkazdi.

Biroq gollandiyalik La-ligada o‘zini yanada yaxshiroq ko‘rsata bildi. Xasselbaynk xuddi Vyeri singari «Atletiko»da bir mavsum o‘ynadi, xolos.

Lekin «matraschilar»ga nafaqat kiritgan to‘plari bilan, balki moliyaviy tomondan ham foyda keltirdi: madridliklar bu futbolchining oldi-sotdisidan mo‘maygina daromad ishlab olishdi.

Fernando Torres (Ispaniya; 2001-2007, 2015 yildan hozirga qadar) - 359ta o‘yin, 119ta gol

«Atletiko»dagi o‘ta kuchli forvardlar oqimining 21-asrdagi vakillaridan yana biri. Shunisi diqqatga sazovorki, u klub tarbiyalanuvchisi va jamoa tarixida 19 yasharligida sardorlik bog‘ichini taqqan eng yosh futbolchi.

Torres «matraschilar» libosida segundadayoq maydonga tushdi, qadrdon jamoasining primeraga qaytishiga ko‘maklashdi va «Atletiko» «Liverpul»dan 38 mln. yevrolik taklifni qabul qilguniga qadar samaradorlikni oshirib bordi.

Qariyb 3 yil davom etgan omadsizliklardan so‘ng, yana Madridga qaytdi va Diyego Simeonening shogirdi sifatida maydonga tushdi.

Serxio Aguero (Argentina; 2006-2011) - 234ta o‘yin, 101ta gol

Torres bilan xayrlashishga astoydil hozirlik ko‘rgan «Atletiko» «Independyente»dan yosh hujumchi Agueroni xarid qildi va bu futbolchi o‘zi uchun sarflangan salkam 22 mln. yevrolik mablag‘ni oqladi, hisob. 100dan ortiq gol va 5 yildan so‘ng «Manchester Siti»ga salkam ikki baravar ko‘proq mablag‘ga o‘tishi yuqoridagi fikrimiz isbotidir.

Argentinalik - zamonamizning eng kuchli forvardlaridan biri ekanligiga shak-shubha yo‘q, ammo uning iqtidori aynan «Atletiko»da kashf qilinganini ham unutmaslik darkor.

Diyego Forlan (Urugvay; 2007-2011) - 198ta o‘yin, 96ta gol

Aguerodan farqli ravishda, Forlan «Atletiko»da oq-qoraning farqini anglagan bir paytda paydo bo‘ldi va faoliyatidagi eng yorqin damlarni «Visente Kalderon»da o‘tkazdi.

Kike Sanches Flores rahbarligida Diyego va Serxio «matraschilar» tarkibida 2010 yili Yevropa Ligasida g‘olib chiqishdi va bu murabbiylikka Diyego Simeone kelguniga qadar klubning eng katta yutug‘i bo‘lib qolmoqda.

Diyego Kosta (Braziliya|Ispaniya; 2007-2009, 2010-2014 yillar va 2018 yildan) - 135ta o‘yin, 64ta gol

DAVOMI

Kiritilgan sana: 28.10.2017 14:46. O'kildi: 6829 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.