Bugun 27 mart, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Qarang, jamoalarimizni kimlar boshqarmoqda

Baho:
+0; -0

Rossiyada o‘tgan haftaning eng muhim voqeasi Moskvaning «Spartak» klubi bosh murabbiyi Massimo Karreraning ishdan olingani bo‘ldi. O‘z maydonidagi «Arsenal» (Tula)ga qarshi bahsda «spartakchilar» 2:3 hisobida yutqazib qo‘yishganini klub rahbarlarining shunday qarorga kelishlariga sabab sifatida ko‘rsatish mumkin. Ta’kidlash joizki, Karrera jamoaga kelgan birinchi mavsumidayoq «Spartak»ni chempionlikka olib chiqqandi. 2016 yilning yozida klubni qabul qilib olgan italiyalik mutaxassis 16 yillik tanaffusdan so‘ng - o‘sha Oleg Romansev boshqargan davrlardan buyon ilk bor chempionlikni tantana qilgandi. Bir yil o‘tiboq unga chiqish eshiklari ko‘rsatilishini hech kim kutmagandi. Nachora, murabbiylik o‘zi shunaqa kasb.

Aslida, «Spartak» RPLda hozir ham unchalik yomon ko‘rsatkich qayd etayotgani yo‘q. Turnir jadvalida yuqori o‘rinlarda bormoqda, chempionlikka bo‘lgan imkoniyati ham deyarli pasaymagan (yuqori o‘rinlardagi jamoalarning naqd to‘rttasi so‘nggi turda mag‘lub bo‘lishdi).

Faqat oxirgi 5ta o‘yinning 3tasida «Spartak» yutqazdi. Shunda ham barcha mag‘lubiyatlarni o‘z uyida qabul qilib oldi va aynan mana shunisi hammasidan o‘tib tushdi. 7-turda «Axmat»ni qabul qilgan Karrera shogirdlari 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan, 9-turda Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan uchrashuvda Karpin qo‘l ostidagi «Rostov» Moskvada 1:0 hisobida zafar quchgandi.

Va nihoyat, so‘nggi bahsda «Arsenal» (Tula)ga taqdim etilgan uch ochko. Xullas, Karrera ketdi, «Spartak» rahbarlari esa hozircha yangi murabbiy qidirish bilan band.

Aslida, bugungi maqolamiz mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan murabbiylar xususida, dastlab Rossiya klubidagi iste’foga to‘xtalganimizning esa o‘ziga xos sababi bor.

Gap shundaki, ayni taqdir bizning grand jamoalarimiz murabbiylari boshiga ham doimo chang solib turgani aniq. Biz tomonlarda ham mavsum davomidagi murabbiy almashtirishlar xuddi Rossiyadagi kabi ketma-ket muvaffaqiyatsizliklarga to‘g‘ri kelmoqda.

1. Andrey Miklyayev («Lokomotiv»)

OCHLdagi muvaffaqiyatsizlik va mavsumning dastlabki turlaridagi qoniqarsiz natijalardan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Andrey Miklyayev iste’foga chiqqarilgandi. Aslida «chiqarilganmidi» yoki «chiqqanmidi» bunisi noma’lum, chunki jamoa natijalari uchun aslida maslahatchi murabbiy Mirko Yelichich javob berishi katta ehtimol.

2. Aleksandr Mochinov («So‘g‘diyona»)

Jizzax shahri jamoasi dastlabki turlarda juda ko‘p ochko yo‘qotdi. Natijada «So‘g‘diyona» turnir jadvalining quyi pog‘onlaridan mustaham joy oldi. Mochinovga esa javob berildi va uning o‘rniga Sergey Lushan bosh murabbiy bo‘lib ishga keldi.

3. Viktor Kumikov (AGMK)

Olmaliq shahri jamoasi mavsum boshida o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygandi. Lekin Kumikov shogirdlari musobaqa davomida ancha notekis o‘yin ko‘rsatishdi, natijalar ham shunga yarasha bo‘ldi. Yakunda uning o‘rniga Baxtiyor Ashurmatov keldi.

4. Ilhom Mo‘minjonov («Navbahor»)

Agar ta’bir joiz bo‘lsa, mavsumning eng «sensasion» iste’fosi. Namangan futboli rahbarlari kutilmagan «yurish» qildilar (shaxmat tili bilan aytganda) va shu tariqa «Navbahor»ni ancha yuqori pog‘onalarga ko‘targan Mo‘minjonovning vodiy safari shu tariqa o‘z yakuniga yetdi...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 02.11.2018 14:19. O'kildi: 9078 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик