Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

O‘zbekiston terma jamoasining to‘rt yilda bir takrorlanuvchi an’anasi

Baho:
+-1; -0

JCh saralashi doirasida O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yinning ahamiyati har ikki jamoa uchun ham juda muhim edi.

Musobaqa jadvalida yuzaga kelgan vaziyat shunday ediki, O‘zbekiston ham, Janubiy Koreya ham qolib, Suriya terma jamoasi ikkinchi o‘rin bilan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritib ketishi hech gap emasdi.

Shu bois har ikki jamoa ham faqat g‘alaba uchun maydonga tushishi tayin edi. Muammo shundaki, bunday vaqtda g‘olib nomi aniqlanmay qolishi ham mumkin.

TARKIB

Samvel Babayan O‘zbekiston terma jamoasi boshqaruviga o‘tgandan buyon bir masalada juda ko‘p tanqid ostida qoldi - tarkib. Bu borada jurnalistlar va muxlislar nimalar de­yishmadi, deysiz. Ammo Babayan har doim o‘z bilganidan qolmadi. Jahon chempionati saralashi doirasida o‘tkazilgan so‘nggi o‘yinda ham o‘z an’anasiga sodiq qoldi va oldindan kutilgan futbolchilarni maydonga tushirdi.

Darvozabon masalasi haytovur oxirgi ikki o‘yinda o‘zgardi - Ignatiy Nesterov maydonga tushdi. Ammo himoyada yana Xitoy chempionatida zaxirada qolib ketayotgan Yegor Krimes o‘ynagan bo‘lsa, hujumda 12 uchrashuvdan buyon gol ura olmay kelayotgan Igor Sergeev to‘p surdi. Yana bir o‘zgarish - Server Jeparov o‘ng qanotga o‘tkazildi. Yurtimizda terma jamoa sharafini himoya qilishi mumkin bo‘lgan bir talay futbolchilar qolib, aynan shu o‘yinchilar maydonga tushaverishi oxirgi vaqtlarda hech kimni ajablantirmay qo‘ygan. Demak natija ham shunga yarasha bo‘lishi tayin.

BIRINCHI BO‘LIM

Avvaliga hammasi yaxshi boshlangan edi. O‘zbekiston terma jamoasi kutilmaganda ilk daqiqalardan tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va hujum ketidan hujum tashkil eta boshladi. Hali o‘yin boshlanmay turib Odil Ahmedov jamoadoshlarini yig‘ib olib, ularga nimalarnidir astoydil tushuntirganini ko‘rdik. Jamoa sardori ulkan hissiyot bilan gapirayotgani hatto tribunadan ham ko‘rinib turgandi. Odil shuningdek, Igor Sergeevga ham nimalarnidir alohida uqtirdi. Ammo qani endi bu uqtirishlardan biror naf bo‘lsa. Xal-qimizda «Qozonda bori cho‘michga chiqadi», degan gap bor. Bo‘lmasa-chi?

So‘nggi o‘yinda har qanday gap-so‘zlar ikkinchi planga o‘tib, futbolchilar bor kuch bilan o‘ynashi kutilgan edi. Birinchi bo‘lim bu umidlarni qaysidir ma’noda oqlab berdi. Ilk xavfli hujum ham aynan O‘zbekiston terma jamoasi tomonidan amalga oshirildi. Davron Hoshimov bu safar qo‘pol o‘yini emas, balki o‘ng qanotdan oldinga o‘tib borgani bilan yodda qoldi va jarima maydonchasi tomon to‘pni yetkazib berdi. Afsuski, bu oshirma aniq chiqmadi. Biroz vaqt o‘tib Aziz Haydarovning uzoqdan yo‘llagan zarbasi esa bo‘limning eng kulminasion nuqtalaridan biri bo‘ldi.

Janubiy Koreya kuchli hujumlar ostida esankirab qolganini har doim ham ko‘ravermaysiz. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida aynan shunday holatga guvoh bo‘ldik. Koreyaliklar himoyadan chiqib ketishda muammolarga duch kelishdi va to‘pni oldirib qo‘yaverishdi. Afsuski, terma jamoamiz bu ustunlikdan foydalana olmadi va hisob ochilmay qoldi. Bo‘limning so‘nggi daqiqalariga kelib esa vaziyat tubdan o‘zgarib ketdi.

Endi biz hisob ochilmay qolganidan xafa emas, xursand bo‘ldik. Chunki «Tottenxem» hujumchisi Son Xyun Min sal qolsa gol urishi mumkin edi. Bir qarashda u qadar xavfli bo‘lmagan vaziyatda to‘p yo‘qotildi va Vitaliy Denisovning noo‘ng‘ay harakati oqibatida koreyalik hujumchi qulay vaziyatga chiqib ketdi. Baxtimizga Son Xyun Minning juda kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Bu birinchi bo‘limdagi so‘nggi xavf­li vaziyat edi va jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida chiqib ketishdi.

IKKINCHI BO‘LIM

DAVOMI

Davomini telegram orqali o‘qish

Kiritilgan sana: 06.09.2017 21:19. O'kildi: 8660 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик