Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Termamiz g‘alabasi orzusida sumalak sayli!

Baho:
+0; -0

Har bahorda, Navro‘z arafasida shu she’r va uning asosida kuylangan qo‘shiq ko‘ngillarni o‘zgacha zavqla qitiqlaydi.

Mana, senga olam-olam gul,

Etagingga siqqanicha ol.

Bunda tole har narsadan mo‘l,

To o‘lguncha shu o‘lkada qol.

Umrida hech gul ko‘rmay yig‘lab,

O‘tganlarning haqqi ham senda.

Har bahorni yig‘lab-qarshilab,

Ketganlarning haqqi ham senda...

Radioda yana o‘sha tanish tarona, qadrdon so‘zlar yangraydi. Keksa futbol muxlisining ko‘zlari yoshlanadi:

- Tinglaganing sari tinglaging kelaveradi shu qo‘shiqni! Hozir termamiz raqiblariga «Mana, senga olam-olam gol», deb hayqirgim kelyapti. Albatta, ular olgani unashmaydi, «Olmaymiz! Kerak emas!» deya qarshilik ko‘rsatishadi. Navro‘z taomiliga ko‘ra, ularning xarxashasiga quloq solinmaydi. «Olsangiz ham olasiz, olmasangiz ham, tamom!» deya raqib darvozasi to‘ldirib tashlanadi golga. Oh, oh, yigitlar, Navro‘z taomilini buzmanglar! Raqib darvozasini golsiz - quruq qoldirmanglar, gol urishda himmatli bo‘linglar, himmat kamarini belingizga mahkam bog‘lang­lar...

Otaxonning yigitlar kabi g‘ayratlanishidan zavqlanamiz. Uning ajib kayfiyatini buzib qo‘ymaslik uchun ehtiyotkorlik bilan so‘raymiz:

- Futbolchilarimiz Navro‘zning bu taomilini bilishadimi? Ular sizni eshitishyaptimikan?

- Bilishganda qandoq! Juda yaxshi bilishadi. Boshqalarni bilmadim, ammo «Vodiy derbisi»ni tomosha qilish uchun stadionni to‘ldirgan ham bir muxlisning ko‘nglidan shu o‘y-xayol o‘tganiga ishonchim komil. Mahallasida sumalak saylini uyushtirib, futbolchilarimizga qozon atrofida yirik g‘alaba tilashni rejalashtirayotgan, allaqachon xayr-ehsonni boshlagan muxlislarni bilaman.

Ochig‘i, bu muloqotning to‘liq tafsilotini qog‘ozga tushirish mushkul. Yana qaysi yurtda bor futbolga bu qadar fidoiylarcha muxlislik qilish?! Shu so‘zlarni tinglagach, Igor Sergeevga qarata «Gol ursang ham urasan, urmasang ham!» deb yuborasan kishi beixtiyor ko‘zlaring olovlanib, mijjalaring namlanib.

Ha, otaxon haq: futbolchilarimiz muxlislarning g‘alaba ishtiyoqidagi tilak-duolarini eshitishayotgani aniq. Yo‘q, eshitmaslik mumkin emas jahon chempionati yo‘llanmasi uchun qilinayotgan iltijolarni. Eshitmaslik uchun qalb so‘qir, quloqlar kar bo‘lishi kerak. O‘ylaymizki, bundaylar yo‘q terma jamoamiz lagerida. Suriyaliklarga qarshi maydonda zo‘rlarimiz to‘p surishadi. Surganda ham xo‘p surishadi. Ko‘p gol urishadi. Zero, zabardast yurtning zo‘rlari raqib darvozasiga zabt bilan zarba bermasalar bo‘lmaydi. Buni keksa muxlis sal mahsun ohang­da ta’kidladi. Biz u kishini tushundik. Nechun keksa muxlisning boshi bir dam quyi egildi, qaroqlarida yosh yolqillandi.

Hayot - futbol kabi fusunkor, ayni chog‘da shavqatsiz o‘yin. Ayonki, keksa muxlisning necha o‘nlab birodarlari bu bahor gullarini, termamiz urajak gollarni ko‘rmay boqiylik olamiga yuz burishdi. Ular ko‘rmay ketgan gollarning haqqi, mas’uliyati ham bor futbolchilarimiz zimmasida.

O‘tganlarning armonlarini ro‘yobga chiqarish tiriklarning muqaddas burchidir. Ko‘tarish qiyin bo‘lgan tog‘dek zalvorli yuk ortilmayapti termamiz yelkasiga. Hozircha futbolchilardan Osiyoning o‘rtamiyona terma jamoalari ustidan g‘alaba qozonish so‘ralyapti, xolos.

Davomi: www.iff.uz

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 23.03.2017 09:50. O'kildi: 8094 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик