05:20 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 61 кг. 06:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 71 кг. 07:30 "Непобедимый". 08:00 Д/ф "КОПА 71". 09:35 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 1. 11:10 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 2. 12:40 "10 лет в спорте". "2019/2020". 13:10LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары. Прямая трансляция. 14:25 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли". 15:25 "Эволюция спорта". 15:55LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Двойки. 1-й заезд. Прямая трансляция. 16:35 "Страна спортивная". 16:55LIVE Самбо. Чемпионат мира в Кыргызстане. День 1. Прямая трансляция. 18:30 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Двойки. 2-й заезд. 19:15 "Страна спортивная". 19:30LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 1. Вечерняя сессия. Прямая трансляция. 21:50 "10 лет в спорте". "2019/2020". 22:20 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки. 1-й заезд. 23:10 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки. 2-й заезд. 00:00 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 1. 01:40 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 2. 03:05 "Эволюция спорта". 03:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары. 04:50 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 1. Вечерняя сессия.
05:00 "Эволюция спорта". 05:55 Новости. 06:00 Баскетбол. Winline Basket Cup. "Зенит" (Санкт-Петербург) - УНИКС (Казань). 08:00 "Тайны звёзд спорта". 08:30 "География спорта". Астрахань. 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 11:00 Новости. 11:05 "Небесная грация". 11:25 "Эволюция спорта". 12:25 Футбол. Fonbet Кубок России. Обзор. 13:10LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары. Прямая трансляция. 14:25 Новости. 14:30 Есть тема! Прямой эфир. 15:55LIVE Хоккей. Кубок Будущего. Россия U-20 - Казахстан U-20. Прямая трансляция. 18:25 Все на Матч! Прямой эфир. 19:25LIVE Хоккей. Кубок Будущего. Беларусь U-20 - Россия U-18. Прямая трансляция. 21:55LIVE Смешанные единоборства. ACA 195 в Санкт-Петербурге. Кирилл Корнилов против Алихана Вахаева, Антон Вязигин против Зумсо Зураева. Прямая трансляция. 00:50LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Сосьедад". Прямая трансляция. 03:00 Все на Матч! Прямой эфир. 03:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки.
06:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты. 09:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/4 финала. 11:00LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. Прямая трансляция. 14:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты. 15:30 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. 16:30LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. Прямая трансляция. 19:30 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани". 20:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. NHK Trophy в Кадоме, Япония. Мужчины. Короткая программа. 21:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. NHK Trophy в Кадоме, Япония. Женщины. Короткая программа. 21:55LIVE BMX-фристайл. Чемпионат мира в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Мужчины. Флэтленд. Финал. Прямая трансляция. 23:20 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. 01:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Обзор сезона. 02:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Лучшие моменты. 04:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.
Futbol kutilmagan sovg‘alarga boy. Har yili qaysidir chempionatda qandaydir «sensasiya»lar kuzatiladi. O‘zbekiston milliy chempionati ham bundan mustasno emas, albatta. Ammo 5-tur o‘yinlari bu qadar ko‘p «sovg‘a» ulashishini hech kim kutmagan bo‘lsa kerak.
Barcha yetakchilar mag‘lubiyatni tan olgan va buning natijasida turnir jadvali 1-2-qatorlariga vodiyning ikki klubi - «Qo‘qon-1912» hamda «Navbahor» ko‘tarilgan turga qanday ta’rif berish mumkin? Odatda tur «sensasiya»si sifatida 1ta, nari borsa, 2ta o‘yinni ko‘rsatardik. O‘tgan hafta esa «sensasiya» maqomiga tortmaydigan o‘yinlardan tortadiganlari ko‘proq bo‘ldi...
Yana Otaqo‘ziyev va Rayevas (Qo‘qon-1912-Dinamo. To‘liq sharh)
5-turdan so‘ng turnir jadvalida qo‘shhokimlik yuzaga keldi. Chempionlik uchun asosiy da’vogarlar qatorida tilga olingan «Lokomotiv», «Bunyodkor» va «Nasaf» jamoalarining birin-ketin mag‘lubiyatga uchrashlari vodiyning ikki jamoasi - «Qo‘qon-1912» va «Navbahor»ga qo‘l keldi. Hozirda ular hisobida 10tadan ochko bor.
E’tiborli tomoni, No‘’mon Hasanov qo‘l ostidagi qo‘qonliklar bu turda chempionatning start qismida katta shov-shuv ko‘targan «Dinamo»ni ortga ochkosiz qaytarishdi. Alohida aytish kerak, o‘yin ancha qiziqarli va jonli tus oldi. O‘zi ushbu bahsga qiziqish juda kuchli edi. «Dinamo» ortidan Samarqanddan ko‘plab muxlislarning Qo‘qonga tashrif buyurishgani esa qiziqish darajasini yanada oshirib yubordi.
O‘yinni hujumkor ruhda boshlagan mezbonlar 15-daqiqadayoq faxriy Nosir Otaqo‘ziyev goli evaziga hisobni ochishdi va bo‘lim oxiriga qadar 1:0 natijasi boshqa o‘zgarmadi. Tanaffusdan keyingi ilk daqiqalar ham «Qo‘qon-1912» uchun omadli keldi. Aniqrog‘i, 49-daqiqada Filipp Rayevas o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. E’tiborli fakt, avvalgi turda aynan Otaqo‘ziyev va Rayevas tomonidan urilgan 2ta gol vodiy klubiga g‘alaba taqdim etgandi.
Ya’ni Hasanov shogirdlari mehmonda «Neftchi»ni 2:1 ko‘rinishida yengishgandi. Qarangki, bu safar ham yakunda 2:1 hisobi qayd etildi. Chunonchi, «Dinamo» vakillari keyingi daqiqalarda hujumkorlikni oshirishdi. Bu harakatlar 78-daqiqada samara berib, Sardor Sulaymonov hisobdagi farqni qisqartirdi.
Biroq mehmonlar bundan ortig‘iga ulgurishmadi. «Dinamo»ga o‘yin oxirida Sulaymonovning qo‘polligi uchun maydondan chetlatilgani ham malum darajada pand berdi. Xullas, oxirgi 3ta o‘yinda 9 ochko olgan «Qo‘qon-1912» to‘plar nisbatiga ko‘ra, turnir peshqadamiga aylandi. O, qo‘qonlik muxlislar uchun naqadar farahbaxsh onlar...
Oleg Tyulkin («Dinamo» bosh murabbiyi): - Avvalo, «Qo‘qon-1912»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi bahsda jangovar ruh sezilib turdi. Shogirdlarimni ruhlantirish yo‘li bitta - yoshlarga xos ishtiyoqni kuchaytirish. Futbolda har doim ham pul muhim rol o‘ynamaydi. Buni «Dinamo» misolida ko‘rishimiz mumkin.
Shogirdlarim yosh bo‘lishlariga qaramay, ishtiyoq evaziga yaxshi natijalar qayd etishyapti. Xatolarga kelsak, ularsiz millionlar o‘yinining qizig‘i yo‘q...
No‘’mon Hasanov («Qo‘qon-1912» bosh murabbiyi): - O‘yinni ko‘rdinglar, ancha jangovar ruhda o‘tdi. Samarqandliklar ham shiddat bilan to‘p surishdi. Biz birinchi bo‘limda talab darajasida o‘ynay olmadik. Lekin gol urdik. Ikkinchisida esa vaziyatni o‘zgartirib, g‘alaba qozondik. «Dinamo» menda yaxshi taasssurot qoldirdi. Tarkibimizda saviya bo‘yicha teng 3 nafar darvozabon bor va ularning har biriga imkoniyat berishimiz kerak.
Qo‘yib yuborilgan golda kiperimizni ayblolmayman. Aksincha, u bir necha bor jamoamizni muqarrar goldan qutqarib qoldi. O‘yindan oldin shogirdlarim raqibni biroz mensimasliklari mumkinligini o‘ylab, xavotirga tushgandim. Chunki o‘rtoqlik uchrashuvida «Dinamo»ni 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edik. Quvontiradigan tomoni, futbolchilar bugun maydonda bor kuchlarini ishga solishdi.
Majburiy o‘zgarish va gol (Navbahor-Mash’al. To‘liq sharh)
Oliy liganing 5-turi shov-shuvli natijalar bilan boshlandi va bu vodiy klublari uchun ayni muddao bo‘ldi. «Qo‘qon-1912» o‘z maydonidagi g‘alabadan so‘ng peshqadamga aylanib oldi, «Navbahor» esa «Mash’al»ni yengib, qo‘qonliklar «sherigi»ga aylandi. Xullas, turnir jadvalida vodiycha qo‘shhokimlik yuzaga keldi.
Bevosita Namangandagi o‘yinga to‘xtalsak, deyarli 16 mingdan ko‘p muxlis ko‘z o‘ngida murosasiz kurash bordi. Chunonchi, g‘alaba qozongan tomon oliy liga peshqadamligini qo‘lga olishi mumkin edi. Avvalgi turda «Paxtakor»ni yirik hisobda yenggan muborakliklar tabiiyki, vodiyga ko‘tarinki kayfiyatda kelishdi.
O‘z navbatida, Samarqanddan 3 ochko bilan qaytgan «Navbahor» ham o‘z maydonida faqat yutuqni ko‘zlagandi. Birinchi bo‘limda ikki jamoa ham ehtiyotkorona to‘p surib, asosiy e’tiborni darvoza daxlsizligini saqlab qolishga qaratdi. To‘g‘ri, «lochinlar» birinchi raqam ostida o‘ynab, ko‘proq oldinga o‘tishga intilishdi, «gazchilar» esa o‘z omadlarini qarshi hujumlardan izlashdi. Biroq futbolchilar kamsonli xavfli vaziyatlardan unumli foydalana olishmadi - tanaffusga qadar hisob ochilmadi.
Keyingi 45 daqiqalikda «Navbahor» tashabbusni qo‘lga oldi va bu holat ko‘p o‘tmay, hisobda o‘z aksini topdi. Bunda Ilhom Mo‘minjonovning majburiy holda o‘yinchi almashtirish bobidagi qarori ish berdi: jarohat bilan maydonga tushgan Mirzohid G‘ofurovning o‘rnini egallagan Hasanboy Ergashev oradan 5 daqiqa o‘tar-o‘tmasdan jamoasiga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi. Shundan so‘ng mehmonlar hisobni tenglashtirish maqsadida oldinga tashlanishdi, ammo hujumda ishlari yurishmadi. Boz ustiga, «Mash’al»ning yetakchisi va sardori Zafar To‘rayevning maydondan chetlatilishi ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Eng yaxshi o‘yinchilar: N.Yovanovich - A.Begimqulov.
Nazoratchi: A.Arutyunov (Toshkent).
Komissar: SH.Rajabov.
Aleksandr Xomyakov («Mash’al» bosh murabbiyi): - Ancha jonli o‘yin guvohiga aylandik. Maydonda keskin kurash bordi. Bizni Namanganda nimalar kutayotganini yaxshi bilardik. Shundan kelib chiqib, ruhiy tayyorgarlikka katta e’tibor qaratdik. Zero, namanganlik muxlislarning «Navbahor»ni tinmay hujumga undashlari kutilgandi. Umuman olganda, o‘yinimiz chiqmadi, deyolmayman. Meni faqat natija qoniqtirmadi, xolos.
Birinchi bo‘limda munosib himoyalanish uddasidan chiqdik. Tanaffusdan keyin ham ayrim vaziyatlarni inobatga olmaganda, chakki himoyalanmadik. Lekin qarshi hujum masalasidagi harakatlarimiz ko‘ngildagidek chiqmadi. Bundan tashqari, burchak zarbasi amalga oshirilgan holatda hushyorlikni biroz yo‘qotdik. Xullas, natijani inobatga olmaganda, jamoamiz yomon taassurot qoldirmadi. Xususan, futbolchilarimizda ishonch hissi yuqoriligi sezildi. Chempionatning 5ta turi ortda qolgan bir paytda yaqqol yetakchi ko‘zga tashlanmayapti. Barcha ishtirokchilar deyarli teng kuchga ega.
Tenglik yuzaga kelishiga birinchi navbatda, o‘zbekistonlik bir guruh futbolchilarning xorijga yo‘l olishganini sabab sifatida tilga olish mumkin. Bunday sharoitda chempionat saviyasi tushib ketishini o‘ylab, umumiy holatga tanqidiy munosabat bildirgandim. Lekin amalda bunday bo‘lmayapti. Xorijga ketgan futbolchilar o‘rnini legionerlar to‘ldirishdi. Chempionatning bu tarzda borishi muxlislarda katta qiziqish uyg‘otishi turgan gap. Mavsumning qolgan qismida ham shu holat kuzatiladimi yoki yo‘q - buni vaqt ko‘rsatadi.
Ilhom Mo‘minjonov («Navbahor» bosh murabbiyi): - Futbolchilarimiz bilan faxrlanaman. Ularga o‘yin va g‘alaba uchun rahmat. Yigitlar bor kuchlari va mahoratlarini ishga solishdi. Sababi, «Mash’al»ni o‘rganib chiqish jarayonida uning jiddiy raqib ekanligi oydinlashgandi. Oxirgi mashg‘ulotlarda ayrim futbolchilarimiz jarohat tufayli qatnasholmadilar. Bugun ertalabki badantarbiya mashqlari chog‘i jarohatlangan yigitlar maydonga tushishga tayyorliklarini ma’lum qilishdi va buning uchun ham rahmat.
Umuman, turdan- turga futbolchilarimiz o‘yinni kuchaytirmoqdalar. Bu holat har qanday murabbiyni quvontiradi. E’tibor bergandirsiz, oxirgi 2ta o‘yinda tarkibda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Masalan, «Dinamo»ga qarshi bahsda maydonga tushgan ikki futbolchimiz o‘rnini boshqa o‘yinchilar to‘ldirishdi. Ayni payt ixtiyorimizda asosiy tarkib uchun 11 emas, 23 nafar futbolchi bor. Rahbarlar deyarli teng kuchga ega ikki tarkib shakllantirishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Ko‘plab jamoalarimizda bir xil kuchga ega 2ta tarkib tuzish qiyin masala.