Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Hammasiga faqat Babayan aybdormi?

Baho:
+0; -0

Hammasiga faqatgina Babayan aybdormi? Janubiy Koreya bilan uchrashuv yakuniga yetganidan so‘ng xayolimga kelgan fikrlarning eng birinchisi shu bo‘ldi.

To‘g‘ri, Samvel Babayan futbolimizda asosan menejerlik, jamoaning tashkilotchilik ishlari bilan shug‘ullanib yurgan.

Biroq, O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqa olmaganida birgina Babayanning aybi bor, deb bo‘lmaydi. Bunga O‘zbekiston futbolidagi butunboshli tizim javobgar.

Ha, obro‘liroq joyda ishlaydigan kishilarning erkatoy o‘g‘illarini iste’dodli bolalardan ustun qo‘yib, futbol jamoasiga qabul qiladigan, asosiy tarkibda maydonga tushiradigan, bolalar o‘rtasidagi musobaqalarda yoshni 2-3 barobarga kamaytirib ko‘rsatadigan shu tizim aslida hammasiga aybdor.

Futbol qachon rivojlanadi? Qachonki korrupsiya, tanish-bilishchilikdan xoli bo‘lsa. Qachon haqiqiy iste’dodlarga yo‘l ochib berilsa, qachon o‘sha yigitlarga xorijdan taklif tushsa, beriladigan mablag‘lar hisobidan o‘z cho‘ntagini qappaytirish payidan bo‘lmaydigan murabbiylar-u mutaxassislar ishlasa.

«Sport» telekanalidagi sharhlovchilar Janubiy Koreya bilan o‘yin yakunida Sambel Babayanni barchasiga balogardon qilib qo‘yishdi. To‘g‘ri, u ham juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi. Sergeev, Lobanov kabi «suyukli» futbolchilarini maydonga tushiraverib, muxlislarni bezdirib yuborgani bor gap.

Ammo, agarda gap faqatgina murabbiyda bo‘lganida, nima uchun o‘z davrida maqtalgan, so‘ng esa yaxshilab so‘kilgan mutaxassislar bizni JChga olib chiqa olmagan? Ba’zi jurnalistlar aytganidek «futbolimizning go‘rkovi»ga aylangan Babayandan avvalgi mutaxassislar ham o‘z ishini uddalay olmagach, qancha haqorat va malomatlarga uchraganini ko‘pchilik yaxshi biladi, menimcha.

Mirjalol Qosimovning o‘yindan so‘nggi matbuot anjumanida aytgan «Bolalarda ayb yo‘q, hamma ayb menda» degan gaplari kishilar orasida kulgi aralash tilga olinganida ham barchasiga faqatgina murabbiyni aybdor qilgandik. Abramov 2-3 o‘yinda salbiy natija qayd etganidan so‘ng uning iste’fosini talab qila boshladik.

Balki hamma ayb o‘zimizdadir? Balki biz (qanchalik qo‘pol va og‘riqli bo‘lmasin - korrupsiya, tanish-bilishchilik kabi narsalarning kelib chiqishiga aslida o‘zimiz sababchimiz) aynan shunga loyiqdirmiz? Koreya bilan o‘yindan keyin Babayanni butun shaharga eshitiladigan qilib so‘kib ketgan muxlislar yana mag‘lubiyatga faqatgina bir kishini mas’ul qilib qo‘yishdi.

Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berish istagida bo‘lmay (chamamda – u ruhan bunga tayyor bo‘lmagan, umuman o‘zgacha kayfiyatda intervyu berishni rejalashtirgan), chiqib ketgan insonning ketidan «beg‘araz» deb so‘kkan jurnalistlar ham...

Aslida futbolimizda, hayotimizning barcha sohalarida bo‘layotgani kabi, tub islohotlar davri keldi. O‘FF prezidentligiga boshqa shaxs saylangani bilan u katta o‘zgarishlarni amalga oshirmas ekan, yangi kelgan murabbiyni ham «beg‘araz» deb so‘kishda davom etaveramiz.

Tanish-bilishchilik, korrupsiya, deb atalmish narsalarni yo‘qotmas ekanmiz, «futbolimiz go‘rkovlari» haqida gapirishdan charchamaymiz.

Bir narsa meni hayron qoldiradi: nahotki shuncha yil mobaynida bolalar futboliga ajratilgan milliardlab so‘m mablag‘ evaziga O‘zbekiston sharafini munosib himoya oladigan, JChga chiqish kabi xalqimiz orzusini ro‘yobga chiqara oladigan 11 nafar azamat yetishib chiqmadi? Aslida aynan shu masala ustida bosh qotirish kerak!

Men Babayanni oqlash fikridan yiroqman. Yuqorida aytganimdek, u ham o‘ziga yarasha ko‘plab xatolar qildi. Milliy terma asosiy tarkibida maydonga tushishi savol ostida turadigan o‘yinchilarga ishonib qo‘ydi.

Biroq, men faqat bu masalaga sal o‘zgacharoq nazar tashlashni taklif qilayapman, xolos. O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinlarida Osiyo, Yevropa, Afrikaning bir qadar saviyali (Yaponiya, Fransiya, Nigeriya haqida gapirish umuman orzu!) terma jamoalari bilan maydonga tushmaganida faqatgina u aybdor emasdir? O‘FFda bu masala bilan shug‘ullanadigan boshqa shaxslar nega qo‘l qovushtirib turishdi?

Nima uchun aslida menejerlik bilan shug‘ullangan insonni terma jamoaga bosh murabbiy qilib qo‘yishdi? Federasiyada ishlovchi ba’zi shaxslar futbolimiz haqida jon kuydiradigan jurnalistlarning ustidan mazax qilib o‘tirishiga sabab nima?

DAVOMI

Davomini telegram orqali o‘qish

Kiritilgan sana: 11.09.2017 16:11. O'kildi: 12155 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик