Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba.

  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 20.11.2024 01:00
      • Boliviya
      • 2:2
      • Paragvay
      • 20.11.2024 04:00
      • Kolumbiya
      • 0:1
      • Ekvador
      • 20.11.2024 05:00
      • Argentina
      • 1:0
      • Peru
      • 20.11.2024 05:00
      • Chili
      • 4:2
      • Venesuela
      • 20.11.2024 05:45
      • Braziliya
      • 1:1
      • Urugvay
  • Superliga
      • 21.11.2024 18:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • OKMK
      • 22.11.2024 16:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 22.11.2024 18:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • Navbahor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 52
2 OKMK 24 41
3 So‘g‘diyona 24 40
4 Navbahor 24 39
5 Paxtakor 24 38
6 Neftchi 24 37
7 Surxon 24 33
8 Dinamo 24 29
9 Qizilqum 24 27
10 Andijon 24 26
11 Olimpik 24 25
12 Bunyodkor 24 24
13 Lokomotiv 24 21
14 Metallurg 24 17

O'tgan o'yinlar.

24-тур OKMK 2-2 Olimpik
24-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
24-тур Bunyodkor 1-1 Metallurg
24-тур Navbahor 5-2 Paxtakor
24-тур Nasaf 0-1 So‘g‘diyona
24-тур Surxon 0-0 Neftchi
24-тур Andijon 0-0 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

21/11/24 Paxtakor - OKMK
22/11/24 Neftchi - Nasaf
22/11/24 Qizilqum - Navbahor
23/11/24 Olimpik - Bunyodkor
23/11/24 Andijon - Dinamo
24/11/24 Metallurg - Surxon
24/11/24 So‘g‘diyona - Lokomotiv

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2038 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.11.2024

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Фёдор Кудряшов.
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      21:35 Новости футбола.
      21:40 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      23:40 Новости футбола.
      23:45 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      01:45 Новости футбола.
      01:50 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.11.2024

      07:30 "Кто кого?".
      08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      10:00 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Финал.
      10:40 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Юниорки. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      22:40 "Кто кого?".
      23:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      23:30 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      01:40 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      03:20 "Тайны звёзд спорта".
      03:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Матч за 3-е место.
      04:20 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.11.2024

      05:00 "Лига героев".
      07:00 "Жизнь после спорта".
      07:30 Футбол. МЕЛБЕТ-Первая Лига. Обзор тура.
      08:00 "Вопреки всему".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "Непобедимый".
      13:30 Смешанные единоборства. UFC 267 в Абу-Даби, ОАЭ. Пётр Ян против Кори Сэндхагена.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 LIVE "Есть тема!". Прямой эфир.
      16:25 "Большой хоккей".
      16:55 "Вопреки всему".
      17:30 Новости.
      17:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      19:55 LIVE Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Прямая трансляция.
      21:25 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Торпедо" (Нижний Новгород). Прямая трансляция.
      23:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:55 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Свободная пирамида.
      01:55 Евротур.
      02:45 Д/ф "Лионель Месси".
      03:55 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.11.2024

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 5 в Оберстдорфе, Германия. HS 137.
      08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 6 в Гармиш-Партенкирхене, Германия. HS 142.
      09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Женщины.
      11:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      13:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      14:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      16:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      17:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      21:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      22:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      01:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      02:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      04:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Mesut Ozilning olmoncha idrok va turkcha muhabbati

Baho:
+0; -0

Germaniya termasi va Angliyaning «Arsenal» klubi vakili, kelib chiqishi turk bo‘lgan Mesut Ozilning nemislar bosh jamoasidan mustahkam o‘rin olishi haqidagi xotiralari ko‘pchilikni qiziqtirishi turgan gap.

Quyida mahoratli futbolchi boshidan o‘tgan kechinamalarini o‘zi so‘zlab beradi.

- Germaniyada tug‘ilganman, ammo Turkiya fuqarosi edim. O‘sha paytlarda ikki mamlakat fuqaroligi bo‘lmagan. Albatta, bolaligimda men uchun chegaralar mavjud emasdi.

Qaysi bola pasportiga qarab, fuqaroligi to‘g‘risida bahslashadi, axir? Unga immigrasiya siyosatining qizig‘i bormi, u bo‘sh vaqtini fuqarolik to‘g‘risidagi qonunni mutolaa qilish bilan o‘tkazadimi? Tabiiyki, yo‘q.

Voyaga yetgach, meni ajoyib faoliyat kutayotgani ma’lum bo‘ldi va bu masalaga oydinlik kiritishga to‘g‘ri keldi. O‘z-o‘zimdan so‘rashim kerak edi: aslida kimman? Nemismi yoki turk?

Qachonlardir imkon tug‘ilsa, qaysi mamlakat sharafini himoya qilaman? Germaniyami yoki Turkiya? Bu kabi savollarga sanoqli daqiqalarda javob topish osonmas.

Axir biz mayda-chuyda narsa haqida gaplashmayapmiz-ku. Aynan o‘shanda qabul qilgan qarorim butun faoliyatimga ta’sir o‘tkazdi.

Odatdagiday, mazkur masalani oilamiz davrasida muhokama qildik, turli qarashlarni eshitdik. Har kim o‘z fikrini ochiq-oydin bayon etdi va buning uchun ulardan minnatdorman.

To‘g‘ri, ba’zida hatto oila a’zolaring berayotgan maslahatlar ham ob’ektiv darajada bo‘lmaydi. Agar o‘g‘il Germaniyaning nariga burchagiga bormoqligini aytsa, ona bunga qarshilik bildiradi - zero, u farzandi doim yonida bo‘lishini istaydi. Buni to‘g‘ri tushunaman.

Onam Gulizar Turkiya uchun o‘ynashimni xohlagandi. «Yodingda tut, ildizlaring o‘sha yerda, - degandi u. - Buvilaring va bobolaring turklar yurtidan kelishgan. O‘rningda bo‘lganimda, Turkiyani tanlardim».

Tog‘am Erdog‘an ham shu fikrda edi, uning so‘zlarini ham diqqat bilan tingladim. 17 yoshga to‘lgunimga qadar Zonguldakka ikki marta borgan va o‘zimni yaxshi his qilgan bo‘lsam-da, u yerni uyim deb bilmagandim. Dengiz bo‘yida chuqur nafas olganimda ham vatanga qaytish hissini tuymaganman.

Otam esa onam va tog‘amning fikrlariga qo‘shilmadi: «Mesut Germaniyada tug‘ildi. Shu yerda maktabga bordi. Nemis klublarida futbol sabog‘ini oldi. Shuning uchun u Germaniya termasida o‘ynashi kerak».

Ukam Mutlu bu masalada o‘z mulohazalarini bildirganda esa kulgim qistadi: «Mesut Germaniya uchun o‘ynashi shart, - dedi u. - Siz Turkiya termasining eng yaxshi ishtirokini bilasizmi? 2002 yili Janubiy Koreya va Yaponiyada o‘tkazilgan mundialda 3-o‘rin.

Germaniya esa 1954, 1974 va 1990 yillarda jahon kubogini yutgan». Oilaviy yig‘in so‘ngida singlim Nese ham men bilan gaplashgani kelib, chiroyli jilmaygancha dedi: «Menga turklar jamoasi kiyadigan liboslar yoqadi».

Shu tariqa, Nesening fikrini inobatga olmaganda, oilamiz a’zolari bildirgan fikrlar teng bo‘ldi - 2:2. Xo‘sh, mening qarorim qanday bo‘lgandi? Dastlab otam kabi o‘ylagandim, ammo buni ochiq-oydin aytolmasdim.

Haftalar davomida turli variantlarni ko‘rib chiqdim. Ko‘pincha krovatimda yotgan ko‘yi maydonga nemislar termasi safida tushayotganimni xayolimdan o‘tkazardim. Nihoyat, bir to‘xtamga keldim.

2006 yilning bahorida yaqinlarimni qarorimdan boxabar, qildim. O‘shandayoq otam bilan Turkiyaning Myunsterdagi bosh vakolatxonasiga pasportimni topshirish uchun bordik.

Onam va tog‘amni xafa qilib qo‘yganimda, qayg‘uga tushgan bo‘lsam-da, orzularim ro‘yobidagi ilk qadam meni quvontirgandi. Ammo o‘sha kuni pasportimni topshirishga imkon berishmadi va endi Myunsterdan Gelzenkirxenga 80 km. yo‘l bosib quruq qo‘l bilan qaytishga to‘g‘ri keldi.

Shunga qaramay, ertasiga yana Turkiya bosh vakolatxonasiga bordik. Kutdik, kutishdan charchamadik. Va nihoyat, u yerdagilar talabimizni bajarishga majbur bo‘lishdi.

O‘sha davrga kelib ko‘p narsa oydinlashgandi. 2006 yilning sentyabrida 17 yosh 10 oyu 21 kunligimda ilk bor Germaniya U-19 termasi safida maydonga tushdim.

Mazkur jamoa uchun 10 uchrashuvdan ortiq o‘ynadim va bu davr Diter Aylts meni U-21 jamoasiga o‘tkazgunicha davom etdi. FIFA qoidalariga ko‘ra, yoshlar termasida o‘ynash milliy jamoani tanlashga to‘g‘anoq bo‘lolmaydi.

Lekin meni endi bu savol qiziqtirmas, o‘z qarorimni allaqachon qabul qilgandim.

O‘sha paytda Dortmundda joylashgan turk futbol assosiasiyasining Yevropa bo‘limi bosh skauti Metin Tekin (hozir bu tashkilot Kyolnda) bir nechta bahsda Germaniya yoshlari tarkibida maydonga tushganimdan so‘ng otam bilan muloqotga chiqdi va Turkiya termasi safida maydonga chiqishim lozimligiga uni ko‘ndirmoqchi bo‘ldi.

Meni turklar mashg‘ulot o‘tayotgan lagerga taklif qilishdi va jamoaning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Fotih Terim 2009 yil fevralida Kot-D~Ivuarga qarshi uchrashuvda meni albatta, tarkibga qo‘shishga va’da berdi.

Hamit va Halil Oltinto‘plar ham assosiasiya iltimosi bilan meni shu qadamni tashlashga chorlashdi.

Hamma qarorimni muhokama qilishga tushgandi. Ammo Germaniya va Turkiya o‘rtasidagi kelishmovchilikda aybdor emasdim. Hech qanday yomon ish qilmagan, shunchaki, yakuniy qarorimni e’lon qilgandim, xolos. O‘sha kezlari «Verder» safida to‘p surardim.

Turkiyalik jurnalistlar mashg‘ulotlar lagerida meni savollarga ko‘mib tashlashdi. Turk jamoasi murabbiyining yordamchisi Mufit Erkasap ham muloqot qilish uchun atayin Istanbuldan kelgandi.

Ammo men na u va na jurnalistlar bilan gaplashdim, chunki taqdirimga boshqalar aralashishini istamasdim.

Yoaxim Lev Norvegiyaga qarshi o‘yinda ishtirok etishim uchun termaga jalb qilgach, matbuotchilar, hattoki, nemis siyosatchilarining ham menga bo‘lgan qiziqishi ortdi. Germaniya milliy jamoasi safida maydonga chiqishim bu qadar shov-shuv ko‘tarishini kutmagandim.

Keyinroq Turkiya futbol assosiasiyasining Yevropa bo‘limi direktori Hoqon Eseroglu Bild nashri orqali meni aybladi: «Mesut yaxshi futbolchi, jasoratli yigit. Ammo u atrofidagilar ta’siriga tushib qoladi». G‘irt yolg‘on.

Germaniya termasi safida ilk bor maydonga tushganimda, saytimni vaqtincha bo‘lsada yopib qo‘yishga to‘g‘ri keldi - nomimga bildirilgan yomon fikrlar bunga sabab edi. Germaniya foydasiga chiqargan qarorim Turkiyaga nisbatan yomon fikrdaligimni bildirmaydi, aslo.

2009 yilning 11 fevral kuni 20 yosh 3 oyu 27 kunligimda Germaniya milliy jamoasi tarkibida dastlabki o‘yinimni o‘tkazdim. Aniqrog‘i, bahsni zaxira o‘rindig‘ida - Tim Vize, Tomas Xitslsperger, Simon Rolfes va boshqalar bilan boshladim.

Mazkur uchrashuv Germaniya termasining o‘sha yildagi ilk o‘rtoqlik bahsi bo‘lib, u JChga saralash boshlanishidan 6 hafta avval o‘tkazilgani bilan ham e’tiborli edi.

Tanaffusda murabbiy bir nechta o‘zgarishni amalga oshirdi - Per Mertesaker, Andreas Xinkel va Miroslav Klozening o‘rniga maydonga Serdar Tashchi, Andreas Bek va Patrik Xelmes tushirildi. Bu o‘ta og‘ir uchrashuv bo‘lgandi.

Biz nima qilishni bilmasdik, bosim o‘tkazolmasdik. Kristian Grindxaym burchak zarbasidan gol urib, hisobni Norvegiya hisobiga (1:0) o‘zgartirdi. Dyusseldorf stadioniga yig‘ilgan muxlislarning kayfiyati tushib ketdi.

Yoaxim Lev esa o‘zgartirishlarni davom ettirardi - Mario Gomesni Shtefan Kisslingga, Torsten Frigsni esa Marko Maringa almashtirdi. 78-daqiqaga kelib esa Petr Troxovskining o‘rniga men tushdim va 12 daqiqa o‘ynadim.

Menga atalgan hushtakbozliklar uzoqqa cho‘zilmadi. Tezlik olayotganimda sekin bo‘lsada nomimga bildirilgan ma’qullovchi gaplar yangradi. Qisqasi, maydonga nemislar libosida tushganimda noqulay ahvolga tushmadim.

Aslida, sharoit yaxshi emasdi. Fanatlar noroziligi ortar, jamoa o‘z me’yoriga tusha olmas, hisob ham «noto‘g‘ri» edi. Albatta, maydonga tushiganimdan quvondim.

Germaniya 1936 yildagi Olimpiada o‘yinlaridan beri Norvegiyaga yutqazmagandi. Ushbu mag‘lubiyatdan keyin esa (bungacha noyabrda Angliya termasiga yutqazib qo‘ygandik) matbuot ustimizga bir tonna g‘isht ag‘darilganday tanqid yog‘dirdi.

Zero, 1956 yildan beri Germaniya termasi qatorasiga ikki uy o‘yinini boy bermagandi. Mikst-zonadan stadionni tark etayotganimda, muxbirlar mendan «Germaniya termasini tanlaganingizdan afsuslanmaymizmi?», - deb so‘rashdi.

Albatta, afsuslanmasdim, ammo bunday ahmoqona savolga javob berishni istamadim.

Germaniya termasi uchun 12 daqiqa o‘ynash meni shu yurt termasiga bog‘lab qo‘ymagandi, chunki FIFA qoidalariga ko‘ra, Norvegiyaga qarshi o‘tgan o‘yin rasmiy maqomga ega emasdi.

2009 yil avgustida Ozarbayjonga qarshi bahsda maydonda 6 daqiqa harakat qildim va shu bilan shaxsimga nisbatan bildirilayotgan turfa fikrlar qisman nihoyasiga yetdi, ammo batamom emas.

Kulminasiya 2010 yilning oktyabriga to‘g‘ri keldi - o‘shanda Germaniya Berlinda Yevropa chempionati saralashi doirasida Turkiya termasini qabul qildi.

Mening tanlovimni muhokama qilmagan birorta ham OAV qolmadi, o‘shanda. «U turk, aslo nemis emas. U Germaniya bilan qanday qilib faxrlanishi mumkin?» kabi savollar yangradi. Ammo bu qarashlarning bari puch yong‘oqday edi.

2010 yilning oktyabri. Berlinda Turkiya termasiga qarshi o‘ynayapman. Volkan Demirel darvozasiga to‘p kiritgach, golimni nishonlamadim, chunki bu hurmatsizlik edi. Gap uchrashuv yoki 3 ochko haqida emasdi.

Hatto ayrimlar bahsdan so‘ng butsalarimning rangini muhokama qilishdi. Masalan, bir gazeta rang tanlashim orqali (qizil yoki oq) turkiyalik fanatlarga Germaniyani tanlagan bo‘lsam-da, Turkiyaga yaqinligimni isbotlashga intilishim mumkinligi bilan qiziqdi. Ammo maqsadim bu emasdi.

O‘ta og‘ir kechgan bahsning 79-daqiqasida Filipp Lam menga aniq «pas» berdi va kutilmaganda raqib darvozaboni bilan birga-bir chiqdim - 2:0, Germaniya foydasiga. Lekin golni bayram qilmaslikda davom etdim. Chunki yuragim nemischa va turkcha uradi.

O‘yindan so‘ng darhol dushxonaga yo‘l olganim bois, kiyim almashtirish xonasidagi voqealardan bexabar edim. U yerga chiqqanimda esa kutilmagan mehmon - Germaniya kansleri Angela Merkel menga qo‘l uzatdi:

«G‘alaba bilan tabriklayman, Mesut, - dedi Merkel xonim. - Golingiz bilan ham. Bahs qanchalik og‘ir bo‘lganini tasavvur qilyapman. Butun o‘yin davomida kuzatilgan hushtakbozliklardan tashvishga tushmaganligingiz bilindi».

Kansler xotirjam ohangda gapirar va ko‘zlarimga tik boqqancha turardi. «Bugungidan ham qiyinroq o‘yinlar bo‘lgan, - javob qildim men.

- Golni nishonlamaganimning boisi provokasiyalarga sababchi bo‘lib qolmaslik edi». «Hammasini ajoyib tarzda uddaladingiz», - dedi Merkel.

Biz yana bir necha daqiqa suhbatlashdik. Raqib futbolchilarining o‘zlarini tutishidan qoyil qolganimni aytdim. O‘yindan so‘ng Turkiya termasi sardori oldimga kelib, futbolkalarni almashtirishni so‘radi.

Juda xursand bo‘ldim. Raqiblar mening qarorimdan norozi kayfiyatda emasligi, meni to‘g‘ri tushunishganidan boshim osmonga yetgandi.

OAVda kansler bilan tushgan suratimiz tarqalgach, vaziyat tamomila o‘zgardi. DieZelt meni «namunali immigrant» deb atadi, nomim masalaga oid muhokamalarda tilga tushdi.

Ba’zilar ijobiy fikr bildirishsa, ayrimlar mening ibratli bo‘la olmasligimga sabab sifatida nemischada birorta gapni grammatik xatolarsiz yozolmasligimni ko‘rsatishardi. Futboldan bo‘lak hech narsani bilmasligimni ta’kidlamoqchi bo‘lishardi.

Hech qachon bunday muhokamalarda qatnashmadim, o‘zimni boshqalardan yuqori qo‘ymadim. Zero, uzoq o‘ylanishlardan keyin Germaniya uchun o‘ynashga qaror qilgandim. O‘z ishimni yaxshi bajardim.

Turkiyada ham, Madridda ham yaxshi yashadim, hozir esa Londondaman. Ayrimlar o‘zlarining bema’ni savollariga javob olishga intilishda davom etishyapti:

«Xo‘sh, kimligingni ayt? Nemismisan yoki turk? Ko‘proq qayerda bo‘lishni istaysan? Germaniyami yoki Turkiya? Ulardan birini tanlashing kerak. Har ikkisini tanlay olmaysan. Faqat oq yoki qizil variantlar bor. Xuddi turk yoki nemis bo‘lgani kabi».

Oldimda birgina savol turgandi: Germaniya uchun maydonga tushaymi yoki Turkiya? Oddiyroq aytganda, ulardan birini tanlashim shart edi. Lekin meni shoshiltirishgani doim ham yoqavermaydi.

Sen ikki xil madaniyatga taalluqli bo‘lishing va bu bilan mag‘rurlanishing, yurak bir paytning o‘zida nemischa va turkcha urishi, nemischa o‘ylashing va o‘zingni turk deb bilishing mumkin.

Integrasiya shunday ishlamoqda - o‘zaro hurmat asosida, xuddi biror katta futbol klubida bo‘lgani kabi. Bosimlarga qaramay, nemislar termasining bir bo‘lagi ekanligimdan faxrlanaman va Turkiya bilan teskari bo‘lib qolmaganimdan baxtiyorman.

I.OBIDOV tayyorladi

Kiritilgan sana: 27.11.2017 10:43. O'kildi: 6481 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.