Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 24 55
2 Paxtakor 23 52
3 Navbahor 23 45
4 OKMK 24 39
5 Lokomotiv 23 38
6 Buxoro 23 37
7 Nasaf 23 37
8 Qizilqum 24 33
9 Andijon 24 30
10 Dinamo 23 30
11 So‘g‘diyona 24 29
12 Surxon 24 28
13 Qo‘qon-1912 24 23
14 Bunyodkor 24 23
15 Xorazm 24 23
16 Mash’al 24 4

O'tgan o'yinlar.

24-тур Andijon 0-1 Qizilqum
24-тур Mash’al 0-1 OKMK
24-тур Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
24-тур Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
24-тур Surxon 0-0 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

17/10/26 Lokomotiv - Nasaf
17/10/26 Dinamo - Buxoro
17/10/26 Navbahor - Paxtakor

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2542 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2795 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.10.2026

      06:00 Снукер. Финал.
      08:00 Велоспорт. Третий этап. Женщины.
      09:00 Велоспорт. Третий этап. Мужчины.
      10:00 Снукер. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      14:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      15:35 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:15 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 4.
      21:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      23:00 Снукер. Финал.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Termamiz himoyasidagi jiddiy yo‘qotish haqida

Baho:
+0; -0

Suriyaga qarshi kechadigan o‘yin oldidan noxush yangilik tarqaldi - O‘zbekiston terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan bo‘lgan Vitaliy Denisov «Lokomotiv» tarkibida Rossiya chempionatida «Spartak»ka qarshi o‘tkazilgan o‘yinda jarohat olibdi. Yomon tomoni, Denisov jarohat bilan so‘nggi daqiqalarga qadar o‘ynagan. Bu esa vaziyatni yanada chigallashtirishi turgan gap.

Denisov tabiatan shunday futbolchiki, u maydonda yetakchilikni o‘ziga olishga intilmaydi, boshqa jamoadoshlariga dakki berib, tuzukroq o‘ynashga undash unga xos emas. Vitaliy shunchaki, o‘z ishini to‘g‘ri qiladi va murabbiyning ko‘rsatmasini har bir «harfi va verguli»gacha bajarishga odatlangan. Shu bois ham murabbiylar uni juda qadrlaydilar.

O‘zi o‘ynagan barcha klublarda va O‘zbekiston terma jamoasida mudom asosiy tarkibda bo‘lganining boisi ham shunda. JCh saralashining muhim o‘yinlari oldidan terma jamoamiz mana shunday futbolchidan ajralgan ko‘rinadi. Har holda o‘ng oyoq son mushaklarining old qismi jarohatlangan futbolchining 4 kunda safga qaytib, Suriyaga qarshi o‘ynashi oson bo‘lmasa kerak. Xo‘sh, bu yo‘qotish O‘zbekiston terma jamoasi uchun qay darajada og‘riqli bo‘ladi?

Albatta, Vitaliy Denisov muhim futbolchilar sirasiga kiradi. Bejizga uni Rossiya chempionatida «elektrichka», deb atamaydilar. Vitaliy yaxshi jismoniy tayyorgarlik, texnika va tezlikka ega bo‘lgani bois himoyadan hujumga tez-tez o‘tadi va «Lokomotiv»ning asosiy hujumlari aynan uning qanotidan ko‘p tashkil etiladi.

Denisovning O‘zbekiston terma jamoasidagi o‘yini haqida ham deyarli shunday fikr bildirish mumkin. Garchi oxirgi vaqtlarda termaning o‘yin uslubi o‘zgargani bois Vitaliydan ko‘proq himoyada ishonchliroq o‘ynashni talab qilishayotgan bo‘lsa-da, uning hujumkorlik qobiliyati hech qayerga yo‘qolmagan. Kerak vaqtda bemalol oldinga o‘tib, vaziyatni keskinlashtirishi mumkin. Tabiiyki, bunday futbolchining tarkibda yo‘qligi bilinadi. Biroq agar mana shu yo‘qotish hal qiluvchi ahamiyat kasb etsa, bilingki, terma jamoada muammolar bor ekan.

Chunki hech bir futbolchi terma jamoa uchun almashtirib bo‘lmas ahamiyat kasb etmasligi lozim. Chunki bu qandaydir klub emas, yangi futbolchi sotib olish uchun transfer mavsumini kutadigan.

Terma jamoada bir-birining o‘rnini bosadigan  nomzodlar bo‘lishi lozim. Samvel Babayan shundoq ham Eronga qarshi Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng (0:1) jamoa o‘yini to‘lig‘icha Odil Ahmedovga bog‘liqligi va u yo‘qligi bois mag‘lubiyatga uchralganini gapirib, yurakka g‘ulg‘ula solib qo‘ygan edi. Agarda Vitaliy Denisovning yo‘qligi ham qandaydir muammolarga olib keladigan bo‘lsa, demak hali biznikilar jahon chempionatiga chiqishga darhaqiqat tayyor emas ekan.

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi JCh saralashida Suriya va Qatarga qarshi maydonga tushadiganlar ro‘yxatini ancha oldin taqdim etib bo‘lgan. Ammo ayni vaqtda tarkibda bo‘lganlardan Vitaliy Denisovning o‘rnini bosadigan futbolchi sifatida faqat Oleg Zoteevni ko‘rsatish mumkin bo‘lsa kerak.

Agar Vitaliy yig‘inda ishtirok eta olmasa, demak uning o‘rniga boshqa futbolchi chaqiriladi. Albatta, nomzodlar bor, ammo ular Denisovning o‘rnini bosa olisharmikan?

Bu hali hammasi emas, davomi: www.iff.uz

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 23.03.2017 09:47. O'kildi: 7763 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик