Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 24 55
2 Paxtakor 23 52
3 Navbahor 23 45
4 OKMK 24 39
5 Lokomotiv 23 38
6 Buxoro 23 37
7 Nasaf 23 37
8 Qizilqum 24 33
9 Andijon 24 30
10 Dinamo 23 30
11 So‘g‘diyona 24 29
12 Surxon 24 28
13 Qo‘qon-1912 24 23
14 Bunyodkor 24 23
15 Xorazm 24 23
16 Mash’al 24 4

O'tgan o'yinlar.

24-тур Andijon 0-1 Qizilqum
24-тур Mash’al 0-1 OKMK
24-тур Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
24-тур Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
24-тур Surxon 0-0 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

17/10/26 Lokomotiv - Nasaf
17/10/26 Dinamo - Buxoro
17/10/26 Navbahor - Paxtakor

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2542 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2795 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.10.2026

      06:00 Снукер. Финал.
      08:00 Велоспорт. Третий этап. Женщины.
      09:00 Велоспорт. Третий этап. Мужчины.
      10:00 Снукер. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      14:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      15:35 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:15 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 4.
      21:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      23:00 Снукер. Финал.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

«IMIJ» ALMASHGANIDA...yoxud kasbini o‘zgartirgan futbolchilar

Baho:
+0; -0

Ko‘pchilikning xabari bo‘lmasa kerak, yaqinda «Arsenal»ning sobiq himoyachisi Per Mertezaker o‘zini sharhlovchi «roli»da sinab ko‘rdi. Ammo siz o‘ylagandek, futbol sohasida emas.

Germaniyalik futbolchi yoshligidan basketbol o‘yiniga befarq emasdi va katta futboldagi faoliyatiga nuqta qo‘yganidan so‘ng basketbol bo‘yicha Yevroliganing SSKA — «Bavariya» uchrashuvida ilk bor o‘zini sinab ko‘rdi.

Lekin shunisi ham borki, Mertezaker - futboldan keyin boshqa sport turiga «sirg‘alib» ketgan yagona inson emas...

Gabriel Batistuta

«33 yoshimga kelib, juda charchadim. Yelkamda qandaydir og‘ir bosimni his qilyapman. Jismoniy holatim ham albatta, avvalgidek emas. Shu sababli, faoliyatimni yakunlasam bo‘laveradi», — degandi afsonaviy hujumchi 2005 yilda. Oradan to‘rt yil o‘tib, sobiq forvard «Boka Xuniors»ga ko‘chib o‘tdi. Ha, aynan shu klubga. Faqat biz aytayotgan «Boka» a’zolari futbol emas, polo bilan shug‘ullanishardi. Zero argentinalik yulduz azal-azaldan sportning bu turiga muhabbatini ta’kidlab kelardi. Birgina yoqimsiz tomoni, Gabriel yangi yo‘nalishda futbolchalik shuhrat qozonmadi, ammo bir-ikkita turnirda qatnashdi, harqalay...

Biksant Lizarazyu

Fransiyalik himoyachi Biksant Lizarazyu futbolda qanday yirik natijalarga erishganini yaxshi bilasiz. Deylik, u «Bavariya» safida Germaniyadagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan, YECHLda g‘olib chiqqan, Fransiya termasining afsonaviy avlodi tarkibida avvaliga JCH, keyin esa Yevropa chempionatida oltin medallarga ega bo‘lgan. Qisqasi, Biksant, bundoq qarasa, futbolda boshqalar orzu ham qila olmaydigan ko‘rsatkichlarga erishibdi. Shundan so‘ng Lizarazyu boshqa sport turlarida qatnashib ko‘rishni ixtiyor etdi. E’tiborlisi, u kutilmagan tarzda, o‘zini chanada sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi va hatto, shunday natijalarga erishdiki, Fransiya sharafini 2006 va 2010 yilgi Olimpiadalarda himoya qilishi ham mumkin edi. Lekin federasiya rahbarlari undan ko‘ra tajribaliroq sportchilarni tanlashdi. Shu tariqa, chanadan ko‘ngli qolgan Biksant ko‘p o‘tmay jiu-jitsu bo‘yicha qora belbog‘ sohibi Yannik Beven bilan tanishib qoldi. Beven esa sobiq futbolchini shunchalik ruhlantiradiki, natijada Biksant jiu-jitsu bo‘yicha 2009 yilgi Yevropa chempionatida shohsupaga ham ko‘tariladi.

Rio Ferdinand

«Manchester Yunayted» yulduzi Rio Ferdinand 2015 yili saraton kasalligi tufayli sevimli rafiqasi Rebekku Ellisondan ayriladi. Katta ehtimol bilan aytish mumkinki, aynan shu ayriliq Rioning hayotiga keskin ta’sir qiladi va u hammasini boshdan boshlaydi. Xususan, sobiq futbolchi «eski maktab» inglizlari kabi, boksga juda qiziqardi va hatto «Instagram»dagi sahifasida o‘zi qatnashgan boks mashg‘ulotlaridan suratlarni joylagandi. «Boks — tana va ruh uchun g‘oyat foydali ajoyib sport turi. Men doim boksning ashaddiy muxlisi bo‘lganman. Futboldan ketganimdan so‘ng o‘zimni ringda sinab ko‘rishga imkoniyat tug‘ildi va bundan juda baxtliman», — degandi sobiq himoyachi. Ammo afsuski, Ferdinand baribir, o‘z maqsadiga yetolmadi. Aniqroq aytsak, Rio kerakli sport formasiga kirib olish uchun astoydil shug‘ullanib, Tayson Fyuri yoki Entoni Joshualardan birini jangga chaqirmoqchi bo‘ldi-yu, lekin Angliya Boks assosiasiyasi Ferdinandga lizensiya berishdan bosh tortdi.

Rashad Sadigov

Ba’zida taqdir inson boshiga shunday kunlarni soladiki, qochgani joy topolmaysan... Ozarbayjonlik futbolchi Rashad Sadigov ham qismatning turli hazillaridan «bahramand» kishilar qatoridan. Deylik, Rashad Turkiyaning «Qaysarispor» klubi bilan shartnoma tuzganida, kelajagi porloq bo‘lishiga shubha qilmagandi. Lekin ayrim sabablar tufayli Rashadning Turkiyadagi sayohati bir nechta o‘yingacha cho‘zildi, xolos va u yana Ozarbayjonga qaytishga majbur bo‘ldi. Achinarlisi, u qaytgan vaqtda Ozarbayjonda transferlar oynasi yopilib bo‘lgandi. To‘g‘ri, AFF futbolchiga yordam berishga imkon qadar harakat qildi, ammo bundan ish chiqmadi. Shundan so‘ng Sadigov tushkunlikka tushmay, quyi ligalarda to‘p surishdan bosh tortdi-da, o‘zi yoqtirgan sport turi - basketbolga yuzlandi. Shunisi qiziqki, Rashad «NTD Servis Devon» basketbol klubidagi ilk o‘yinidayoq jamoa foydasiga 13 ochko ishladi. Shundan keyin mamlakat futboli mutasaddilari istisno tariqasida Sadigovga imkon yaratishadi. Albatta, iste’dodli futbolchining basketbolga o‘tib ketishi muxlislarni amaldorlarga qarshi qilib qo‘yishi turgan gap edi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 12.02.2019 09:58. O'kildi: 10917 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик