Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Murabbiylar: MASHHUR BO‘LIB TUG‘ILMAYDILAR

Baho:
+0; -0

Hayotda biror-bir kasb yoki hunar yo‘qki, uni osonlikcha egallash mumkin bo‘lsa. Qaysidir uchrashuvni tomosha qilish chog‘ida murabbiy qaroridan norozi bo‘lamiz, uning o‘rnida sal boshqacharoq xulosaga kelishimizni ta’kidlaymiz. Aslida esa, chetdan turib maslahat berishdan osonroq ish yo‘qligini yaxshi bilamiz. Hatto eng mashhur murabbiylar ham o‘z faoliyatlarini xatoliklar bilan boshlashgan, lekin taslim bo‘lmasdan, maqsad sari intilishgan. Oxir-oqibat, ular shonli zafarlarga erishib, muvaffaqiyatlar xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish orqali qo‘lga kiritilishini isbotlashgan. Bunga misollar yetarlicha...

Arsen Venger («Nansi»)

Tinimsiz izlanishlar va metin iroda evaziga omadsizlikni muvaffaqiyatga aylantirgan, faoliyati davomida sharafli «Professor» unvoniga sazovor bo‘lgan fransiyalik mutaxassis o‘z vaqtida yosh Tyerri Anrini «Monako»ga, keyin ikki marta «Arsenal»ga olib kelgandi. Ota-bolaga xos samimiy hamkorlik yana davom etishiga shubha qilmaymiz, omadsizlikka yuz tutgan shogirdini murabbiylikka qaytarish uchun «Professor» qimmatli maslahatlarini ayamasligi aniq.

O‘zining yangi sohadagi jiddiy qadamini Venger «Nansi» klubida qo‘ygandi. O‘shanda jamoa moliyaviy muammolar girdobida qolgan, tarkib ham risoladagidek emasdi. Murabbiyning qadrdon do‘sti, «Nansi»dagi ilk xaridi bo‘lmish Jan-Lyuka Arribar 2017 yilda o‘tmishdagi bir voqeani yodga olgandi:

«O‘shanda biz «Len»ga 3 yoki 4 to‘p farqi bilan imkoniyatni boy bergandik. Murabbiy o‘zini yomon his qila boshladi. Oxir-oqibat, avtobusni to‘xtatishga majbur bo‘ldik. Pastga tushishga arang ulgurgan Arsen yo‘l chetida qayt qilib yubordi va bir necha daqiqadan keyin o‘ziga keldi».

Vengerning debyut mavsumini jamoa turnir jadvalining o‘rtasida yakunladi. Biroq muammolardan xalos bo‘la olmadi. Natijada Arsen «Monako»ga yo‘l oldi. Keyingi voqealar rivojidan yaxshi xabardorsiz.

Bobbi Robson («Fulxem»)

PSV, «Sporting», «Barselona» va Angliya terma jamoalaridagi xizmatlari tufayli «Ser Bobbi» maqomiga erishgan mutaxassis ham faoliyatining dastlabki bosqichida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan. To‘g‘ri, u «Ipsvich» orqali ko‘pchilik e’tiborini qozondi. Lekin chinakam dramatik voqealar aynan «Fulxem»da yuz berdi. 11 yil davomida jamoa sharafini munosib himoya qilgan futbolchining ustozlik faoliyati 11 oyga yetmay yakunlandi.

Robsonga bosh murabbiy vakolati berilgan pallada jamoa 21-o‘rinda borayotgandi. Mavsumni esa 22-pog‘onada yakunladi. Oqibatda murabbiy noyabrda iste’foga chiqarildi.

Antonio Konte («Aresso»)

Hozirgi soch turmagiga ega bo‘lishidan avval italiyalik mutaxassis o‘z malakasini «B» seriyasi vakili - «Aresso»da sinovdan o‘tkazgandi. To‘g‘ri, quyi ligada tajriba to‘plash Kontega nasib etmadi - atigi 9 uchrashuvdan keyin unga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘yishdi. Jamoa esa Konte tashrifidan avval mavjud bo‘lgan ochkolar tanqisligini 6dan 1gacha qisqartira olgani bilan maqtanishga haqli. Xullas, Antonio o‘z o‘rnini doimo uning kamchiliklarini yo‘qotishga urinib yuradigan vatandoshi - Maurisio Sarriga bo‘shatib berdi.

Oradan 4-5 oy o‘tgach, Maurisio ham iste’foga yo‘l oldi, Konte esa... ortga qaytarildi. Biroq bu «rokirovka» ham kutilgan natijani bermadi - sho‘rlik «Aresso» quyi ligaga tushib ketdi. Antonio yana ishsiz qoldi. Aytgancha, mabodo sizni «Chelsi»ning 2019 yildagi taqdiri o‘ylantirib qo‘ygan bo‘lsa, tashvishlanmang - «rokirovka» Londonda ham takrorlanishi hech gap emas.

Zayniddin Zidan («Real Madrid Kastilya»)

Elitaning badavlat grandlari va provinsiyalar namoyandalarining o‘rinbosarlari o‘zaro bellashadigan uchinchi divizion Zizudek yorqin yulduz uchun munosib janggoh emasdi. Ma’lum bo‘lishicha, Zidan murabbiylik sohasida ham futbolchilikdagi kabi shon-shuhratga erishishi uchun «Kastilya» shunchaki, oraliq marra vazifasini o‘tagan ekan. Biroq 2014 yilda bu hech kimning xayoliga kelgan emasdi. Bosh murabbiy lavozimida (rasman texnik direktor lavozimida, chunki u paytda tegishli lisenziyasi yo‘q edi) Zidan 6 uchrashuvning 5tasida imkoniyatni boy berdi. Oxirgi o‘yinda uning shogirdlari «Amorebyeta»dan 0:3 hisobida yengilishdi. To‘g‘ri, jamoa asta-sekin qaddini tiklab oldi, ammo o‘sha lisenziya bois Zidan 3 oyga jamoadan chetlatildi.

Zizu uchun yagona bo‘lib qolgan mavsumni «Kastilya» 6-o‘rinda yakunlab, «pley-off» bosqichidan chetda qoldi. Keyin esa murabbiy jamoaga qaytishga va Martin Edegor hamda Borxa Mayoral kabi noyob iqtidorlarga ta’lim berishga ulgurmadi. Buning o‘rniga 2,5 yil ichida 3 marta YECHL sovrinini qo‘lga kiritdi.

Rafael Benites («Valyadolid»)

Ha, bu tajribali murabbiy ham bir paytlari «Qirollik klubi» yoshlariga ustozlik qilgan va Zidanga nisbatan omadliroq bo‘lgandi. Lekin undan avvalroq Rafa «Valyadolid»da «to‘laqonli» faoliyatini o‘tkazgandi. Ana shu ibratga loyiq mavsumni esga olmaslik adolatsizlik bo‘lardi. Chunki Benitesning debyuti o‘ta omadsiz chiqqandi. Jamoa jadval tubiga cho‘kkan paytida uning hisobida 23ta o‘yinda atigi 2ta g‘alaba bor edi. Elitadagi o‘rnini saqlab qolishi uchun jamoa yana 9 ochko olishi talab etilardi. «Valyadolid» bu vazifani uddaladi, ammo Benites jamoani tark etganidan keyin. Murabbiy esa Segunda a’zosi - «Osasuna»ni qabul qildi. Biroq u yerda ham omadi chopmadi. Taajjubki, Benites iste’foga chiqarilgach, quyi liga taraddudini ko‘rayotgan «Osasuna» o‘zini o‘nglab oldi.

Hafsalasi pir bo‘lgan mutaxassis yaxshi niyatlar bilan «Estramadura»da ish boshladi. Avvaliga jamoaning natijalari yaxshilanib bordi, keyin pastga sho‘ng‘idi. Shundan keyin Benites 1 yillik tanaffus olishga qaror qildi.

Buni qarangki, uzoq muddatli ta’til ijobiy natijalarini berib, Rafa «Tenerife»ni elitaga olib chiqdi. Keyin «Valensiya»dan taklif oldi. Shu tariqa ispaniyalik murabbiy faoliyatining yorqin davri boshlandi - Primera, UYEFA kubogi, yana Primera va «Liverpul» bilan YECHL kubogi!

Diyego Simeone («Rasing», Avalyaneda)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda

Kiritilgan sana: 09.03.2019 10:58. O'kildi: 8998 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик