Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 24 55
2 Paxtakor 23 52
3 Navbahor 23 45
4 OKMK 24 39
5 Lokomotiv 23 38
6 Buxoro 23 37
7 Nasaf 23 37
8 Qizilqum 24 33
9 Andijon 24 30
10 Dinamo 23 30
11 So‘g‘diyona 24 29
12 Surxon 24 28
13 Qo‘qon-1912 24 23
14 Bunyodkor 24 23
15 Xorazm 24 23
16 Mash’al 24 4

O'tgan o'yinlar.

24-тур Andijon 0-1 Qizilqum
24-тур Mash’al 0-1 OKMK
24-тур Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
24-тур Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
24-тур Surxon 0-0 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

17/10/26 Lokomotiv - Nasaf
17/10/26 Dinamo - Buxoro
17/10/26 Navbahor - Paxtakor

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2542 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2795 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.10.2026

      06:00 Снукер. Финал.
      08:00 Велоспорт. Третий этап. Женщины.
      09:00 Велоспорт. Третий этап. Мужчины.
      10:00 Снукер. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      14:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      15:35 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:15 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 4.
      21:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      23:00 Снукер. Финал.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuv hakami haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+0; -0

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) 2 avgust kuni Osiyo mintaqasidan JCH-2018 turniriga saralash bosqichi «A» guruhi 10-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Janubiy Koreya o‘yiniga rasmiylarni tayinladi.

Singapurlik Muhammad Taqi al-Ja’fariy bin Ja’hari uchrashuv bosh hakami bo‘lib ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Li Tzu Liang va Min Kiat Kox yordam berishadi. To‘rtinchi hakam vazifasini Xui Chuan Fu bajaradi.

Hakamlar nazoratchisi etib bahraynlik Jasim Muhammad Mahmud Abdulkarim tayinlandi. Uchrashuv komissari - Salmon Muhammad Namshan (Saudiya Arabis­toni).

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi o‘yin 5 sentyabr kuni Toshkent­dagi «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00da start oladi. Eslatib o‘tamiz, JCH-2018 turniriga saralash bosqichi «A» guruhi 10-turning barcha uchrashuvlari bir vaqtda boshlanadi.

Quyida Muhammad Taqining umumiy profili va uning terma jamoamiz ishtirokidagi o‘yinlarni qanday boshqarganiga to‘xtalib o‘tamiz.

Dosye. Muhammad Taqi al Ja’fari bin Ja’hari 1986 yil 25 oktyabrda Singapur shahrida tavallud topgan. 2012 yildan FIFA ro‘yxatiga kiritilgan. 2012 yildan beri singapurlik hakamlar orasida birinchi bo‘lib FIFA shafe’ligidagi turnirlarda ishlay boshladi. 2015 yilgi Osiyo kubogida assistenti Jeffri Go bilan birga zaxira hakamlardan biri bo‘ldi. Joriy yil Koreya Respublikasida o‘tkazilgan 20 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida videoreferilar safida ishladi.

2016-2017 yillar uning karyerasidagi eng muhim davr bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. Chunki 30 yoshli Ja’hari Osiyoda mundial saralash bahslarida eng ko‘p (8ta) o‘yinlarda ishlagan hakam bo‘lib turibdi.

Singapurlik referi OCHLda quyidagi klublarimiz ishtirokidagi o‘yinlarni boshqargan: «Bunyodkor» - 2ta, «Lokomotiv» - 1ta, «Nasaf» - 1ta. Katta miqyosdagi musobaqalarda hozircha ishlamagan. Bu hakam hozircha biz uchun biroz omadsiz bo‘lib turibdi. Chunki u ishtirok etgan bahslarda faqat «Nasaf» g‘alaba qozongan, xolos.

2017 yil iyulida «Chelsi» - «Bavariya» bahsini boshqargan. O‘shanda bu ikki jamoa Singapur turnesini o‘tkazishayotgan edi.

Worldreferee.com veb-saytida ma’lumot keltirilishicha, xalqaro miqyosda klublar va terma jamoalar ishtirokida 45ta o‘yinni boshqargan. 2016 yilning o‘zida 14ta xalqaro bahsda ishlagan. Jami 10ta penalti belgilagan, 2ta qizil kartochka, 163ta sariq kartochka ko‘rsatgan. So‘nggi marta xalqaro arenada 2016 yil 15 noyabrda Yaponiya- Saudiya Arabistoni bahsida qizil kartochka va penalti belgilagan edi. O‘shanda birinchi bo‘lim so‘ngida yaponlar foydasiga penalti belgilangan va uni Xiroshi Kiyotake aniq bajarib, hisobni ochgandi. O‘yin oxirida (90Q2-daqiqa) saudiyaliklar sardori Osama Havsavi ikkinchi marta sariq kartochka olib, maydonni ertaroq tark etishiga to‘g‘ri kelgan.

Singapurdan yangi avlod hakamlari yetishib chiqishida ayni paytda FIFA instruktori bo‘lib ishlayotgan Shamsul Maydinning ham xizmatlari beqiyos. Futboli hatto o‘z mintaqasida quyi o‘rinda turuvchi bu mamlakatdan yetuk referining chiqishi faqat va faqat hakamlarning intiluvchanligi va maqsadlari ulkanligidan dalolat beradi.

Hamyurtimiz Ravshan Ermatov ham 30 yoshligida jahon chempionati saralashida 8ta o‘yinni boshqargan va yakunda JCH-2010 hakamlari safiga qo‘shilgandi. Bugun Muhammad Taqi uchun ham shunday imkoniyat bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, kengaytirilgan ro‘yxatdan o‘rin olgan bu hakam uchun jahon mundialiga yo‘l olish fantastik qadam bo‘ladi.

DAVOMI

Davomini telegram orqali o‘qish

Kiritilgan sana: 05.09.2017 13:07. O'kildi: 7362 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик