Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 24 55
2 Paxtakor 23 52
3 Navbahor 23 45
4 OKMK 24 39
5 Lokomotiv 23 38
6 Buxoro 23 37
7 Nasaf 23 37
8 Qizilqum 24 33
9 Andijon 24 30
10 Dinamo 23 30
11 So‘g‘diyona 24 29
12 Surxon 24 28
13 Qo‘qon-1912 24 23
14 Bunyodkor 24 23
15 Xorazm 24 23
16 Mash’al 24 4

O'tgan o'yinlar.

24-тур Andijon 0-1 Qizilqum
24-тур Mash’al 0-1 OKMK
24-тур Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
24-тур Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
24-тур Surxon 0-0 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

17/10/26 Lokomotiv - Nasaf
17/10/26 Dinamo - Buxoro
17/10/26 Navbahor - Paxtakor

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2542 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2795 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.10.2026

      06:00 Снукер. Финал.
      08:00 Велоспорт. Третий этап. Женщины.
      09:00 Велоспорт. Третий этап. Мужчины.
      10:00 Снукер. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      14:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      15:35 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:15 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 4.
      21:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      23:00 Снукер. Финал.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Oradan 10 yil o‘tib… yoxud 2007 yilning eng yaxshi yosh futbolchilari hozir qayerda?

Baho:
+-1; -0

2007 yilning noyabrida obro‘li jurnal - World Soccer tomonidan jahonning eng istiqbolli 50 nafar yosh futbolchisi aniqlangan va ularning kelajaklari yorqin bo‘lishi taxmin qilingandi.

Mana, oradan 10 yil o‘tdi. Xo‘sh, top-50 ko‘rinishidagi reyting nechog‘li to‘g‘ri chiqdi? Tabiiyki, World Soccer elit ro‘yxatga munosiblarni tanlash barobarida ayrimlarga baho berishda katta xatoga ham yo‘l qo‘ygan.

Chunonchi, bo‘lajak yulduzlar qatorida e’tirof etilgan yigitlarning ba’zilari chindan ham, yuqori darajaga ko‘tarilgan bo‘lsalar, bir guruh futbolchilar «nom-nishonsiz» chetga chiqishdi.

Deylik, o‘sha reytingda 2-o‘rinni egallagan o‘yinchi hattoki, Rossiyada ham to‘p surdi...

Kimlar ishonchni oqlashdi?

Garet BEYL. Uelslik futbolchi 18 yoshida endigina «Tottenxem» safiga qo‘shilgan va asta-sekin asosiy tarkibda maydonga tusha boshlagandi. Eng qizig‘i, «shporlar» Garetga chap qanot himoyachisi sifatida qarashgan.

Keyin haqiqiy parvoz kuzatildi - APLda qahramonliklar, CHLda «Inter»ga qarshi o‘yinda»xet-trik», 100 million yevroli transfer va «Real» bilan behisob sovrinlar...

To‘g‘ri, World Soccer tahlilchilari kelajakni aniq-tiniq ko‘rish xususiyatiga ega bo‘lishganida, Beylni o‘z ro‘yxatlarida 6-o‘rin emas, balki 1 yoki 2-pog‘onaga qo‘yishardi.

Serxio AGUERO. Xabaringiz bordir, argentinalik hujumchi yaqindagina «Manchester Siti» tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Aytish mumkinki, agar jarohatlar xalaqit bermaganida, Serxio hozirgidan ancha ko‘p gol urardi.

Jurnal xodimlari garchi Agueroni o‘sha reytingning yuqori o‘nligiga kiritgan bo‘lsalarda, ularni ortiqcha maqtash shart emas.

Zero, Aguero 10 yil oldin «Atletiko» uchun gol ura boshlagan va Argentina milliy jamoasida debyutini nishonlashga ham ulgurgandi. Xullas, bunday yigitni e’tiborsiz qoldirish mumkin emasdi.

Anxel DI MARIYA. Haqli ravishda e’tirof etilgan yana bir argentinalik. Anxel «Benfika»da yana 2 yildan keyingina chinakamiga nur sochganini hisobga olsak, World Soccer uning iqtidorini oldindan sezgandek.

Ammo argentinalik yigitcha to‘p bilan shunday hunarlar ko‘rsatardiki, yorqin istiqbolga egaligini bemalol aytish mumkin edi. Deylik, o‘sha vaqtdayoq zargarona to‘p uzatishlarni qoyillatardi. Xullas, tengdoshlari orasida yaqqol ajralib turardi, xuddi Rikardu Kuarejma kabi.

Karim BENZEMA. Fransiyalik hujumchi o‘smirligidayoq «Lion»ning boshlang‘ich tarkibidan joy olib, mavsum davomida 8ta gol urishga erishgandi.

Biroq ekspertlar uni atigi 15-o‘ringa loyiq ko‘rishgan. Bu g‘alati, albatta. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, vaqt hammasini o‘z o‘rniga tushirib qo‘ydi.

Ha, Karimning mahsuldorligi o‘ta yuqori emas, ammo u «Real» hujumidagi eng foydali futbolchilardan biri bo‘lib qolyapti, baribir.

Mesut OZIL. Bu futbolchining ham top-50ga kirgani o‘z-o‘zidan tushunarli. Axir o‘sha vaqt bundesligada chempionlik uchun «Shtutgart» va «Shalke» o‘rtasida kurash borgan.

Mesut esa Gelzenkirxen klubi asosiy tarkibining to‘laqonli vakili sifatidagi ilk mavsumidayoq tajribali futbolchilarga xos harakatlari bilan ko‘zga tashlangandi.

Germaniyalik turk keyinchalik «Verder» safiga qo‘shilib, Bremenda ikki mavsum qoyilmaqom darajada to‘p surdi, JCH-2010da yorqin nur sochganidan keyin esa Madridga ko‘chib o‘tdi. Uning keyingi taqdiri hammaga ma’lum.

Aleksis SANCHES. Chililik yigitcha 18 yoshida Argentina chempionatida «River Pleyt» raqiblari ko‘ngliga g‘ulg‘ula sola boshlagandi.

Oyoqlarida mustahkam turadigan baquvvat va tezkor Aleksis ayniqsa, kuchli zarbalariyu, yuqori texnik salohiyati bilan ko‘zga tashlanib, tez orada Italiyaning «Udineze» klubi e’tiboriga tushdi.

Sanches aynan «A» seriyasidagi bir necha samarali mavsum natijasida yevrofutbolning eng sara yulduzlari qatoriga qo‘shildi hamda «Barselona»dan taklif oldi.

Toni KROOS. Nemis yarim himoyachisi bundan 10 yil oldin «Bavariya»ning birinchi va ikkinchi jamoasi o‘rtasida sarson bo‘lgandi. Futbol masalasida g‘ayrioddiy aql-tafakkurdan bebahra qolmagan Toni barqaror ravishda jamoaning yulduzli tarkibiga talpinib, tahlilchilar nazariga ham tushdi.

Biroq «Bavariya» yigitchani ijara asosida «Bayer»ga yubordi va u aynan Leverkuzenda yuqori saviyada o‘ynashga tayyorligini isbotladi. Shu tariqa 25 million yevro evaziga «Real»ga o‘tgan Kroos Yevropadagi eng kuchli yarim himoyachilardan biriga aylandi.

Xuan MATA. «Real» 19 yoshli Matani «keraksiz»ga chiqargach, u «Valensiya»ga yo‘l oldi va tez orada asli nimalarga qodirligini amalda ko‘rsatdi.

Deylik, o‘sha vaqt klubda murabbiylik qilgan Ronald Kuman faxriy Anguloni zaxirada qoldirib, yosh Mataga ishonch bildirgandi. Natijada iqtidorli yigit ikki David - Vilya va Silva bilan ajoyib bog‘lam hosil qilib, o‘yinni keskin jonlantirdi.

Xullas, Xuan 23 yoshga to‘lgach, «Valensiya»ni katta mablag‘ bilan ta’minlagancha Angliya premyer-ligasini zabt etishga chog‘landi.

Ivan RAKITICh. Xorvatiyalik yigitning faoliyati tilga olingan yulduzlarnikidek yuqori sur’atda rivojlangani yo‘q. Ivan avvaliga «Shalke» asosiy tarkibiga kirishda rosa ter to‘kdi, keyin «Sevilya»da ham o‘z o‘rnini topishda ancha qiynaldi.

26 yoshida esa barcha imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, chinakam top-klubda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ha, Rakitich «Barselona»da birinchi raqamli yetakchi emas, ammo asosiy tarkibning barqaror vakili hisoblanadi.

Har holda, 3 yildirki, Kataloniya jamoasiga o‘ziga yarasha yordam beryapti.

Kimlar ishonchni oqlashmadi?

DAVOMI

Kiritilgan sana: 27.11.2017 10:45. O'kildi: 11053 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик