Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 24 55
2 Paxtakor 23 52
3 Navbahor 23 45
4 OKMK 24 39
5 Lokomotiv 23 38
6 Buxoro 23 37
7 Nasaf 23 37
8 Qizilqum 24 33
9 Andijon 24 30
10 Dinamo 23 30
11 So‘g‘diyona 24 29
12 Surxon 24 28
13 Qo‘qon-1912 24 23
14 Bunyodkor 24 23
15 Xorazm 24 23
16 Mash’al 24 4

O'tgan o'yinlar.

24-тур Andijon 0-1 Qizilqum
24-тур Mash’al 0-1 OKMK
24-тур Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
24-тур Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
24-тур Surxon 0-0 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

17/10/26 Lokomotiv - Nasaf
17/10/26 Dinamo - Buxoro
17/10/26 Navbahor - Paxtakor

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2542 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2795 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.10.2026

      06:00 Снукер. Финал.
      08:00 Велоспорт. Третий этап. Женщины.
      09:00 Велоспорт. Третий этап. Мужчины.
      10:00 Снукер. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      14:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      15:35 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:15 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 4.
      21:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      23:00 Снукер. Финал.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Pol Skoulz: «MYu»ga bir juft yulduz kerak»

Baho:
+0; -0

«MYu» klubi va Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz matbuotda uncha ko‘p chiqish qilmaydi. Lekin ustamon jurnalistlar vaqti-vaqti bilan tabiatan kamsuqum afsonaviy futbolchidan ham fikr olishni eplashadi. Xullas, xorijlik hamkasblarimiz yaqinda «buyuk mallasoch»ni intervyu berishga ko‘ndirishdi hamda u avvalo, o‘zi va «qizil iblislar», xususan, sobiq jamoasining hozirgi holati haqida atroflicha to‘xtaldi. «Aslida bolaligimdan dilimdagini tilimga chiqarishga odatlanganman», - dedi mallasoch angliyalik suhbat boshida. Darhaqiqat, u hech qachon o‘z hissiyotlarini yashirgan emas. Hozir ham shunday - kam gapiradi, ammo andishadan mutlaqo yiroq, o‘ylaganini aytadi, tamom: «Agar nimagadir baho berishni so‘rashsa, mamnuniyat bilan shaxsiy fikrimni bildiraman. Bu to‘g‘ri yoki xatoligi men uchun muhim emas. Shunchaki, xuddi otam kabi «MYu»ning ashaddiy muxlisiman. U har qanday vaziyatda ham, suyukli jamoasining uy va safar uchrashuvlariga boradi, bunga imkon topadi. Qarangki, o‘g‘lim ham bizga tortdi - doimo avtobusda jamoa ortidan quvgani-quvgan. Ba’zan u bilan qaysidir o‘yinni muhokama qilishni xohlayman. Ammo o‘g‘lim barcha uchrashuvlarni eslashga qiynaladi. Uning hamroh do‘stlari ham ajoyib. Deylik, hammalari kubok turniriga qur’a tashlanishidan oldin «MYu»ga iloji boricha olisroq joydagi jamoa raqib bo‘lishini istashadi. To‘g‘ri, ularning xohish-istaklari futbolchilarnikidan farq qiladi. Umuman, muxlislar orasida ulg‘ayganim boismi, ularning tabiatini chuqur o‘rganganman. Vaqtida otam hamrohligida qanchadan-qancha o‘yinlar guvohiga aylandim. Misol uchun, «Old Trafford»da «Chelsi»ga qarshi kechgan bahs bezorilar o‘rtasidagi mushtlashuv bilan boshlangani esimda. O‘shanda qattiq qo‘rqganimni ham tan olaman. Otam qo‘limdan mahkam tutgancha meni xavfsiz joyga olib o‘tgandi. Shoshilinchda poyafzalimni yo‘qotib qo‘ygandim...».

- Bolaligingizda siz bilan stadionga kelgan do‘stlaringiz bilan ko‘rishib turasizmi?

- Yo‘q. Ko‘pincha payshanbadan dushanba kunigacha ichishdan to‘xtamasdik. Ba’zan o‘yin arafasida tun bo‘yi ko‘ngilxushlik qilardik. Xullas, stadionga borish va ortga qaytishda avtobus ichida tinmay ichadigan muxlislar orasida edim. Tez orada ular bilan aloqani butkul uzish kerakligini tushundim. Ishchilar sinfidan chiqqan fanatlar tabiati shunaqa... Ular hozir ham katta guruh bo‘lib yuradilar. Futbolchiga esa bunday yurish mumkin emas. Qisqasi, terma jamoadan ilk marta chaqiruv olgach, bu «botqoq»ni tark etishga ahd qildim. Binobarin, ichkilik tufayli sport formasini nisbatan yo‘qotgandim, vaznim ham og‘irlashib qolgandi. Muhimi, jamoadoshlarim yordami bilan barcha illatlardan qutuldim. Fil va Gari Nevill, Devid Bekxem, Nikki Batt kabi yigitlar ajralmas do‘stlarimga aylanishdi. Kiyinish xonasi - yangi muhitga moslashish uchun eng qulay joy. Bizda kiyinish xonasi qiroli bor edi - Ben Tornli. Ajoyib futbolchi. Darvoqe, u yaqinda o‘zining avtobiografik asarini chop etdi, bir o‘qib chiqsam, zarar qilmasdi.

- Shundan buyon ko‘p narsalar o‘zgardi. Jumladan, «MYu» qiyofasi ham...

- Ming‘ir-ming‘ir qilish tabiatimga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Biz o‘ynagan paytlar... Yo‘q, bu dahshat. Hammasi o‘zgarib ketdi-ya... Hozir jamoa yangi futbolchilar qo‘lida, ularning o‘z yo‘llari bor. O‘ylashimcha, hozirgi holatda «MYu» bir juftgina xalqaro miqyosdagi o‘yinchiga muhtoj.

- Qaysi pozisiyalar vakillariga?

- Yarim himoya va hujumni bog‘laydigan mohir futbolchi kerak.

- Luka Modrichga o‘xshaganimi?

- Ha, chiziqlarni bog‘lovchi va o‘yinni nazorat qiladigan o‘yinchi zarur. U o‘ta tezkor bo‘lishi, uzatmalarni a’lo darajada uddalay olishi lozim.

- Ya’ni sizning uslubingizda to‘p surishi kerak, shundaymi?

- Biroz... Faoliyatim davomida xuddi shunday o‘ynashga intilganman. Umuman, bu borada de Bryuyne, Azar va David Silvani e’tirof etishim mumkin. Jessi Lingard yaqin kelajakda shunday maqomga yetish imkoniyatiga ega. Xuan Matada ham zarur xislatlar mavjud, biroq uni asosan qanotda o‘ynatishyapti. Futbolchi uchun sevimli pozisiyasidan boshqa joyda to‘p surish naqadar azobligini o‘z tajribamdan yaxshi bilaman. Qandaydir g‘oyibona kuch uni asl pozisiyasiga chorlab turadi, baribir. Aslida xolis aytganda, «MYu»ning tarkibida saviyali ijrochilar yetarli.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 26.10.2018 15:33. O'kildi: 9515 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик