Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 24 55
2 Paxtakor 23 52
3 Navbahor 23 45
4 OKMK 24 39
5 Lokomotiv 23 38
6 Buxoro 23 37
7 Nasaf 23 37
8 Qizilqum 24 33
9 Andijon 24 30
10 Dinamo 23 30
11 So‘g‘diyona 24 29
12 Surxon 24 28
13 Qo‘qon-1912 24 23
14 Bunyodkor 24 23
15 Xorazm 24 23
16 Mash’al 24 4

O'tgan o'yinlar.

24-тур Andijon 0-1 Qizilqum
24-тур Mash’al 0-1 OKMK
24-тур Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
24-тур Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
24-тур Surxon 0-0 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

17/10/26 Lokomotiv - Nasaf
17/10/26 Dinamo - Buxoro
17/10/26 Navbahor - Paxtakor

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2542 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2795 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.10.2026

      06:00 Снукер. Финал.
      08:00 Велоспорт. Третий этап. Женщины.
      09:00 Велоспорт. Третий этап. Мужчины.
      10:00 Снукер. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      14:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      15:35 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:15 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 4.
      21:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      23:00 Снукер. Финал.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Termamiz arosatli o‘yinini unutib, farosat taktikasiga qayta oladimi?

Baho:
+0; -0

G‘alaba va mag‘lubiyat orasidagi o‘yinlar (bu o‘rinda «uchrashuv» yoki «bahs» iborasini ishlatishdan tiyildik, zero, «o‘yin» so‘zi har doim ham bu terminlarga sinonim bo‘lmaydi)dan charchagan muxlislar bugun milliy terma jamoamiz murabbiylar shtabidan fusunkor farosat taktikasini kutishmoqda. Chunki keyingi 3ta bahsda arosat uslubidagi o‘yin bilan g‘olib chiqish qiyinligini barcha yaxshi tushunib turibdi. Kuchli raqiblarni dovdiratadigan kutilmagan uslubiy loyihalarning nazariy jihatlarini ishlab chiqish uchun oldinda vaqt yetarli.

Bosh jamoamiz Samvel Babayan rahbarligida shu vaqtgacha tushunarsiz va arosat uslubda to‘p surdi va faqat mislsiz, yana takrorlaymiz, mislsiz or-nomus kuchi bois, qiyin g‘alabalarga erishdi. Qatar termasiga qarshi kechgan azobli uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Odil Ahmedov beqiyos jonfidolik ko‘rsatmaganida, ochig‘i, natija ijobiy ko‘rinish olishi amri-mahol edi.

Shunday vaziyatlar bo‘ldiki, Odil o‘zida emas, o‘zidan chiqib ketgandek tuyuldi. Butun jamoa, hattoki, zaxiradan maydonga tushganlar ham bo‘shashib, qotib qolgan pallada Odil yolg‘iz o‘zi oldinga tashlandi. Holbuki, u ham charchagandi, og‘riqlardan aziyat chekayotgandi. Nazarimizda, jamoa sardori go‘yo hushsiz holatda, ming-minglab nigohlarni unutib, o‘zga sayyoraliklar kabi yelib- yugurdi, yutunib-yutoqib to‘p tepdi.

Nima uchun? Unga qanday kuch ta’sir o‘tkazdi? Suriya termasi bilan safarda o‘tgan alamli uchrashuvda Odilda ham bu kabi holat kuzatilmagandi-ku?! Fikrimizcha, uning ko‘zlari muxlislar davrasida o‘tirib, maydonga umidvor boqqan va boshini quyi eggan otasiga tushdi.

O‘sha lahzadan so‘ng Odildagi yangi imkonlar ko‘z ochdi. Bosh­qacha aytganda, futbolchi qayta uy­g‘ondi. Nozikta’b operatorlarning o‘tkir nigohi izlab topgan o‘sha lahza bo‘lmaganida, balki Odil ham olovlanmasdi. Negaki, unda va jamoadoshlarida tabiiy olov­qalblik nish urganida, termamiz suriyalik futbolchilardan mag‘lubiyatga uchramasdi. Demoqchimizki, 28 mart oqshomida maydon «magiya»si o‘z missiyasini sharaf bilan bajardi.

Xo‘sh, nima sababdan bugun ham shu mavzudagi mulohazalarni davom ettir­yapmiz? Javob oddiy: o‘tgan ish ortda qoldi, mag‘lubiyat va g‘alaba tarixga aylandi, endi maydon «magiya»siga umid bog‘lash joiz! Vakillarimiz navbatdagi raqiblarni ishtiyoqsiz, ayni chog‘da ishtiyoqning o‘zi bilangina yengisholmaydi. Keyingi uchrashuvlarda ham futbolchilarimizni oriyat olovi qizdirishi darkor, ammo g‘alaba uchun bu qaynoqlikning ta’siri ham kamlik qiladi.

Kezi kelganda, arslon na’rasi tinadi va sherning qudrati-da raqib qoshida bosh egadi.  «Mash’al» qanday porladi va «sherlar» qudratini qay yo‘sin jilovladi?

Davomi iff.uz saytida.

Kiritilgan sana: 04.04.2017 18:00. O'kildi: 8762 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик