Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Tailandga qarshi o‘yin O‘zbekiston terma jamoasiga nima beradi?

Baho:
+0; -0

Milliy jamoamizning navbatdagi sparring-raqibi - Tailand termasi Rossiya mundialiga borishdan batamom umid uzishga ulgurgan. Lekin taylar BAA-2019 (Osiyo kubogi) yo‘llanmasini naqd qilib qo‘yishgan va bo‘lajak turnirga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rmoqchilar. Xususan, terma jamoa boshqaruviga serbiyalik mutaxassis Milovan Rayevasning kelishi ko‘pchilikda kelajak uchun ishonch uyg‘otdi. Deylik, mamlakat milliy matbuoti xorijlik murabbiyning ish boshlashini jamoa uchun quvonchli voqea sifatida e’tirof etdi. Vaholanki, siam egizaklari yurti fuqarolari terma jamoa boshqaruvi italiyalik Klaudio Ranyeriga topshirilishini kutishayotgandi. Aytish o‘rinli, yangi asrning ilk yillari O‘zbekiston va Tailand terma jamoalari bir-biriga ancha «qadrdon» raqiblar hisoblanardi. 2007 yildan keyingi davrda esa bu jamoalar negadir o‘zaro uchrashmadi. Umuman, biznikilar Janubi-Sharqiy Osiyoning o‘rtamiyona jamoalarini mensimay qo‘yishdimi yoki boshqa sabablar bormi, nafaqat Tailand, balki Vyetnam va Indoneziya kabi termalar bilan ham o‘rtoqlik maqomida o‘yin o‘tkazilmay qoldi.

2018 yilgi jahon chempionati saralashining ikkinchi raundi yakuniga yetgach, Bahrayn, Iordaniya, KXDR jamoalari kabi so‘nggi bosqichning doimiy ishtirokchilari kurashdan chetga chiqdi. Ular o‘rnini Suriya va aynan Tailand termalari egalladi. Ochig‘i, taylarni yakuniy raundda ko‘rishni hech kim kutmagandi. Xo‘sh, Tailand futbolining kechasi va buguni o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik bormi? Bu yurt jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsi milliy termamizga nima beradi? Endi shu kabi savollarga birgalikda javob izlaymiz...

Tarix va bugun

Siam milliy jamoasi uzoq 1915 yili tashkil topgan va darhol ilk norasmiy o‘yinlarda maydonga tushgan. 1916 yilning 25 aprelida esa Tailand qiroli Siam futbol assosiasiyasi tashkil topganini e’lon qiladi. Taylar milliy termasi 1949 yilgacha Hindixitoy yarim orolidagi jamoalar bilan muntazam o‘yin uyushtirib keladi. Mamlakatga aynan o‘sha yili rasman Tailand nomi beriladi, futbol jamoasi esa 1956 va 1968 yillari Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadi.

1994 yili mamlakat milliy futboli vakillaridan biri Tavatchay Sartjakul Tailand termasini «Orzular jamoasi» sifatida ta’riflagandi. Zero, Kiatisuk «Ziko» Senamuang, Tavan Sripan va Dusit Chalermsan kabi futbolchilar ayni o‘sha vaqt eng yuqori darajaga ko‘tarilib, jamoa asosini tashkil etishgandi. 2009 yili terma jamoa boshqaruvi angliyalik taniqli mutaxassis Bra-yan Robson ixtiyoriga topshirildi. Ingliz murabbiyi Osiyoda katta umidlar bilan ish boshlagandi, ammo jamoa tarkibi iqtidorli futbolchilar bilan to‘ldirilmadi. Qolaversa, rivojlanish strategiyasi yoki qandaydir yaxlit loyiha ishlab chiqilmadi. Buning oqibatida taylar jamoasi OFK miqyosida kuchli o‘nlikdan tushib qoldi. 2013 yilning iyunida Tailand futboli rahbariyati terma jamoa bosh murabbiyi vakolatini millat afsonasi Kiatisuk Senamuangga topshirdi. Tailandliklar yosh mutaxassis boshchiligida qisqa muddat ichida katta yo‘lni bosib o‘tishdi. Mamlakatdagi yetakchi biznesmenlar yevrofutbolga bosh suqishlari barobarida terma jamoa Osiyoda o‘z mavqesini ko‘tarish harakatiga tushdi. Biroq joriy yil avvalida Senamuang salbiy natijalar tufayli iste’foga chiqarildi va shu bilan jamoada qabul qilingan yangi loyihani boshqa murabbiy davom ettiradigan bo‘ldi.

Umuman, Tailand termasi Rossiya-2018 mundiali yo‘lidagi kurashni ikkinchi saralash raundida boshlagandi. Taylar o‘sha bosqichda 4ta g‘alaba va 2ta qayd etib, guruh g‘olibligini qo‘lga kiritishdi. Nisbatan kuchli Iroq termasi esa 2-o‘rin bilan cheklandi. Demakki, Tailand termasida o‘yin chakki emasdi.

Tailand termasining uchinchi saralash raundidagi o‘yinlari

1-tur. 2016 yil 1 sentyabr. Saudiya Arabistoni - Tailand - 1:0

2-tur. 2016 yil 6 sentyabr. Tailand - Yaponiya - 0:2

3-tur. 2016 yil 6 oktyabr. BAA - Tailand - 3:1. Gol: Tana Chanabut (65)

4-tur. 2016 yil 11 oktyabr. Iroq - Tailand - 4:0

5-tur. 2016 yil 15 noyabr. Tailand - Avstraliya - 2:2. Gollar: Tiraton Bunmatan (20, 57-pen.)

6-tur. 2017 yil 23 mart. Tailand - Saudiya Arabistoni - 0:6

7-tur. 2017 yil 28 mart. Yaponiya - Tailand - 4:0

Tailandliklar endi 13 iyun kuni o‘z maydonlarida BAA termasini qabul qilishadi, 31 avgustga belgilangan 9-tur doirasida esa iroqliklar bilan kuch sinashishadi, yana muxlislari qarshisida. Jamoa JCH-2018 saralashiga 5 sentyabr kuni mehmonda Avstraliya termasiga qarshi kechadigan bahs bilan xotima yasaydi. Yangi bosh murabbiy O‘zbekiston va BAA terma jamoalari bilan bo‘ladigan 2ta o‘yin uchun naq 35 nafar futbolchini jalb etdi. To‘g‘ri, Toshkentga 35 kishilik tarkib kelmagani tushunarli. Ya’ni Milovan Rayevas 35 nafar nomzod orasidan eng munosiblarini tanlab olgan. 3-turda BAA termasiga qarshi kechgan bahsda jamoaning JCH-2018 saralashi uchinchi raundidagi ilk golini urgan Tana Chanabut bu safar jarohat bois, tarkibdan joy olmadi.

Tarkib

Darvoza. Sintavichay Xatayrattanakol asta-sekin Tailand terma jamoasi darvozasini izdoshi Kavin Tamsatchananga topshirmoqda. Aynan shu ampluada keskin raqobat bor. Kavin germaniyalik mashhur kiper Oliver Kanga havas qiladi va o‘yinlar chog‘i aynan uning uslubidan foydalanishga urinadi.

Himoya. Tiraton Bunmatan, Tristan Do, Pirapat Notchayya va Adson Promrak. Tailand terma jamoasi himoya chizig‘i to‘lig‘icha «Muangtong Yunayted» klubi vakillaridan tashkil topgan. Jamoa sardori Tiraton Bunmatan mamlakatning barcha yosh toifasidagi terma jamoalarida o‘ynagani bilan maqtanishi mumkin. Orqa chiziq vakillari asosan 23-24 yoshda. Demakki, jamoaning bosh muammosi sifatida tajribasizlikni tilga olish mumkin. Xalqaro malakaning kamligi, o‘yin amaliyoti yetarli emasligi bilinyapti. To‘g‘ri, joriy yilga kelib, bu borada vaziyat ancha o‘zgardi va keyingi mavsumlarda jamoadan munosib yutuqlar kutish mumkin. Umuman, JCH-2018 saralashida jamoa himoya chizig‘ida 9 nafar futbolchi maydonga tushdi, yana 4 nafar nomzod endi debyut qilish imkoniga ega.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 06.06.2017 12:25. O'kildi: 7958 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик