06:00 Снукер. Wuhan Open. Финал. 08:00 Велоспорт. Пролог. Мужчины и женщины. 10:00 Снукер. Wuhan Open. Финал. 11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка. 13:35LIVE Велоспорт. Первый этап. Женщины. Прямая трансляция. 15:15 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго. 16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии. Мужчины. 17:20LIVE Велоспорт. Первый этап. Мужчины. Прямая трансляция. 19:00LIVE Велоспорт. Джиро дель Венето. Мужчины. Прямая трансляция. 19:45 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 1. 21:15 Велоспорт. Первый этап. Женщины. 22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян. 23:00 Снукер. Чемпионат мира. Финал. 00:30 Яхтинг. Дух парусного спорта. 01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка. 03:00 Снукер. British Open. Финал. 04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 24 часа Ле-Мана. Гонка.
Lutfulla To‘rayev: «Terma jamoamizga chiroyli o‘yindan ko‘ra, natija afzalroq»
Baho:
+0; -0
Malayziya chempionati bahslari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib boryapti. Superliga bilan birga premyer-ligada ham o‘yinlar keskin kurashlarga boy tarzda o‘tyapti. Xabaringiz bor, bugungi kunda Malayziya chempionatining har ikki divizionida ko‘plab hamyurtlarimiz to‘p surishyapti. Ular orasida tajribali yarim himoyachi Lutfulla To‘rayev ham bor. Kuni kecha «Terengganu» safida o‘ynayotgan ushbu legionerimiz bilan bog‘lanib, undan intervyu oldik.
- Umumiy olganda hammasi yaxshi, deya olaman. Turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibmiz. Peshqadam «Nigeri Sembilan» klubidan 4 ochkoga ortda qolyapmiz. Bu jamoa 8ta o‘yinda 7ta g‘alaba va bitta durang qayd etgan.
- Bahslar oson kechmayotgandir?
- Har bir uchrashuvda o‘ziga yarasha qiyinchiliklar kuzatilyapti. Chunki 4-5ta o‘yinimiz mahalliy vaqt bilan soat 16:45da boshlanmoqda. Tabiiyki, kunning bu paytida havo harorati juda issiq bo‘ladi. Boz ustiga, namgarchilik ham yuqori.
- Jamoangizning qaysi o‘yini kutilmagan natija bilan yakunlandi?
- Birinchi tur uchrashuvini o‘z maydonimizda o‘tkazgandik. Bu o‘yin kuchli yomg‘ir yoqqanligi sabab 10-daqiqada to‘xtatilgandi. Yaqinda o‘sha bahs qayta o‘tkazildi. Afsuski, o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida raqibga 2:4 hisobida yutqazib qo‘ydik. O‘ylashimcha, mana shu o‘yin biz uchun kutilmagan natija bilan yakunlandi. Balki o‘sha uchrashuv o‘z vaqtida o‘tkazilganida hozir turnir jadvalida karvonboshilik qilayotgan bo‘larmidik...
- Chempionlik yo‘lida qaysi jamoalar sizlarga kuchli raqobatni yuzaga keltirishyapti?
- Birinchi o‘rindagi klubdan 4 ochkoga ortda qolyapmiz. Menimcha, hali hammasi oldinda. Vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun imkoniyatimiz yetarli.
- Jamoangiz oldiga aniq vazifa qo‘yildimi?
- Ha. Chempionatda 1-o‘rinni egallab, superligaga chiqish.
- Malayziya chempionatidagi qolgan hamyurtlarimizning o‘yinlaridan ham boxabar bo‘lib boryapsizmi?
- Albatta. Farhod Tojiyev va Dilshod Sharofutdinov o‘ynayotgan jamoaning uy uchrashuvlarini bevosita stadionda ko‘rib boraman. Boisi, klublarimiz bitta shahar sharafini himoya qilishadi. Bizning o‘yinimiz ularnikidan bir kun oldin o‘tkaziladi. Shu bois ham har bir bahsda Dilshod va Farhodni stadion tribunalaridan turib qo‘llab-quvvatlayman.
- Ularning jamoalari biroz omadsiz qatnashayotgandek...
- Fikringizga qo‘shilaman. Asosiy tarkibning aksariyat o‘yinchilari jarohat olishgan. Maydonga optimal tarkib tushmayapti. Omadsiz ishtirokning asosiy sababi shu bo‘lsa kerak.
- Lutfulla, milliy jamoamiz aynan Malayziyada Suriya termasiga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvida maydonga tushdi. Sizga bu o‘yinni bevosita kuzatish nasib qildimi?
- Afsuski, yo‘q. Stadionga bora olmadim. Birinchidan, o‘sha payt jamoam bilan birga mashg‘ulot o‘tkazayotgan edik. Qolaversa, terma jamoamiz o‘yin o‘tkazgan shahar men yashayotgan hududdan ancha uzoqda joylashgan. Lekin jonli efirda tomosha qildim.