Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

«Rostov»: Shuncha mablag‘ qayerga ketdi?

Baho:
+0; -0

Rostovliklar Yevropada ancha shov-shuv ko‘tarishdi, ammo jamoa hamon qarzlardan qutulolmayapti. «Sovetskiy sport» ushbu klubning hozirgi paytdagi moliyaviy ahvolini atroflicha muhokama qilib, bu borada paydo bo‘layotgan savollarga javob topishga urindi.

«Rostov»ning soliqlardan va mehnat fondidan qarzi – 360 million

Evropa Ligasi doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan javob uchrashuvi kuni Rostov oblasti gubernatorining birinchi o‘rinbosari Igor Guskov «sariq-ko‘klar»­ning qarzlari xususida bor haqiqatni aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy hisobda klubda 360 million qarzdorlik mavjud: mehnat fondi soliqlaridan 250 mln., asosiy tarkib futbolchilari va murabbiylarning mukofot pullaridan 110 mln. Maoshlar haqida gap ketganda, o‘tgan yil uchun hisob-kitob yaqindagina to‘liq amalga oshirildi. Boshqa xodimlarning ishi biroz yengil - baza va ofis ishchilari kuniga pul olishgan.

Qizig‘i, Guskov o‘tgan yil dekabri­da bergan intervyusida «Rostov»ning qarzi yo‘qligini ta’kidlagandi. Keyingi ikki yarim oy mobaynida vaziyat birdan o‘zgarib ketdimikan? Aftidan, oblast rahbarlaridan biri Yangi yil bayrami arafasida shunchaki, hammasini yaxshidek ko‘rsatishga uringan. Boshqacha aytganda, ertak to‘qigan.

EVROKUBOKLAR BO‘LMAGANDA...

Joriy mavsum yevrokuboklarda Rossiya klublari orasida eng ko‘p daromad orttirgan jamoa aynan «Ros­tov» bo‘ldi. Bu boradagi ma’lumot maxfiy tutilmaydi, hammasi ochiq-oydin ko‘rsatilgan. Rostovliklar YECHL saralash raundida 2 million, guruh bosqichiga chiqishgani uchun 12,7 million, «Bavariya» ustidan qozonilgan g‘alaba uchun 1,5 million, PSVga qarshi kechgan 2ta bahsdagi duranglar uchun 1 million yevro olishdi. Bundan tashqari, Yevropa Ligasi 1|16 finaliga yo‘l olingani uchun 500 ming, nimchorak finaldagi ishtirok uchun 750 ming ajratildi. Jami - 18,2 mln. yevro, ya’ni «Rostov» klubi byudjetining 75 foizi.

Xo‘sh, shuncha pul qayerga ketdi? «Sovetskiy sport»ning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mablag‘ning 30 foizi futbolchi va murabbiylarning mukofot pullariga ajratilgan. qolgani avvalgi rahbariyat davrida yig‘ilib qolgan eski qarzlarni uzishga sarflangan.

O‘tgan mavsum yakunida «Rostov» turli tashkilotlardan bir milliard rubl­ga yaqin qarz bo‘lib qolgan. Bu Rossiya futboli uchun fantastik summa. Agar yevrokuboklar bo‘lmaganida, rostovliklar boshiga «Tom»ning taqdiri tushishi aniq edi.

HOZIRCHA LOGOTIPSIZ

Bir oy avval «Rostov»ning bosh direktori lavozimiga Pavel Loshilov tayinlangandi. Uning zimmasiga ikkita vazifa yuklatildi. Birinchisi - xarajatlarni nazoratga olish. Ikkinchisi - klubning tuzukroq homiyga ega bo‘lishini ta’minlash.

Dastlabki punkt bo‘yicha ishlar jadal davom etmoqda. Jumladan, aksariyat xodimlarning maoshi miqdori kamaydi. Yangi sharoitga ko‘nmaganlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Homiylar masalasiga to‘xtalsak, joriy yil boshida yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan kompaniya «Rostov» bilan jiddiy qiziqqaniga qaramay, kelishuv amalga oshmagandi. Shuningdek, klub Vadim Varshavskiyga tegishli korxonalar nazariga tushib qoldi.

Mashhur biznesmen 2007 yili ham jamoaga pul ajratgan, uning sobiq kompaniyasi logotipi futbolchilar libosiga muhrlangandi. Manbaning xabar berishicha, Varshavskiy «Rostov» uchun yiliga 300 million rubl berishga tayyor. Bu esa o‘yinchi va murabbiylar shtabining yillik maoshlarini qoplash uchun yetarli.

Yaqinda rostovliklar yana bir kichik homiyga ega bo‘lishdi - «Mishkino» qandolatchilik fabrikasi bilan shartnoma tuzildi. Albatta, yo‘qotishlar ham uchradi.

Yangi yildan e’tiboran «Rostov» futbolkalarida «TNS Energo» logotiplari olib tashlandi. Ushbu kompaniya so‘nggi ikki mavsum klubning titul homiysi sanalgan. Ehtimol, hamkorlik keyinroq davom ettirilar, ammo hozircha «sariq-ko‘klar» «quruq» libosda maydonga tushishmoqda.

SAVVIDI QAYTADIMI?

Bu hali hammasi emas, davomi: www.iff.uz

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 01.04.2017 09:43. O'kildi: 8640 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик