Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 24 55
2 Paxtakor 23 52
3 Navbahor 23 45
4 OKMK 24 39
5 Lokomotiv 23 38
6 Buxoro 23 37
7 Nasaf 23 37
8 Qizilqum 24 33
9 Andijon 24 30
10 Dinamo 23 30
11 So‘g‘diyona 24 29
12 Surxon 24 28
13 Qo‘qon-1912 24 23
14 Bunyodkor 24 23
15 Xorazm 24 23
16 Mash’al 24 4

O'tgan o'yinlar.

24-тур Andijon 0-1 Qizilqum
24-тур Mash’al 0-1 OKMK
24-тур Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
24-тур Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
24-тур Surxon 0-0 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

17/10/26 Lokomotiv - Nasaf
17/10/26 Dinamo - Buxoro
17/10/26 Navbahor - Paxtakor

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2542 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2795 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.10.2026

      06:00 Снукер. Финал.
      08:00 Велоспорт. Третий этап. Женщины.
      09:00 Велоспорт. Третий этап. Мужчины.
      10:00 Снукер. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      14:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      15:35 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:15 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 4.
      21:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      23:00 Снукер. Финал.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Terma jamoa atrofidagi antiqa «multfilm»

Baho:
+0; -0

Mamlakatimiz bosh jamoasi Eron klubidan mag‘lubiyatga uchradi.

Oddiy yig‘in doirasida o‘tkazilgan nazorat uchrashuvida qayd etilgan ushbu natijaga ko‘pchilik e’tiborsiz qaradi. Chunki munosabatlardan naf chiqmasligini anglagan aksariyat muxlislar qalbida hafsalasizlik urug‘i nish urdi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy yangilanishlar esa aynan hafsalasizlikka qarshi kurash bayrog‘i sifatida hilpiramoqda. Jamiyat hayotining har bir jabhasida, albatta, yuksak ijobiy o‘zgarishlar yuz berishi davr ruhida yaqqol ayon bo‘lib turibdi.

Demak, ertami-kech futbolimizda ham jiddiy islohotlar amalga oshirilishi aniq. Shunday ekan, terma jamoalarimiz va milliy chempionatimizdagi har qaysi holatga munosabat bildirishda davom etamiz.

Ochig‘i, «Zob-Ohan» bilan tashkillangan nazorat uchrashuvida alohida yashirin maqsad bordek tuyuldi. Aks holda, murabbiylar shtabi bunday nazorat uchrashuviga ehtiyoj sezmasdi.

Yodingizdami, murabbiylar muxlislar tomonidan keskin tanqid ostiga olingan vaqt tarkibni yangilash masalasi ham kun tartibidagi dolzarb mavzu sifatida o‘rtaga tashlangandi.

Tanqidlar suyak-suyagidan o‘tib ketgan shtab o‘zining haqligini isbotlashga shu yo‘sinda urinmoqda, chog‘i. Go‘yoki hozir tarkibni yangilash bemavrid va muxlislarning talablari noo‘rin. Bir qarashda, mazkur fikrni tasdiqlash uchun Turkiyaga asosan terma jamoa darajasida to‘p surolmaydigan futbolchilar olib ketildi.

Vladimir Kozak, Suhrob Berdiyev, Salamat Qutiboyev, Davronbek Umirov, Murod Toshmatov, Sardor Mirzayev, Erkin Boydullayev kabi futbolchilarning o‘z klublari tarkibida jon kuydirib o‘ynashlari barchaga ma’lum.

Bu borada ular o‘z klublari muxlislari uchun sevimli bo‘lib qolaveradilar va har qancha hurmatga munosibdirlar. Biroq terma jamoa - yuksak minbar va unga ko‘tarilishning o‘ziga yarasha talablari mavjud.

Yig‘in tashkillash jarayonida murabbiylar tomonidan shu talablar e’tiborga olinmagandek. O‘tgan yoz mavsumidagi yig‘inda ham shu kabi holat kuzatilgandi. Ke­yinchalik jarohatlar terma jamoamiz o‘yiniga salbiy ta’sir o‘tkazganida, Samvel Babayan mag‘lubiyatlar sababini zaxiradagi bo‘shliq bilan izohlagandi. Xo‘sh, shu bo‘shliqqa kim aybdor? Nega shu vaqtga qadar zaxira tarkibi maqsadga muvofiq shakllantirilmagandi?

Natijada xorijda tashkillangan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari so‘nggi saralash bosqichining eng muhim uchrashuvlarida terma jamoamizga biror naf keltirmadi. Boshqacha aytganda, sa’y-harakatlar va sarf-xarajatlar havoga uchdi. Endi shu holat yana takrorlanmasmikan? Farqi shundaki, murabbiylar shtabi bu safar o‘zini haq, muxlislar talabi nohaq ekanligini isbotlamoqchi.

Axir terma jamoamizning kuchsiz tarkibini qaysidir professional klub bilan kuch sinashtirish zamirida qanday maqsadlar yashirin? Nahotki, murabbiylar shtabi muxlislarga yangilangan tarkibga ishonish yaramasligini uqtirishni o‘ylagan bo‘lsa? Holbuki, gap tarkib yoki uning saviyasida ham emas, balki murabbiylar shtabining o‘zida.

Ta’kidlash joiz, shu tarkib bilan ham «Zob-Ohan»ni mag‘lubiyatga uchratish mumkin edi. Salbiy natijaning asosiy sababi - murabbiylar shtabi Eron klubini taslim qilish yo‘lini topolmaganida. O‘zi ma’qul hisoblagan zaxira tarkibi bilan raqibni yengolmagan shtab tanqidga loyiq.

Qarang, Yoaxim Lyov zaxirachilar bilan Konfederasiyalar kubogini qo‘lga kiritdi. Demak, u murabbiylikda omilkor, g‘alaba qozonishni uddalaydi...

O‘zi murabbiyning vazifasi tarkibdan nolish yoki mag‘lubiyat sababini tushuntirish emas, aksincha, ishlash va izlanishdan iboratdir.

Shu ma’noda aytsak, Turkiya yig‘inida Ikrom Aliboyev, Azim Ahmedov, Sherzod Karimov, Doston Hamdamov va Sanjar Rashidov kabi futbolchilarga imkon berilganida, terma jamoamiz asosiy tarkibiga kirish uchun raqobat yanada  kuchayardi.

Imkonlar ko‘proq taqqoslarda ko‘zga tashlanadi. Buni murabbiy nainki mahorat, balki qalb ko‘zi bilan ko‘rishi darkor. Qalb ko‘zi ochiq futbolchidagi ochilmagan imkonlarni his qilish sezgisi ustun bo‘lmagan murabbiyning katta muvaffaqiyatlarga erishishi qiyin.

Afsuslanarlisi,

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 28.07.2017 09:41. O'kildi: 10683 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик