06:00 Снукер. Wuhan Open. Финал. 08:00 Велоспорт. Пролог. Мужчины и женщины. 10:00 Снукер. Wuhan Open. Финал. 11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка. 13:35LIVE Велоспорт. Первый этап. Женщины. Прямая трансляция. 15:15 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго. 16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии. Мужчины. 17:20LIVE Велоспорт. Первый этап. Мужчины. Прямая трансляция. 19:00LIVE Велоспорт. Джиро дель Венето. Мужчины. Прямая трансляция. 19:45 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 1. 21:15 Велоспорт. Первый этап. Женщины. 22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян. 23:00 Снукер. Чемпионат мира. Финал. 00:30 Яхтинг. Дух парусного спорта. 01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка. 03:00 Снукер. British Open. Финал. 04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 24 часа Ле-Мана. Гонка.
ECHL. Guruh bosqichi. 3-tur. Rekordlar, faktlar, raqamlar + texnik ko‘rsatkichlar...
Baho:
+0; -0
O‘tgan hafta Yevropa chempionlar ligasining 3-tur bahslariga ham yakun yasaldi. Quyidagi maqolamiz orqali ortda qolgan turning diqqatga sazovor voqealari va boshqa turli natijalar hamda rekorlari haqida tanishib olishingiz mumkin.
4 - «Real» himoyachisi Marselo 2018 yil davomida CHL bahslarida 4ta gol urdi. 1994 yili Ronald Kuman («Barselona») va 2000 yili Roberto Karlos («Real») kabi himoyachilar ham shunday natijaga erishgandilar.
5 - Muhammad Saloh - Roberto Firmino - Sadio Mane uchligi CHLning oxirgi 5ta o‘yin badaliga ilk marta birgalikda gol urdi. Bu trioning tengdaniga gol urishi joriy yil 24 aprel kuni «Roma»ga qarshi kechgan bahs (5:2)dan buyon kuzitilmayotgandi.
6 - «Portu» CHL guruh bosqichida 6ta o‘yindan buyon yutqazmayapti. Lissabon klubining bu boradagi eng yaxshi natijasi 2014 yil sentyabr - 2015 yil noyabr oralig‘iga to‘g‘ri keladi - 10ta mag‘lubiyatsiz o‘yin.
10 - Paulo Dibala CHLdagi gollari sonini 10taga yetkazib qo‘ydi.
13 - Mavsum-2005da «Sparta» darvozasini 90+1-daqiqada ishg‘ol qilib, durangga erishgan «Ayaks» oradan 13 yil 1 oy 9 kun o‘tib, qo‘shimcha daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi.
13 - «Borussiya» D. klubining angliyalik vakili Jeyson Pancho «Atletiko» darvozasiga gol urdi. Mavsum-2005, ya’ni 13 yil oldin Devid Bekxem «Real» safida «Rusenborg» darvozasini nishonga olganidan buyon ingliz futbolchilarining boshqa mamlakat jamoasida gol urishlari kuzatilmagandi.
14 - «Barselona» 2003 yilning aprelidan buyon o‘z maydonida Italiya klublariga yutqazmayapti. Kataloniyaliklar 14 yil davomida italyanlar bilan 14 marta kuch sinashib, 11ta g‘alaba va 3ta durang qayd etishdi.
15 - Dris Mertens «Napoli»da debyut qilganidan buyon CHLda 8ta gol urib, 7ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Bu vaqt oralig‘ida Neapol jamoasida hech kim shunday mahsuldorlik ko‘rsatgani yo‘q.
18 - Mussa Silla «Monako» safida gol urgan eng yosh futbolchilar ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarildi (18 yoshu 333 kun). Eslatma, Kilian Mbappe 18 yoshu 63 kunligida gol urib, knyazlik klubi tarixidan joy olgandi.
19 - «PSJ» CHLda ketma-ket 19ta o‘yindan buyon gol urmoqda.
21 - Yaqinda jarohatdan keyin maydonga qaytgan «Tottenxem» yarim himoyachisi Kristian Eriksen barcha musobaqalar doirasida 21-marta golga assistentlik qildi.
47 - Robert Levandovski turnirdagi 47-golini nishonladi. Polshalik hujumchiga CHL|CHK to‘p-urarlarining yuqori 10taligiga kirishi uchun unga yana 2ta gol kerak. Umuman olganda, bu futbolchi yevrokuboklarda 99ta o‘yin o‘tkazib, 54ta golga mualliflik qilgan.
50 - Muhammad Saloh «Liverpul» safidagi 65-o‘yinida yubiley - 50-golini nishonladi. Vaqtida Fernando Torres «qizillar» safida 50ta gol marrasiga yetish uchun 72 marta maydonga tushgandi.
391 - Diyego Simeone «Atletiko» bosh murabbiyi rolidagi 391-o‘yinda eng qaqshatqich mag‘lubiyatga duchor bo‘ldi: «matraschilar» argentinalik mutaxassis davrida ilk marta 0:4 hisobida yutqazishdi.
511 - «Napoli» sardori Marek Gamshik klub safida 511-marta maydonga tushib, bu borada Juzeppe Bruskolotti rekordini yangiladi.