Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Yurtimiz va terma jamoamizga Bahor qaytgani rost bo‘lsin!

Baho:
+0; -0

O‘zbekiston terma jamoasi JCh saralashi doirasida qatarga qarshi kechgan uchrashuvda yana avvalgi an’anani davom ettirdi - hamyurtlarimiz yaqin orada bu termadan mag‘lubiyatga uchrashmagan edi. Bu safar ham shunday bo‘ldi.

E’tiborli tomoni, mana shu saralash bosqichida qatarga qarshi kechgan uchrashuvning har ikkisida ham bir xil - 1:0 hisobida g‘alabaga erishildi. Bu muvaffaqiyat bilan birga Suriyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng boshlangan sovuq kunlar ortda qolib, o‘zbek futboliga yana bahor qaytdi.

JCH-2018 saralash bosqichi. uchinchi raund. «A» guruhi. 7-tur

Matbuot anjumani (o‘yindan oldin)

JCH-2018 saralashi uchinchi raundi «A» guruhi 7-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - qatar uchrashuvidan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida milliy jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarim himoyachi Marat Bikmayev ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytarishdi.

Samvel Babayan (O‘zbekiston m.t.j. bosh murabbiyi):

- Malayziyada qayd etilgan natija uchun muxlislardan uzr so‘rayman. Suriya termasi bilan o‘yinda qayerdadir xato qilgandirman. Yigitlar oxirigacha kurashishdi, ammo so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol uchrashuv masalasini hal qildi.

Afsuski, hech qaysi bahsda optimal tarkibda o‘ynay olmayapmiz. Avvalgi o‘yinlarda yo‘qotishlar bo‘ldi. qatarga qarshi kechadigan uchrashuvda Denisov maydonga tusholmaydi va bundan afsusdamiz. To‘xtaxo‘jayev esa sariq kartochkalari to‘planib qolgani tufayli bahsni o‘tkazib yuboradi.

Guruhimizda kurash so‘nggi turgacha davom etadi, chunki raqiblar ham ochko yo‘qotishmoqda. Asosiy maqsadimiz — g‘alaba qozonib, JCH-2018 turniriga yo‘l olish. Ayni vaqtda eng kuchli tarkibga ega ekanimiz haqidagi so‘zlardan qochmayman. Haqiqatan ham shunday. Balki ertaga iste’foga chiqarman. Asosiysi, O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2018ga yo‘l olishi kerak.

Stadionga qancha muxlis kelishidan qat’iy nazar, ulardan dalda so‘rab qolamiz va bizni qo‘llab-quvvatlashlariga umid qilamiz.

Marat Bikmayev (O‘zbekiston m.t.j. hujumchisi):

- Suriya termasiga qarshi kechgan o‘yindan keyin o‘zimizga kelib oldik va ertaga g‘alaba uchun bor kuchimizni berishga tayyormiz. Muxlislardan stadionga kelib, qo‘llab-quvvatlashlarini so‘raymiz.

Xorxe Fossati (qatar m.t.j bosh murabbiyi):

- Guruhdagi har bir o‘yin qiyin kechadi. O‘zbekiston termasini hurmat qilamiz, lekin bu yerga g‘alaba qozonish uchun kelganmiz. Toshkentdagi avvalgi natijalar shunchaki, raqamlar va statistika. To‘g‘ri, qatar safarda O‘zbekistonni yutmagan, ammo ertaga yangi o‘yin bo‘ladi va yangi sahifa ochish qo‘limizdan keladi.

Raqib tarkibida kuchli futbolchilar bor. Ha, Rashidov va Abduxoliqov qatar ligasida o‘ynashadi, ammo biz ham ularni kuzatib boramiz. qolaversa, qatar tarkibida ham kuchli futbolchilar yetarli.

O‘zbekiston termasi tartibli o‘yin ko‘rsatadi. Jamoa doim reja va strategiya asosida harakat qiladi. Ularning suriyaliklarga mag‘lub bo‘lishganini kutilmagan holat, deya olmayman. Yuqorida aytib o‘tganimdek, har bir bahs qiyin, oson bellashuvning o‘zi yo‘q. Agar Suriya termasi O‘zbekiston jamoasini yirik hisobda yutganida, shu natija men uchun hayratlanarli bo‘lardi.

O‘YIN OLDIDAN

Uchrashuv arafasida vaziyat ancha qaltis edi. Suriyaga qarshi safarda kechgan o‘yinda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng terma jamoa juda og‘ir ahvolda qoldi. Har tomondan yog‘ilgan tanqid toshlari hech kimning hayotini oson qilgani yo‘q. Ayniqsa, bosh murabbiy Samvel Babayanning boshida ko‘p «kaltak sindi» va bu  tanqidlarning barchasida asos bor edi. Suriyaga qarshi kechgan bahsda darhaqiqat, terma jamoa juda yomon o‘yin namoyish etgandi.

Biroq aytish mumkinki, aynan mana shu tanqidlar O‘zbekiston terma jamoasiga yangi kuch berdi. Futbolchilar kim aslida kimligini isbotlash uchun ham maydonga tushdilar va bor kuch bilan o‘ynadilar. g‘alaba taktika va o‘yin uslubidan ko‘ra aynan mana shu ishtiyoq evaziga qo‘lga kiritildi, deyish mumkin. Ammo muvaffaqiyatga osonlik bilan erishilmadi.

TARKIB

Samvel Babayan Suriyadagi mag‘lubiyatdan so‘ng tarkibda sezilarli o‘zgarishlar qildi. Hujum chizig‘ida Eldor Shomurodov, Igor Sergeev va Sardor Rashidovlar maydonga tushishdi. Chap qanot himoyasidagi muammo esa Aleksandr Merzlyakov hisobiga bartaraf etildi. Garchi Sasha juda katta hajmdagi ishni bajarmagan bo‘lsa-da, har holda o‘z pozisiyasida harakat qilgani tufayli ham o‘yinni buzib qo‘ymadi.

Boshqa hech qanday o‘zgarish kuzatilmadi. Hatto o‘tgan o‘yinda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, penaltiga sababchi bo‘lgan Yegor Krimes ham joyida qoldi. Biroz oldinga o‘tib aytish lozim, aynan mana shu qaror pand berishi mumkin edi. Baxtimizga Krimes bu safar sal «adashdi». Uning beixtiyor o‘z darvozamiz tomon yo‘llagan zarbasi to‘singa tegib qaytdi. Biroq bu haqida keyinroq.

BIRINCHI BO‘LIM

Kutilmaganda uchrashuv qatar terma jamoasining ustunligi bilan boshlandi. Raqib mehmonda to‘p surganiga qaramasdan hujumda faol harakat qildi va himoyachilarimizni ancha shoshirib qo‘ydi. Faqat birinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib O‘zbekiston terma jamoasi vaziyatni o‘nglashga erishdi.

Qatar termasining muammosi shundaki, tarkibda texnik jihatdan kuchli futbolchilar ko‘p, biroq ular yakdil bir jamoa bo‘lib birlashishda muammoga duch keladilar. Shu boismi, qatarning dastlabki daqiqalarda tashkil qilgan hujumlari zarba bilan yakuniga yetmadi.

O‘zbekiston terma jamoasi esa dastlabki xavfli hujumni 14-daqiqada tashkil etdi. Odil Ahmedov o‘ng qanotdan to‘pni ajoyib tarzda markazga olib o‘tdi va Jeparov tomon yo‘lladi. Biroq Serverning Rashidov tomon uzatgan to‘pi biroz yonga og‘ib ketdi va Sardorning o‘tkir burchakdan yo‘llagan zarbasi yo‘liga himoyachi to‘g‘anoq bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasining birinchi bo‘limda tashkil etgan keyingi hujumlari ham xuddi shu taxlit yakunlandi. Ta’kidlash joiz, bu hujumlarda yagona hujumchi Igor Sergeev deyarli ko‘zga tashlangani yo‘q. Suriya termasi bilan bo‘lgan o‘yinni o‘tkazib yuborgan Sardor Rashidov esa aksincha, himoyada ham, hujumda ham birdek faol bo‘lishga intildi. Shuningdek, Eldor Shomurodovga ham ortiqcha e’tiroz yo‘q. Yosh futbolchi imkon darajasida harakat qildi.

 IKKINCHI BO‘LIM

Bu hali hammasi emas, davomi: www.iff.uz

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 31.03.2017 17:04. O'kildi: 8159 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик