Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 24 55
2 Paxtakor 23 52
3 Navbahor 23 45
4 OKMK 24 39
5 Lokomotiv 23 38
6 Buxoro 23 37
7 Nasaf 23 37
8 Qizilqum 24 33
9 Andijon 24 30
10 Dinamo 23 30
11 So‘g‘diyona 24 29
12 Surxon 24 28
13 Qo‘qon-1912 24 23
14 Bunyodkor 24 23
15 Xorazm 24 23
16 Mash’al 24 4

O'tgan o'yinlar.

24-тур Andijon 0-1 Qizilqum
24-тур Mash’al 0-1 OKMK
24-тур Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
24-тур Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
24-тур Surxon 0-0 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

17/10/26 Lokomotiv - Nasaf
17/10/26 Dinamo - Buxoro
17/10/26 Navbahor - Paxtakor

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2542 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2795 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.10.2026

      06:00 Снукер. Финал.
      08:00 Велоспорт. Третий этап. Женщины.
      09:00 Велоспорт. Третий этап. Мужчины.
      10:00 Снукер. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      14:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      15:35 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:15 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 4.
      21:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      23:00 Снукер. Финал.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

G‘alaba larzalar bag‘rida yashaydi yoki «Alashkert» ketidan adashib ket, alam!

Baho:
+0; -0

Larza nima o‘zi? Uni butun vujud bilan qanday his qilish mumkin? Mazkur savollarga har bir aqli raso insonning o‘ziga yarasha javobi bor, albatta. Biz bu o‘rinda misol uchun, ardoqli san’atkorimiz Munojot Yo‘lchiyeva ijrosidagi larzani tilga olmoqchimiz. U «Munojot»ni butun vujudi bilan kuylaganida, nazarimizda, borliq larzaga tushadi, titraydi, to‘lg‘onadi. Borliq va vujud, iste’dod va imkonning uyg‘unlashuvi hamda birgalikda larzaga tushishi natijasida buyuk ijro tug‘iladi. Yanada aniqrog‘i, har bir  yangi ijroda yangi buyuklik ko‘z ochadi...

«Liverpul» APL doirasida «Tottenxem» bilan kuch sinashar ekan, butun uchrashuv davomida tezlik, shiddat, bosimni ushlab turdi. Jamoa nainki o‘zini, balki maydonni va muxlislar qalbini ham larzaga soldi. Vaziyat shunday ediki, Yurgen Klopp jamoasi yaxshi ma’noda to‘lg‘onmasa, g‘alaba qozonolmasdi. Bir-biriga munosib raqiblar bellashgan mahal tarozi pallasi larzalar tomon og‘adi. Bundan 2 oycha muqaddam Sadyo Mane «Man, man, man» qabilida baqirib, «Liverpul» muxlislariga maqtangandi. O‘shandan buyon uning sururbaxsh sadosi quloqqa chalinmadi. Mana, Mane nihoyat, yana gol sahnasida. Garchi lahzalar ichida «dubl»ga erishib, butun maydonni larzaga solgan bo‘lsada, uning o‘zi avvalgidek dangal maqtanib yuborolmadi. Ha, futbolchini durang va mag‘lubiyatlar seriyasi ancha cho‘chitib qo‘ygan, chog‘i. Eng muhimi, u «Enfild»ga larzalarni qaytardi, jamoa muxlislari bu onlarni 40 kundan ortiq vaqt intizor kutishdi. Qarangki, g‘alaba oniga qadar chilla chiqdi. Xalqimiz ta’biri bilan ayt­ganda, jamoa qish chillasini og‘ir o‘tkazdi. Yurgen Klopp autsayderlardan biri sanalmish «Xall Siti» bilan o‘yinda taqdirning nohaq tam­g‘asini olib tashlashni istagandi. Biroq murabbiy emas, balki taqdirning buyurgani bo‘ldi: «Liverpul» autsayder qarshisida qo‘l ko‘tardi. Demak, o‘sha o‘yinda ham jamoadagi qalqish jarayoni hali nihoyasiga yetmagandi. «Qizillar» yana ortga chekinishdi, chunonchi, chekinish masofasi bor edi, go‘yo. «Tottenxem» bilan uchrashuvga qadar jamoa mutasaddilari va muxlislari shu chekinish masofasini to‘ldirishdi. Jamoa qarasaki, ortda mutasaddilar va muxlislar armiyasi, ularning lim-lim to‘lgan sabr kosasi. Qisqasi, chekinish masofasi yo‘q. Ro‘parada esa kuchli raqib. «Liver­pul»dagi kuchli «portlash» effekti, beqiyos larzaning sababi - shu. Ancha-muncha kuchli raqiblarni dovdiratib qo‘yadigan Eriksen - Alli - Son Xyun Min - Keyn kvarteti bu safar «Liverpul» bosimi qarshisida ojiz qoldi. Yana bir bor ta’kidlaymiz: g‘alabani kuchli qo‘shimcha omil - larza jarayoni ta’minladi. Ha, tom ma’nodagi zarur g‘alaba, ehtiyojga aylangan natija larzalar bag‘rida yashaydi, uning vositasida kurtak ochadi va unib-o‘sadi. Larza jarayoni kuchga to‘lgan organizmdagi qon aylanish tizimini eslatadi. Bu tizim yaxshi ishlamasa, kuch-qudrat organizm uchun ortiqcha yuk, xolos.

Yurgen Kloppning mahorati shundaki, u jamoadagi larza jarayonini qayta uyg‘otdi. Murabbiyning saviyasi shunday og‘ir vaziyatlarda bilinadi. Futbolchi o‘zidagi kuch va imkonni har uchrashuvda bir maromda taqsimlashga qiynaladi. Bu maromni saqlash - murabbiy zimmasidagi vazifa. Fikrimizcha, Yurgen Klopp nazarda tutilayotgan shu jarayonni nazorat qilishda biroz adashdi, ya’ni shogirdlarining kuch va imkoniyatlarini ortiqcha baholadi. Shuning ta’sirida jamoa uzoq vaqt g‘alaba nashidasini surormadi. Ayon bo‘ldiki, «Liverpul» har bir bahsda muxlislarga yoqadigan «portlash» effektini yuzaga chiqarolmaydi. Jamoa potensiali muttasil bu uslub yukini ko‘tarishga qodir emas. 2-3ta bahsda porlagan Manening keyinchalik birdan shalvirab, so‘nib qolishi sababi ham shu. Yurgen Klopp bu jihatni hisobga olmasa, jamoasida yana depsinish kuzatiladi. Albatta, «Tottenxem»ga qarshi kechgan prinsipial bahs bundan mustasno. Chunki «Liverpul» bu uchrashuvdagi g‘alabaga depsinishdan qutqaruvchi xaloskor sifatida qaradi. Qoyil qolish kerakki, «qizillar» qiyin vazifani uddalashdi, yana o‘ta yorqin darajada.

Xo‘sh, «Alashkert»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushgan milliy terma jamoamiz-chi?

Davomi: www.interfutbol.uz

Kiritilgan sana: 16.02.2017 09:15. O'kildi: 8821 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик