Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Angliyaning yangi avlodi (+foto)

Baho:
+0; -0

Angliya termasi o‘z tarixida ilk bor yoshlar o‘rtasidagi jahon birinchiligida muvaffaqiyatga erishdi. Jamoa yangi ming yillikda mazkur turnirda to‘rt bor ishtirok etib, 13ta uchrashuvning birortasida g‘alaba qozonmagandi.

Terma muvaffaqiyati ko‘pchilik uchun kutilmagandek tuyulishi mumkin, ammo inglizlarning yangi avlodini kuzatib borayotganlar uchun emas.

O‘tgan yili aynan shu mamlakat termasi 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida Yevropa chempionati yarim finaligacha yetib borgandi.

Albatta, yosh iqtidor sohiblarining hammasi ham bosh jamoa tarkibidan o‘rin olmasligi aniq, biroq ular orasida 5 nafar iqtidorlilar borki, aynan ular kelgusi mavsumning o‘zida premyer-ligada barchaning e’tiborida bo‘lsalar, ajabmas.

Freddi Vudman («Nyukasl»)

Kuchli darvozabonga ega bo‘lmagan kamdan-kam jamoa jahon chempioni bo‘lishi mumkin. Freddi Vudman — buning yana bir yorqin misoli. Aynan uning xizmatlari evaziga ushbu yurt vakillari g‘olib bo‘lishdi. Turnir davomida Vudman ajoyib o‘yin ko‘rsatgan holda, birorta ham golga olib kelgan xatoga yo‘l qo‘ymadi.

«Nyukasl» darvozaboni meksikaliklar yo‘liga g‘ov bo‘ldi - aynan ular chorak final yo‘lida inglizlar darvozasi oldida bir nechta golga tortadigan vaziyatlarni yaratishgandi. Freddi asosiy qahramonligini finalda ko‘rsatdi - venesuelalik Adalberto Penyarandaning penaltidan tepgan to‘pini qaytardi.

Albatta, omad ham posbonga yo‘ldosh bo‘ldi, biroq bunga qadar Vudman jamoasini qutqarishga ulgurgandi. Ingliz muxlislari Vudman birinchi terma darvozasini Jo Xartdan yomon qo‘riqlamasdi, deb hazil qilishadi, ammo yosh posbonda hozircha premyer-liga doirasida o‘tkazilgan birorta ham bahs yo‘q. O‘tgan yili «Nyukasl» iqtidorli futbolchini «Kilmarnok»ga ijaraga berdi va Freddi Shotlandiyada jami14ta uchrashuv o‘tkazdi.

Endi esa Vudman elitaga qayt­gan «qarg‘alar» tarkibida. Yosh posbonda Rafael Benites jamoasida o‘ynab ketish imkoni oz bo‘lsa-da bor. O‘tgan yili klubda asosiy posbon belgiyalik Mats Selsa bo‘lgandi, ammo bir nechta jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yib, o‘z o‘rnini 26 yoshli Karl Darlouga bo‘shatib berdi.

Umuman olganda, JChdagi yorqin ishtirokdan so‘ng Vudmanga premyer-ligada o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat berilishi aniq, «Nyukasl»dagi raqobat ham bunga sharoit yaratadi.

Fikayo Tomori («Chelsi»)

Oluvafikayomi Oluvadamilola — markaziy himoyachining to‘liq ismi. Angliyada esa uni oddiygina Fikayo deb chaqirishadi. Bu futbolchi prem­er-ligada yetakchiga aylanish uchun hamma narsa yetarli. Anchayin gavdali bo‘lishiga qaramay, ajoyib tezlikka ega, ikkinchi qavatda raqobatbardosh. Unga yetishmayotgan yagona narsa - intizom. JChdagi uchrashuvlarning birida Tomori maydon markazidan darvozabonga to‘p uzatib, butun turnirning eng kulguli golini urdi.

Fikayo Kanadada tug‘ilgan, ota-onasi esa nigeriyalik. Bolaligi Ang­liyada o‘tdi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, u uchta  terma jamoadan birini tanlashi lozim edi. Tomori dastlab Kanada termasi uchun maydonga tushishga ahd qildi va hatto, Angliyaga qarshi o‘ynadi ham. Ishonish qiyin-u, Markus Reshford bilan uchrashuv Fikayoni bir umrga o‘zgartirdi.

O‘tgan mavsum «Yunayted»ning mashhur forvardi Angliya yoshlar termasi safida Kanadaga qarshi uchrashuvda maydonga tushib, gavdali himoyachilarga qarshi hech narsa qila olmadi. «O‘sha bahs yodimda. Reshford endigina elitaga chiqqandi, kanadaliklar mendan Angliyadagi hayot to‘g‘risida so‘rashardi. Tumanli o‘lkada esa Yevro va JChda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldim. Bu men uchun yaxshi imkoniyat edi, buning ustiga Angliyada o‘sgandim», — dedi Tomori.

Fikayo «Chelsi» yoshlari tarkibida barcha turnirlarda g‘olib bo‘ldi, mavsumning ikkinchi yarmini «Brayton»­da o‘tkazib, elitaga chiqqanliklarini nishonladi. Antonio Konte o‘z jamoasida yosh o‘yinchiga o‘rin ajratish ehtimoli yuqori, biroq premyer-ligadagi klubni kuchaytirishga Tomori hozircha ojiz.

Lyuis Kuk («Bornmut»)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 10.07.2017 17:04. O'kildi: 9131 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик