Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 24 55
2 Paxtakor 23 52
3 Navbahor 23 45
4 OKMK 24 39
5 Lokomotiv 23 38
6 Buxoro 23 37
7 Nasaf 23 37
8 Qizilqum 24 33
9 Andijon 24 30
10 Dinamo 23 30
11 So‘g‘diyona 24 29
12 Surxon 24 28
13 Qo‘qon-1912 24 23
14 Bunyodkor 24 23
15 Xorazm 24 23
16 Mash’al 24 4

O'tgan o'yinlar.

24-тур Andijon 0-1 Qizilqum
24-тур Mash’al 0-1 OKMK
24-тур Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
24-тур Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
24-тур Surxon 0-0 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

17/10/26 Lokomotiv - Nasaf
17/10/26 Dinamo - Buxoro
17/10/26 Navbahor - Paxtakor

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2542 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2795 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.10.2026

      06:00 Снукер. Финал.
      08:00 Велоспорт. Третий этап. Женщины.
      09:00 Велоспорт. Третий этап. Мужчины.
      10:00 Снукер. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      14:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      15:35 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:15 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 4.
      21:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      23:00 Снукер. Финал.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

O‘zbek derbilarida kimlar ustun? (ikkinchi qism)

Baho:
+1; -0

Avvalroq O‘zbekiston milliy chempionati doirasida o‘tkaziladigan o‘yinlar, aniqrog‘i, turli viloyatlar derbilari va ularda kuzatiladigan murosasiz kurashlar haqida hikoya qilishni boshlagandik.

Bugun ushbu mavzuni davom ettirgan holda, navbatdagi prinsipial qarama-qarshiliklar xususida so‘z yuritamiz.

QASHQADARYo DERBILARI

«NASAF» - «MASH’AL»

O‘zaro uchrashuvlar soni: 29ta

«Nasaf» g‘alabasi: 15ta

«Mash’al» g‘alabasi: 8ta

Duranglar: 6ta

Urilgan gollar soni: «Nasaf» - 46; «Mash’al» - 27.

«Nasaf»ning eng yirik g‘alabasi: 3:0

«Mash’al»ning eng yirik g‘alabasi: 4:1

Qashqadaryo derbilari futbolimiz jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otishi barchaga ma’lum. Xususan, «Nasaf» hamda «Mash’al» jamoalari o‘rtasida kechadigan bahslar aksariyat hollarda ko‘psonli ishqibozlar guvohligida o‘tadi.

Bunday o‘yin­larda har bir klub maydonga 6 ochko ilinjida tushadi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Ta’kidlash kerakki, ushbu ikki jamoa milliy chempionatlarimizda 29 marta o‘zaro bahs olib borishgan.

O‘yinlardagi ustunlik qarshiliklar tomonida. «Nasaf» futbolchilari 15ta bahsda zafar quchishgan. «Gazchilar» esa 8ta o‘yinda maydonni boshlari baland holda tark etishgan.

Yana 6ta uchrashuv durang bilan yakuniga yetgan. «Ajdarlar» so‘nggi yillarda «Mash’al»ga kamdan-kam o‘yinlarda imkoniyatni boy berishmoqda. Qarshi shahri sharafini himoya qiladigan klub muborakliklarni 2015 yilda o‘z maydonida 3:0 hisobida yenggandi.

Mana shu g‘alaba «Nasaf» uchun ushbu qarama-qarshilikda eng yirigi bo‘lib turibdi. «Mash’al» esa «ajdarlar» ustidan eng yirik hisobdagi g‘alabasini 2007 yilda qozongan. O‘shanda «gazchilar» raqibni 4:1 hisobida taslim etishgandi.

«SHO‘RTAN» - «NASAF»

O‘zaro uchrashuvlar soni: 23ta

«Sho‘rtan» g‘alabasi: 5ta

«Nasaf» g‘alabasi: 17ta

Durang: 1ta

Urilgan gollar soni: «Sho‘rtan» - 24; «Nasaf» - 52.

«Sho‘rtan»ning eng yirik g‘alabasi: 3:2

«Nasaf»ning eng yirik g‘alabasi: 5:0

Vohaning yana bir derbisi «Sho‘rtan» hamda «Nasaf» o‘rtasida kechadi. Ushbu jamoalarning o‘zaro qarama-qarshiligida «ajdarlar» kattagina ustunlikka egalar. Qarshilik futbolchilar o‘zaro uchrashuvlarning 23tasidan 17tasini o‘z foydalariga hal etishgan.

«Sho‘rtan» esa 5 martagina zafar quchgan. G‘uzorliklar ushbu raqibni so‘nggi bor 2011 yilda mag‘lub etishni uddalashgandi.

O‘shandan buyon «Nasaf» «Sho‘rtan»ga mag‘lub bo‘lmay kelmoqda. Qarshi jamoasi g‘uzorliklarni yirik hisoblarda ko‘p bor mag‘lub etgan. Eng yirik g‘alaba esa 2011 yilda Qarshidagi «Markaziy» stadionida qayd etilgan.

O‘shanda OFK kubogi-2011 g‘olibligi uchun bahs olib borayotgan «Nasaf» milliy chempionat birinchi davrasida «Sho‘rtan» darvozasiga javobsiz 5ta gol urgandi.

«MASH’AL» - «SHO‘RTAN»

O‘zaro uchrashuvlar soni: 22ta

«Mash’al» g‘alabasi: 13ta

«Sho‘rtan» g‘alabasi: 8ta

Durang: 1ta

Urilgan gollar soni: «Mash’al» - 39; «Sho‘rtan» - 19.

«Mash’al»ning eng yirik g‘alabasi: 5:0

«Sho‘rtan»ning eng yirik g‘alabasi: 3:1

«Mash’al» va «Sho‘rtan» jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tarixi 2005 yildan boshlangan. G‘uzor jamoasi ilk o‘yinda o‘z maydonida «gazchilar»ni qabul qilib, 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Shu tariqa muborakliklar ilk uchrashuvlardanoq o‘zaro qarama-qarshilikda ustunlikni qo‘lga olishgan. Umuman, «Mash’al» va «Sho‘rtan» shu paytga qadar jami 22 marta bahs yuritishgan.

«Gazchilar» ushbu o‘yinlarning 13tasida g‘oliblikni tantana qilishgan bo‘lsa, «oq bo‘rilar» 8ta uchrashuvda zafar quchishgan. Jamoalarning 2008 yilda o‘tgan to‘qnashuvi esa 0:0 hisobida durang bilan yakunlangan va ushbu durang hozirga qadar bu qarama-qarshilikda yagona bo‘lib turibdi.

 TOSHKENT VILOYATI DERBISI

DAVOMI

Davomini telegram orqali o‘qish

Kiritilgan sana: 19.09.2017 15:28. O'kildi: 9578 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик