Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 24 55
2 Paxtakor 23 52
3 Navbahor 23 45
4 OKMK 24 39
5 Lokomotiv 23 38
6 Buxoro 23 37
7 Nasaf 23 37
8 Qizilqum 24 33
9 Andijon 24 30
10 Dinamo 23 30
11 So‘g‘diyona 24 29
12 Surxon 24 28
13 Qo‘qon-1912 24 23
14 Bunyodkor 24 23
15 Xorazm 24 23
16 Mash’al 24 4

O'tgan o'yinlar.

24-тур Andijon 0-1 Qizilqum
24-тур Mash’al 0-1 OKMK
24-тур Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
24-тур Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
24-тур Surxon 0-0 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

17/10/26 Lokomotiv - Nasaf
17/10/26 Dinamo - Buxoro
17/10/26 Navbahor - Paxtakor

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2542 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2795 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.10.2026

      06:00 Снукер. Финал.
      08:00 Велоспорт. Третий этап. Женщины.
      09:00 Велоспорт. Третий этап. Мужчины.
      10:00 Снукер. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      14:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      15:35 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:15 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 4.
      21:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      23:00 Снукер. Финал.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Aziz Ibragimov: «Legioner nomini oqlashga harakat qilaman»

Baho:
+0; -0

O‘tgan mavsumni «Buxoro» klubida o‘tkazgan tajribali yarim himoyachi Aziz Ibragimov faoliyatini Eron chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. Aniqrog‘i, 2016 yilgi chempionat bahslarida 10ta gol urib, «Buxoro» to‘purariga aylangan futbolchi yaqinda Tabriz shahrining «Mashinasozi» klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tib, jamoa bilan shartnoma imzoladi. Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, mazkur klub ayni paytda Eron pro-ligasida 19-turdan so‘ng 10 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa oldiga kuchlilar safidagi o‘rnini saqlab qolish vazifasi qo‘yilgan. Bizga ma’lumki, Aziz Ibragimov faoliyati davomida «Traktor», «Sho‘rtan», «Mash’al», «Slovan» (Slovakiya), «Bogemians 1905» (Chexiya), «Sindao Jonun» (Xitoy), «Banik Most» (Chexiya), «Cheske Budeyovise» (Chexiya), «Bogemians» (Chexiya), «Andijon», «Dinamo» va «Buxoro» klublarida to‘p surgan. Demak, «Mashinasozi» - yarim himoyachi uchun faoliyatidagi 13-jamoa bo‘ladi. Biz futbolchi hayotidagi o‘zgarishlar tafsilotini yaxshiroq bilish maqsadida Ibragimov bilan bog‘landik.

- Aziz, eshitishimizcha, faoliyatingizni Eronda davom ettiradigan bo‘libsiz. Aytingchi, «Buxoro» klubi bilan tuzgan shartnomangiz yakuniga yetganmidi?

- Ha, «Buxoro» bilan kelishuvimiz yakunlangan edi. Bu - jamoadan ketishimning birinchi sababi edi. Tanganing ikkinchi tomonida esa manfaatli sharoitlar turgandi. Ya’ni, eronliklar taklifi shunday ediki, unga rad javobini bera olmasdim. Shu o‘rinda «Buxoro» klubi rahbariyati, murabbiylar va jamoa muxlislariga ulkan minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa, buxorolik ishqibozlarga alohida salom yo‘llayman. Ular har bir uy uchrashuvida stadionni to‘ldirib o‘tirishdi, astoydil qo‘llab-quvvatlashdi. Shu bois, Buxoroda o‘tgan bir yarim yil mobaynida futboldan faqat rohatlandim. Eng muhimi, klubdan ochiq yuz va yaxshi kayfiyatda ketish nasib qildi. Fursatdan foydalanib, yangi futbol mavsumida «Buxoro»ga omad tilayman.

- «Mashinasozi» varianti qanday paydo bo‘ldi?

- Do‘stim va agentim Farrux Sayfullayev Eron klubidan qiziqish bo‘layotganini aytdi. Shundan so‘ng jamoa bilan yaqindan tanishib chiqib, taklifga rozilik berdim.

- Yangi jamoada ko‘rikdan o‘tdingizmi?

- Albatta, Eronga yetib borishim bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tdim. Natijalar ijobiy bo‘ldi va shundan keyingina ikki tomonlama kelishuvni imzoladik.

- Kelishuv qancha muddatga mo‘ljallangan? Klubda sizdan boshqa legionerlar ham bormi?

- Biz besh oylik shartnomaga qo‘l qo‘ydim. Klubda mendan tashqari, Gruziya va braziliyalik legionerlar ham bor.

- Yangi klubga moslashish jarayoni qanday boryapti? Til masalasida qiynalmayapsizmi?

- Ochig‘ini aytsam, «Mashinasozi» bilan hali yaqindan tanishib ulgurmadim. Ammo hozirdanoq aytishim mumkinki, til masalasida unchalik katta muammolar yuzaga kelmaydi.

- Tabrizda sizga yaratib berilgan sharoitlar qanday? Shahar mamlakat poytaxti Tehronga yaqinmi?

- Menimcha, samolyot Tehrondan Tabrizgacha bir soat parvoz qiladi. Sharoitlarga kelsak, hozircha mehmonxonada yashab turibman. Murabbiyimiz mahalliy mutaxassis ekan. U bilan ingliz tilida gaplashyapmiz.

- Ma’lumki, Eron futboli yakkakurashlarga asoslangan. Bunday futbolda jarohat olish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Siz bunga tayyormisiz?

Davomi: www.interfutbol.uz

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 20.02.2017 15:25. O'kildi: 8711 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик