Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Kshishtof PENTEK: «Jurnallar muqovasidan gollar muhimroq!»

Baho:
+0; -0

- Atrofimdagi shov-shuvlar meni aslo qiziqtirmaydi. Har qanday vaziyatda ham, o‘zligimni yo‘qotmayman, ya’ni faqat mashaqqatli mehnat qandaydir natija berishini yaxshi tushunadigan yigit holida qolaveraman. Gollarim - shu mehnat mevasi. Qisqasi, jurnallar muqovasidagi rangli suratlarim emas, sermahsul o‘yinim bilan ko‘proq faxrlanaman. «Milan»ning qishki transferlar bozorida amalga oshirgan «qaynoq» xaridi - polshalik Kshishtof Pentek Przeglad Sportowy nashri jurnalistlari bilan muloqotni shunday kamtarona boshladi.

- «Atalanta»ga qarshi o‘yinda fantastik darajada to‘p surganingizdan keyin Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Yeji Bjenchek sizni alohida suhbatga chaqiribdi. Xo‘sh, Venada Avstriya terma bilan bo‘ladigan uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlashingizni kutishimiz mumkinmi?

- Tabiiyki, Polsha termasi Yevro-2020 saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishini istayman. Menimcha, hozirda murabbiy o‘ta murakkab masalani hal qilish ustida bosh qotirmoqda. Chunonchi, uning ixtiyorida ajoyib sport formasini namoyish etayotgan 3 nafar hujumchi bor - Robert (Levandovski), Arek (Arkadiush Milik) va men. Endi qay birimizga ishonch bildirish - bu murabbiy vakolatidagi masala. Shaxsan men asosiy tarkibdan joy olish uchun bor kuch-mahoratimni ishga solaman. Ishonchim komil, har qanday futbolchi avvalo, murabbiy ishonchini qozonishga intiladi.

- 4-4-2 taktik chizmasi tanlansa, deylik, Levandovski bilan yonma-yon samarali to‘p surishingizni tasavvur qila olasizmi? Har holda, «Milan»da oldingi chiziqning yagona vakilisiz...

- Unutmang, «Jenoa»da Kuame bilan talab darajasida, bir-birimizni to‘ldirgan holda o‘ynaganmiz. Menimcha, Arek va Robertdan farqli o‘laroq, har ikki hujumchi bilan ham bemalol til topishsam kerak. Umuman, shaxsiy fikrimcha, Polsha termasiga hujumchilar dueti ko‘proq samara keltiradi. Asos shuki, hozirda barchamiz risoladagidek to‘p suryapmiz.

- Polsha termasi tarkibida birdaniga 3 nafar hujumchi ko‘rishni istayotganlar ham bor. Bu variantga qanday qaraysiz?

- Oldinda trio bo‘lib o‘ynash uchun avvalo, barchasini mashg‘ulotlarda sinab ko‘rish va natijani muhokama qilish lozim. O‘ylaymanki, murabbiy bu borada ham muayyan reja va g‘oyalarga ega. Zero, o‘yin uslubini aynan u belgilaydi. Qisqasi, ko‘p narsa avstriyaliklarga qarshi kechadigan bahs arafasidagi yig‘inda nisbatan oydinlashsa, ajabmas.

- La Gazzetta dello Sport nashri yaqinda butun bir sahifani sizga bag‘ishladi. Gazetaning e’tirof etishicha, o‘zingizda «Milan»ning bir qator afsonalariga xos xislatlarni mujassam etgan ekansiz - Inzagiga xos gol vaziyatini sezish qobiliyatini, Shevchenkoning kuchli aniq zarbasini, Jilardinoning bosh bilan o‘ynash mahoratini, Marko van Bastenning akrobatik iqtidorini va Zlatan Ibragimovich shaxsini. Hammasi to‘g‘ridir, faqat shvesiyalik afsona bobida biroz oshirib yuborishgandek. Har holda, Ibra Shvesiya termasi ixtiyoriga doimo faqat asosiy tarkibda maydonga tushish uchun borardi yoki umuman bormasdi...

- Hozircha oyoqlarim yerdan uzilgani yo‘q. Maqtovlar o‘z yo‘liga. Qaytaraman, Polsha termasi chindan ham, 3 nafar ajoyib hujumchiga ega. Buni juda yaxshi bilaman. Qarorni esa murabbiy qabul qiladi. Umuman, ayni holatda terma jamoadan joy olish xususida alohida bosh qotirishim ham shart emas, bu fikrdan yiroqman. Axir oldinda «Milan»ni «A» seriya va Italiya kubogida o‘ta muhim uchrashuvlar kutib turibdi.

- Mahalliy nashrlar maqtovlariga nahotki, mutlaqo befarq qarasangiz... Axir Bergamodagi bellashuvdan keyin sizga nisbatan «Afsungar», «Oyog‘i tekkan narsani oltinga aylantiruvchi», «Monstr» va «Qudratli mashina» kabi ta’riflar ishlatildi.

- Agarda gazetalarda yozilgan barcha fazilatlarga ega bo‘lganimda, futbol tarixidagi eng kuchli hujumchiga aylanardim. Bunga hali ancha bor. Hozircha shunchaki, samarali o‘yinlarim bilan «Milan»ning qayta tug‘ilishi, boy berilgan nufuzini tiklab olishini orzu qilaman. Agar shu maqsad amalga oshsagina o‘zimga qandaydir maqtovlarni ep ko‘rishim mumkin. Demoqchimanki, ayni holatda turli-tuman e’tiroflarga uncha qo‘shilmayman, faqat ayrim jihatlarini ma’qullash bilan cheklanaman. Darhaqiqat, jurnalistlar ba’zan juda oshirib yuborishadi. Xullas, maydonda ter to‘kish evaziga urgan gollarimdan quvonaman, ular tufayli gazetalar  muqovasidan joy olishim ikkinchi darajali masala.

- Keling, yana «Atalanta»ga qarshi o‘sha o‘yinga qaytaylik: raqib darvozasiga ters turgan holda yo‘llagan zarbangizdan keyin hisob tenglashdi va tashabbus jamoangiz tomoniga o‘tdi. O‘sha gol tasodifmidi yoki avvaldan rejalashtirilgan harakat mahsuli?

- Rosti, aslida darvozaning olis ustuni tomon talpinishga chog‘langan edim. Lekin o‘sha lahzada miyamda bir fikr charx urdi: «To‘p yaqin burchakka kelsachi?» Yakunda vaziyatdan kelib chiqqan holda, zarba yo‘lladim. Bunda mo‘ljal  olganim yo‘q, chunki darvoza qayerdaligiyu, golkiper qanday pozisiya tanlaganini ko‘rmagandim. Baxtimga, zarba juda ajoyib va aniq chiqdi.

- Yana shunday gol urishingiz mumkinmi? Har holda, mashg‘ulotlarda darvozaga teskari turgancha zarba yo‘llash ustida ham ishlar ekansiz.

- Aynan shunday gol urish juda qiyin, ammo ma’lum darajada o‘xshatish imkoni yo‘q emas.

- O‘yin ahamiyati balandligi oldindan ma’lum edi. Zero, CHL yo‘llanmasi uchun kurashda jamoangizning asosiy raqibi aynan «Atalanta»... Ekspertlar xulosalariga ko‘ra, sizning «havo»dan o‘ylab topgan golingiz muvozanatni tiklash barobarida «Milan»ga qo‘shimcha kuch, bergamoliklarga esa tushkunlik bag‘ishlagan.

- Bu fikrga qo‘shilaman. Chindan ham, «Atalanta» o‘sha golga qadar kuchli o‘ynayotgandi. Biz esa asosan himoyalanish bilan ovora edik. Goldan keyin o‘yin mohiyati tubdan o‘zgardi. «Milan» o‘zi xohlaganidek erkin o‘ynay boshladi va haqli g‘alabaga erishdi.

- Hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib kelgan ikkinchi golingiz ham alohida e’tiborga loyiq: «rossonerlar» qariyb 1 yildan buyon standart vaziyatdan keyin bosh bilan gol urolmayotgandilar. Xullas, bitta harakat bilan sobiq ustozingiz Mixal Probej taxminini oqladingiz. U agar bosh bilan gol urishni boshlasangiz, sizni to‘xtatib bo‘lmasligini aytgandi.

- Darhaqiqat, Polshada urgan gollarimdan ko‘pi - bosh bilan yo‘llangan zarbalar mahsuli. «Milan»da esa hozircha bosh bilan faqat 2ta urdim. Buning asosiy sababi - havo orqali uzatmalar oz. To‘g‘ri, ba’zan omad ham yuz o‘giradi, xuddi «Parma»ga qarshi kechgan bahsdagi kabi. Umuman, raqib darvozasini o‘ng va chap oyoq yoki bosh bilan ishg‘ol etishning alohida ahamiyati yo‘q. Asosiysi - gol urish.

- Maydonda harakatlanish bobida hali maromiga yetkazilmagan jihatlar ham bormi?

- Albatta. Futbol doimiy izlanishni talab etadi. Mashg‘ulotlarda mudom xatolarni bartaraf etish, mahoratim va jismoniy holatimni oshirish payida bo‘laman. Jumladan, bosh va oyoq bilan beriladigan zarbalar ustida ishlayman, to‘g‘ri pozisiya tanlashni o‘rganaman. Menimcha, bu harakatlar samarasi chakki emas.

- Internet xabarlariga qarasak, Bakayoko polyakcha repni yoqtirar ekan.

- Ha, bir kuni unga «Bakayoko» qo‘shig‘ini qo‘yib bergandim, mahliyo bo‘ldi-qoldi. U hattoki, qo‘shiq muallifini ham bilmas ekan, lekin mendan salomini yetkazib qo‘yishimni so‘radi. Bilishimcha, qandaydir sovg‘a ham tayyorlab qo‘ydi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 09.03.2019 10:55. O'kildi: 8572 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик