06:00 Снукер. Wuhan Open. Финал. 08:00 Велоспорт. Пролог. Мужчины и женщины. 10:00 Снукер. Wuhan Open. Финал. 11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка. 13:35LIVE Велоспорт. Первый этап. Женщины. Прямая трансляция. 15:15 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго. 16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии. Мужчины. 17:20LIVE Велоспорт. Первый этап. Мужчины. Прямая трансляция. 19:00LIVE Велоспорт. Джиро дель Венето. Мужчины. Прямая трансляция. 19:45 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 1. 21:15 Велоспорт. Первый этап. Женщины. 22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян. 23:00 Снукер. Чемпионат мира. Финал. 00:30 Яхтинг. Дух парусного спорта. 01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка. 03:00 Снукер. British Open. Финал. 04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 24 часа Ле-Мана. Гонка.
Akrom Komilov: «Al-Ayn» ham kamchiliklardan xoli emas»
Baho:
+0; -0
Bugun qit’amizdagi bir qator stadionlarda OCHL guruh bosqichi 2-turi davom ettiriladi. Xususan, nufuzli turnirda qatnashayotgan ikkinchi jamoamiz «Bunyodkor» ham yangi mavsum hisobidan o‘z maydonida ilk marta rasmiy o‘yin o‘tkazadi. Tushunarliki, startda Saudiya Arabistonining «Al-Ahli»siga imkoniyatni boy bergan «qaldirg‘ochlar»ga g‘alaba suv va havodek zarur. Lekin 3 ochko olish oson kechmaydi. Zero, raqib juda kuchli. Axir «Al-Ayn» OCHLning amaldagi finalchisi. BAA klubi tarkibidagi Umar Abdulrahmonning bir o‘zi katta kuch. Uning aniq va zargarona to‘p uzatishlari, standart vaziyatni bajarish masalasidagi mahorati har qanday jamoa darvozaboniyu, himoyachilariga yetarli tashvish tug‘diradi. Tabiiyki, asosiy e’tiborni yoshlarga qaratadigan Sergey Lushan bugungi uchrashuvda o‘z shogirdlarini g‘alaba yo‘lida ruhlantirishga urinadi. Biz muhim o‘yin oldidan jamoa safidagi yoshlardan biri - himoyachi Akrom Komilovdan maxsus intervyu oldik.
- Akrom, guruh bosqichi doirasidagi ilk o‘yinni mehmonda o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchradinglar. Sizningcha, Saudiyadan ijobiy natija bilan qaytishga qanday omillar to‘sqinlik qildi?
- Ochig‘i, «Al-Ahli»ga yutqazganimiz uchun faqat o‘zimizni ayblashimiz kerak. Axir qo‘pol xatolar oqibatida 2ta gol qo‘yib yubordik va alamli mag‘lubiyat... Boshqacha aytganda, gollarni raqibga o‘zimiz sovg‘a qildik. Birinchi gol mening aybim bilan urildi - buni tan olaman. Lekin umumiy olsak, mag‘lubiyatga munosib o‘yin namoyish etmadik. Deylik, mezbonlarga qaraganda, ko‘proq hujum uyushtirdik. Asosiysi, so‘nggi daqiqalargacha harakatni susaytirmadik, faqat omadimiz chopmadi.
- Ammo raqib kuchiga ham to‘g‘ri baho berish kerak...
- To‘g‘ri, «Al-Ahli» tarkibida tajribali futbolchilar yetarli. Lekin takrorlayman, o‘yin bobida mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Maydon egalari tayinli xavfli vaziyatni yuzaga keltira olishmadi. Ular shunchaki, xatolarimizdan samara chiqarishdi. Hozir shu xatolar ustida ishlayapmiz. Endigi bahslarda ularni zinhor takrorlamasligimiz kerak. Agar Saudiyadagi kabi kulguli xatolarga yo‘l qo‘ymasak, «Al-Ayn»ni yengishimizga ishonaman.
- Balki tarkibni bu darajada yoshartirib yuborish to‘g‘ri emasdir. Zero, tajribali futbolchilar roli va o‘rni aynan shunday xalqaro o‘yinlarda yaqqolroq seziladi. Ayniqsa, himoyada. Bu fikrga qanday qaraysiz?
- Ha, tarkibimiz chindan ham, juda yosh. Bizda hali katta tajriba shakllanmagan. Boshqa tomondan, Osiyoning kuchli jamoalariga qarshi bemalol o‘ynayapmiz. O‘ylaymanki, «Al-Ayn»ga qarshi uchrashuvda ijobiy natija qayd etamiz. Futbolchilar yosh bo‘lishlariga qaramay, o‘z toifalaridagi jahon chempionatida ishtirok etishgan. Demoqchimanki, kichik mundial o‘ziga yarasha tajriba to‘plashga zamin yaratgan.
- Sir emas, «Al-Ayn» qit’aning eng kuchli jamoaridan biri sanaladi. Uni nechog‘li o‘rganib chiqdinglar?