Bugun 27 mart, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Robert Levandovski: «Bavariya» g‘alabasi muhimroq»

Baho:
+0; -0

«Bavariya» sharafini himoya qilayotgan Robert Levandovski jamoaning asosiy yulduziga aylanib ulgurgan. Polshalik futbolchi o‘z gollari bilan muxlislarini xursand qilmoqda.

Yaqinda Levandovski Sport Bild nashriga intervyu berdi. Quyida ana shu suhbatni o‘qishingiz mumkin.

- Bugungi kunda jahonning eng mashhur klubi hisoblangan Madridning «Real»i bilan kechadigan ikkita o‘yindan nimalar kut­yapsiz?

- Nima uchun «Real» eng mashhur? Jamoamiz tarkibida ham jahon darajasidagi yulduzlar madridliklarnikidan kam emas. Umuman, bu holat o‘yinning yanada qiziqarliroq bo‘lishini ta’minlaydi.

Klubdagilar 2014 yilgi natijani unutishmagan. O‘shanda o‘z maydonimizda 0:1, safarda esa 0:4 hisobida imkoniyatni boy berganmiz. Ushbu natijalar ham bu gal yanada kuchliroq harakat qilishimizni ta’minlaydi. Albatta, «Real»ga qarshi kechadigan bahsga alohida tayyorgarlik ko‘ryapmiz va unda o‘zimizning eng yaxshi futbolimizni namoyish qilmoqchimiz.

- «Real»dan bo‘lgan taklifga qaramay, siz «Bavariya» bilan yangi shartnoma imzoladingiz. Bu bilan Karl-Xayns Rummenigge hozirgi «Bavariya» o‘z tarkibida eng yuqori saviyali futbolchilarni olib qolishga qodirligini isbotladi...

- «Bavariya»da futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu yerda o‘sishingiz, yuqori natijalarni qayd etishingiz mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, sharoitlar o‘sha «Real»nikidan kam emas. Shuningdek, «Bavariya» - men yuqori natijalarni qayd etishni istaydigan klub. Misol uchun, joriy mavsumda o‘zimiz ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g‘olib chiqish imkoniyatiga egamiz.

- Ayni payt koleksiyangizda xal­qaro turnir kubogi yo‘q...

- Balki shuning uchun ham Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni juda istayotgandirman. Bu maqsadga erishish uchun qo‘limdan kelganini qilaman. Joriy mavsum ustunlikka egamiz. Chunki hal qiluvchi o‘yinlar oldidan barcha futbolchilarimiz sog‘- salomat va yaxshi formada.

- Sport Bild o‘quvchilari eng yaxshi futbolchini aniqlashda sizni Krishtianu Ronaldu, Leo Messi va Neymardan yuqoriga qo‘yishdi...

- Albatta, bu yoqimli. Muxlislar nafaqat gollarimni, balki jamoa uchun mehnat qilayotganimni ham qadrlashadi.

- «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishni istaysizmi?

- Eng avvalo, jamoaviy o‘yin hisoblangan futbol a’zosiman. Shu bois ham men uchun «Bavariya»ning g‘alabalari muhimroq. Lekin individual reytinglar va mukofotlar meni qiziqtirmaydi, desam aldagan bo‘laman. Albatta, mendan «Oltin to‘p»ni olishni istaysanmi, deb so‘rashsa, shubhasiz, xohlayman, deb javob beraman. Buning ustiga: agar Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonsak, «Oltin to‘p»ni olish imkoniyatlarim oshadi. Demak, individual mukofotni qo‘lga kiritishda jamoaviy yutuqning ahamiyati katta.

- Xosep Gvardiola qo‘l ostida jamoangiz qatorasiga uch marta YECHL yarim finalidan chiqib ketdi. U ketgach nima o‘zgardi?

Davomi iff.uz saytida.

Kiritilgan sana: 04.04.2017 18:03. O'kildi: 8008 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик