05:20 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 61 кг. 06:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 71 кг. 07:30 "Непобедимый". 08:00 Д/ф "КОПА 71". 09:35 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 1. 11:10 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 2. 12:40 "10 лет в спорте". "2019/2020". 13:10LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары. Прямая трансляция. 14:25 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли". 15:25 "Эволюция спорта". 15:55LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Двойки. 1-й заезд. Прямая трансляция. 16:35 "Страна спортивная". 16:55LIVE Самбо. Чемпионат мира в Кыргызстане. День 1. Прямая трансляция. 18:30 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Двойки. 2-й заезд. 19:15 "Страна спортивная". 19:30LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 1. Вечерняя сессия. Прямая трансляция. 21:50 "10 лет в спорте". "2019/2020". 22:20 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки. 1-й заезд. 23:10 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки. 2-й заезд. 00:00 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 1. 01:40 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 2. 03:05 "Эволюция спорта". 03:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары. 04:50 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 1. Вечерняя сессия.
05:00 "Эволюция спорта". 05:55 Новости. 06:00 Баскетбол. Winline Basket Cup. "Зенит" (Санкт-Петербург) - УНИКС (Казань). 08:00 "Тайны звёзд спорта". 08:30 "География спорта". Астрахань. 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 11:00 Новости. 11:05 "Небесная грация". 11:25 "Эволюция спорта". 12:25 Футбол. Fonbet Кубок России. Обзор. 13:10LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары. Прямая трансляция. 14:25 Новости. 14:30 Есть тема! Прямой эфир. 15:55LIVE Хоккей. Кубок Будущего. Россия U-20 - Казахстан U-20. Прямая трансляция. 18:25 Все на Матч! Прямой эфир. 19:25LIVE Хоккей. Кубок Будущего. Беларусь U-20 - Россия U-18. Прямая трансляция. 21:55LIVE Смешанные единоборства. ACA 195 в Санкт-Петербурге. Кирилл Корнилов против Алихана Вахаева, Антон Вязигин против Зумсо Зураева. Прямая трансляция. 00:50LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Сосьедад". Прямая трансляция. 03:00 Все на Матч! Прямой эфир. 03:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки.
06:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты. 09:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/4 финала. 11:00LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. Прямая трансляция. 14:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты. 15:30 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. 16:30LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. Прямая трансляция. 19:30 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани". 20:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. NHK Trophy в Кадоме, Япония. Мужчины. Короткая программа. 21:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. NHK Trophy в Кадоме, Япония. Женщины. Короткая программа. 21:55LIVE BMX-фристайл. Чемпионат мира в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Мужчины. Флэтленд. Финал. Прямая трансляция. 23:20 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. 01:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Обзор сезона. 02:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Лучшие моменты. 04:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.
U CHINDAN HAM SHU LOYIHA RAHBARIMI? Football Leaks - 2006 yili Julian Assanj tomonidan asos solingan, anonim manbalardan olingan maxfiy ma’lumotlar chop etiladigan mashhur WikiLeaks saytining boshqacha ko‘rinishi. 2015 yildan ish boshlagan Football Leaks Ronaldu, Beyl yoki Neymar singari yulduzlarning transferlari bilan bog‘liq turli tafsilotlarni oshkor etishi bilan tanilgan.
O‘tgan yilning kuzida ushbu portalda Chempionlar Ligasi o‘rniga Superliga tashkil qilinishi, Qatar JCH-2022 mezbonligini «PSJ» amir ixtiyoriga o‘tishi evaziga qo‘lga kiritgani, superklublar moliyaviy «feyr-pley» qoidalarini aldov yo‘l bilan chetlab o‘tishgani haqida ma’lumotlar chop etildi. Ronalduning nomusga tegish bo‘yicha ayblangani bilan bog‘liq xabarlar ham aynan Football Leaks orqali tarqaldi. WikiLeaks asoschisining nomi anchadan buyon mashhur, uni nimalarda ayb-lashmadi-yu, u qayerlarda yashirinmadi deysiz. Football Leaks tashkil etilishi ortida kim turganini esa uzoq vaqt taxmin qilishdi.
Ayrim detallar Rossiya OAV orqali oshkor bo‘ldi. Sports.ru xodimlari Football Leaks vakili bilan «Yandeks» pochtasi orqali suhbatlashishdi. Germaniyaning Der Spiegel haftanomasi jurnalisti, «Football Leaks: futbolning nopok biznesi» kitobi mualliflaridan biri Rafael Bushmann esa portal asoschisi bilan ko‘rishib, gaplashgan yagona (balki boshqalar ham ko‘rishishgandir? Bu haqda keyinroq) shaxs bo‘ldi. Yuqorida nomi tilga olingan kitobning ikkinchi muallifi Mixael Vursinger Sport Connect bilan gaplashdi. Ushbu intervyulardan so‘ng Football Leaks rahbari to‘g‘risida shunday tasavvur uyg‘ondi:
• U o‘zini «Jon» deb ataydi, portugal emas, ammo Lissabonda tug‘ilgan.
• U mallasoch.
• U yosh, beshta tilda bemalol gaplashadi, yana ikkita tilni, jumladan, ruschani o‘rganmoqda.
• Bir hududda ikki kundan ortiq turmaydi, telefonda GPS sozlamalarini buzadigan softdan foydalanadi.
• Antikvariat sotuvidan daromad topadi.
• Uning asosiy maqsadi - «ifloslangan, aynigan futbol dunyosini tozalashda ko‘maklashish».
• Mana bu so‘zlar ham «Jon»ga tegishli: «Fanatlar chipta, atributika, translyasiyalarni sotib olish orqali korrupsiyaga mukkasidan ketgan futbol tizimini boqishayotganini tushunishlari kerak».
• Jurnalistlar ixtiyorida u bilan bog‘liq 18 milliondan ko‘proq hujjatlar bor. Aytishlaricha, «Jon» Der Spiegel qarorgohida borganida, egnida yirtiq jinsi shim, teshik paypoq va ifloslangan botinka bo‘lgan. U maxsus jihozlangan xonada, odatda, tergovchilar va soliq agentlari ishlatadigan maxsus dasturlar yordamida ko‘plab ma’lumotlarni topgan. Xabarlarga ko‘ra, Bushmann va «Jon» ko‘pincha Sharqiy Yevropadagi konspirativ xonadonlarda ko‘rishishgan, shunday uchrashuvlardan biri aniq Budapeshtda bo‘lib o‘tgan. Kuni kecha aynan Vengriya poytaxtida 30 yoshli portugaliyalik Rui Pintuning qo‘lga olingani xabar qilindi. Portugaliyaning Sabado jurnali ma’lumotlarida ta’kidlanishicha, u «Benfika»ga tegishli elektron hujjatlarni o‘g‘irlaganlikda ayblangan. Endi Pintuga nisbatan 10 yillik qamoq jazosi tayinlanishi kutilmoqda. Keyingi bir oy mobaynida u vataniga qaytariladi. Aynan Ruini Football Leaks asoschisi sifatida ko‘rishmoqda. Turli ma’lumotlarning fosh etilishi 2015 yilga to‘g‘ri kelib, o‘shanda Portugaliya futbolidagi noqonuniy ishlar oshkor qilingandi.
O‘tgan yilning dekabrida o‘sha Sabado nashrida gumondor jinoyatchi haqida katta maqola chop etilgandi.
• Rui Pintu - kompyuterni mustaqil o‘rgangan, hech qanday kurslarga qatnamagan, kollejda esa tarixdan saboq olgan.
• Uni 23 yoshligida so‘roq qilingan, Kayman orollaridagi bankdan 300 ming dollar o‘g‘irlaganlikda ayblangandi. O‘shanda 100 ming jarima to‘lab, jazodan qutulib qolgandi.
• O‘sha qonunbuzarlikni u Portu bilan chegaradosh bo‘lgan Vila-Nova-di-Gaya shahridagi ota-onasining uyida amalga oshirgandi. Endi esa Budapeshtda faoliyat yuritmoqda.
• Rui Pintuning advokati bor - Anibal Pintu. Adashlar dueti tovlamachilik yo‘li bilan klublarga bosim o‘tkazgan, agar talab qilingan pul to‘lanmasa, ma’lumotlar Football Leaks saytida chop etilgan.
• «Benfika», «Sporting», «Portu» klublari hamda Doyen Sports Investments loyihasi 2015 yilda boshlangan hujumlarning dastlabki jabrdiydalari bo‘lgan. O‘shanda «Portu» o‘yinchilari shartnomalari bilan bog‘liq ma’lumotlarning o‘g‘irlanishi yuzasidan tergov harakatlari boshlangan, ayniqsa, Pintu da Koshta («Portu» xo‘jayini)ning o‘g‘li qatnashgan to‘lov jarayoni e’tibor markazida bo‘lgan.
• Hujumdan eng ko‘p «Benfika» jabr ko‘rgan - o‘tgan ikki yil mobaynida minglab elektron xatlar o‘g‘irlangan, ularda klubning ayrim hakamlar, shuningdek, futbol strukturasi rahbarlari bilan munosabatlari haqida ma’lumotlar bo‘lgan.
2016 yili Rojdestvo arafasida Ruining ota-onasi yashaydigan uy kuzatuv ostida bo‘ldi, gumondorning tashrifi kutildi. Ammo u kelmadi. Yaqinda manchikoni.com saytida Pintuning ota-onasi bilan uyushtirilgan intervyuni chop etdi. «O‘g‘limiz ayblanayotgan ishlarni bajarish uchun yetarlicha kompyuter uquviga ega ekanligiga shubham bor. Hozir u katta ehtimol bilan erkin ijodkor sifatida faoliyat yuritmoqda», - deya javob berdi Fransishku Gonsalvesh.
Lissabon shahri rahbariyati Vengriyaga uchta xat jo‘natib, mahalliy polisiya Rui Pintuni ushlab, ularga topshirishi, jihozlarni musodara qilishini so‘rashdi, ammo iltimos rad etildi.
Doyen sport bo‘limi rahbari Neliu Lukashning aytishicha, 2015 yilning 3 oktyabrida u qozog‘istonlik Artyom Lobuzov ismli shaxsdan elektron maktub olgan, unda 500 mingdan 1 million yevrogacha bo‘lgan summa evaziga firmaning maxfiy ma’lumotlarini internet saytlaridan o‘chirish mumkinligi taklif qilingandi. Keyinroq Doyen va Gollandiyaning «Tvente» klubi o‘rtasida tuzilgan noqonuniy shartnoma tafsilotlari oshkor bo‘ldi. Unda tashkilot ayrim futbolchilarning huquqini qo‘lga kiritgani qayd etilgandi. Natijada «Tvente» uch yilga yevrokuboklardan chetlatildi, ammo moliyaviy muammolar girdobiga tushib qolgan klubni bu ko‘p ham tashvishlantirmadi. Oxir-oqibat «Tvente» o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Eredivizini tark etdi.
O‘z navbatida, Football Leaks vakili 11 Freunde portaliga bergan intervyusida Neliu Lukash bilan aloqasi borligini inkor etib, unga ham Artyom Lobuzov xat jo‘natib, 650 ming yevroga ma’lumotlarni sotib olmoqchi bo‘lganini ta’kidlagan. Qizig‘i, Der Spiegel «Jon» bilan uchrashuv haqidagi maqolada Anibal Pintu aynan Lobuzovning vakili ekani, oktyabr oyida Lissabonda suhbat uyushtirib, Lukash hamda uning advokati bilan muhim masalalarni muhokama qilishni rejalashtirganini yozgan. «O‘sha o‘zini Lobuzov deb tanishtirgan shaxs aslida «Jon»ning o‘zi emasmi?», savoliga esa mujmal javob qaytargan. Natijada kelishuv amalga oshmagan - Lobuzov polisiya tomonidan kuzatuv o‘tkazilishi mumkinligidan hayiqib (chindan ham, huquq-tartibot xodimlari uni kuzatishayotgandi), Lukash hamda uning advokati bilan uchrashuvni bekor qilgan. Pullar esa Neliuning o‘zida qolishi mumkinligini ta’kidlagan: advokatlarga berish uchun. Yakunda hammasi kutilganidek bo‘ldi, zero Football Leaks saytidagi maqola nafaqat «Tvente», balki Doyen kompaniyasiga ham ziyon yetkazdi.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, o‘sha oy (ajoyib tasodif) «Jon» Bushmann bilan ko‘rishganida, Rui Pintu Vengriyada sportga ixtisoslashgan veb-saytlardan birining (taxminlarga ko‘ra, bu 888sport.com bo‘lgan) vakili bilan gaplashib, Football Leaks bilan aloqadorligini inkor etgan. O‘shanda Vengriya polisiyasining sobiq xodimi Angliya matbuotiga bergan intervyusida Pintu turli internet-kafelarda ishlagani, hozir ularning barchasi yopilgani haqida ma’lum qilgan. Bundan tashqari, u kutubxona va universitetlarning IP-manzillari orqali umumiy serverlardan foydalangan.